$
12910.15 UZS
-14.77
159.78 UZS
-0.16
14660.77 UZS
40.1
31° Kechasi 18°

UZ Football Awards-2021 laureatlari aniqlandi (foto)

16:24 / 25.12.2021

UZ Football Awards-2021 taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi va bir qancha nominatsiyalar bo‘yicha g‘oliblar nomi ma’lum bo‘ldi. Xabardor.uz kuzatuvchilari 2021-yilgi futbol mavsumi yakunlariga bag‘ishlangan marosimdan olingan suratlar va g‘oliblar haqida bilib olishlari mumkin.

“Oʻzbek futboli nuroniysi”

Sport jurnalistikasi dargʻasi, oʻzbek sharhlovchiligining asoschisi — Axbor Imomxoʻjayev “Oʻzbek futboli nuroniysi” sovrini bilan taqdirlandi.

“Fidoyilik ramzi”

Umrining 60 yilini Samarqanddagi “Dinamo“ stadioni maysasini parvarish qilishga sarflagan inson, 77 yoshli Sadri Nosirov “Fidoyilik ramzi” sovrini bilan taqdirlanadi. 

“Jasorat”

Oʻzbekiston kar-soqovlar terma jamoasi Eron mezbonlik qilgan surdlimpiada oʻyinlarining Osiyo va Tinch okeani mintaqasi saralashida ishtirok etib, faxrli 3-oʻrinni egalladi va kelasi yil Braziliya mezbonlik qiladigan yozgi surdlimpiada oʻyinlariga yoʻllanmani qoʻlga kiritdi. Shu sababli, mazkur jamoaning bosh murabbiyi Murodjon Ahmedov “Jasorat” sovrini bilan taqdirlandi.

“Eng yaxshi jurnalist”

Yil davomida Oʻzbekiston futbol assotsiatsiyasi hamda OʻzPFL tadbirlarini faol yoritgan, yurtimizda futbolning ommaviylik darajasini oshirishda oʻzining hissasini qoʻshayotgan “Championat.Asia” sayti jurnalisti Faxriddin Roʻziyev mazkur sovringa munosib deb topildi.

“Eng yaxshi hududiy futbol assotsiatsiya”

Qoraqalpogʻiston Respublikasi futbol assotsiatsiyasi “Eng yaxshi hududiy futbol assotsiatsiya” sovrini bilan taqdirlandi.

“Muxlislar mehri”

Joriy mavsumda Coca-Cola Superligasining uchrashuvlarida oʻz jamoasini qoʻllab-quvvatlashda namuna koʻrsatganligi va futbol ommaviyligini oshirishda qoʻshgan hissasi uchun “Andijon” fan-klubi “Muxlislar mehri” sovrini bilan taqdirlandi.

“Yilning eng yaxshi futzal murabbiyi”

Oʻzbekiston futzal terma jamoasi va “Huaxin-Jizzax” klubining bosh murabbiyi Bahodir Ahmedov “Yilning eng yaxshi futzal murabbiyi” sovrini bilan taqdirlandi.

“Yilning eng yaxshi futzalchisi”

Oʻzbekiston futzal terma jamoasi va “Huaxin-Jizzax” klubi futzalchisi Dilshod Rahmatov “Yilning eng yaxshi futzalchisi”ga aylandi.

Ayollar futboli boʻyicha “Oliy Liga toʻpurari”

Diyora Xabibullayeva Soʻgʻdiyona-W jamoasi safida joriy mavsum 19 ta uchrashuvda maydonga tushib, 32 ta gol urishning uddasidan chiqa oldi. 

Ayollar futboli boʻyicha “Oliy Liganing eng yaxshi murabbiyi”

Sherali Boboqulov ushbu mavsumda “Oliy Liganing eng yaxshi murabbiyi” sovriniga loyiq deb topildi. U “Soʻgʻdiyona-W” jamoasi bilan birgalikda Oliy Liga oltin medali va Oʻzbekiston kubogini qoʻlga kiritdi.  

Ayollar futboli boʻyicha “Oliy Liganing eng yaxshi futbolchisi”

Oʻzbekiston ayollar terma jamoasi yetakchilaridan biri, “Soʻgʻdiyona-W” jamoasi va chempionat toʻpurari Diyora Xabibullayeva ushbu mavsumning “Oliy Liganing eng yaxshi futbolchisi” deb topildi.

“Pro Liganing eng yaxshi futbolchisi”

“Neftchi” klubining joriy mavsumda 19 ta oʻyinida ishtirok etib, 12 ta gol kiritgan holda jamoani Superligaga qaytishiga katta hissa qoʻshgan Marko Obradovich “Pro Liganing eng yaxshi futbolchisi” sovrinini qoʻlga kiritdi. 

“Yil hakami”

Joriy mavsumda xalqaro maydonlarda uchrashuvlar boshqarish boʻyicha yetakchiga aylangan mutaxassis, 2021-yilda Osiyo chempionlar ligasi, Jahon chempionati saralashining eng muhim uchrashuvlari, shuningdek, Saudiya Arabistoni va Kuvayt chempionatlari bahslarida ishlagan hakam — Ilgiz Tantashev “Yil hakami” sovrinini qoʻlga kiritdi. 

“Coca-Cola Superligasining mavsumdagi eng chiroyli goli”

Joriy mavsum ham bir-biridan chiroyli gollarga boy boy boʻldi. Xususan, 16-tur doirasidagi “Lokomotiv” va “Turon“ uchrashuvida mehmonlar futbolchisi Bilolxon Toshmirzayevning maydon markazidan kiritilgan goli ”Coca-Cola Superligasining mavsumdagi eng chiroyli goli” deb topildi.

“Coca-Cola Superligasining 2021-mavsumdagi toʻpurari”

“Paxtakor” bilan birgalikda musobaqa chempioniga aylangan, jamoaning yetakchi futbolchilaridan biri — Dragan Cheran chempionat toʻpurariga aylandi.

“Coca-Cola Superligasining 2021-mavsumdagi eng yaxshi murabbiyi”

Coca-Cola Superligasining ushbu mavsum chempioni va Oʻzbekiston Superkubogi gʻolibi — Piter Xyuistra “Coca-Cola Superligasining 2021-mavsumdagi eng yaxshi murabbiyi” deb topildi.

“Coca-Cola Superligasining 2021-mavsumdagi eng yaxshi futbolchisi”

Joriy mavsumda “Nasaf” safida 26 ta oʻyinda ishtirok etib, 13 ta gol urishga muvaffaq boʻlgan futbolchi, Oʻzbekiston kubogi sohibi Husain Norchayev “Coca-Cola Superligasining 2021-mavsumdagi eng yaxshi futbolchisi” deb topildi.

“Oʻzbekistonning eng yaxshi yoshlar murabbiyi” 

Bir necha yildan buyon AGMK U-21 jamoasi bilan sovrinli oʻrinlar uchun kurashib kelayotgan mutaxassis, ushbu mavsumda jamoasi bilan tarixda ilk bor U-21 chempionati gʻolibiga aylangan Aʼzam Shergʻoziyev “Oʻzbekistonning eng yaxshi yoshlar murabbiyi” sovrini bilan taqdirlandi.

“Yilning eng yaxshi yosh futbolchisi”

2021-yil koʻplab yosh futbolchilarimiz uchun muvaffaqiyatli kechdi. Terma jamoalar tarkibida va chempionat oʻyinlarida oʻzlarining iqtidorlarini namoyish eta olgan — Diyor Xolmatov, Hojimat Erkinov va Husain Norchayev yakuniy nomzodlarning uchligidan oʻrin oldilar.

Jurnalistlar oʻrtasida oʻtkazilgan soʻrovnomaga koʻra, Oʻzbekiston milliy va U-23 terma jamoasi hamda “Nasaf” klubi futbolchisi Husain Norchayev “Yilning eng yaxshi yosh futbolchisi” sovriniga munosib deb topildi.

“Oʻzbekistonning eng yaxshi ayollar murabbiyi” 

Yosh iqtidorlarni katta futbolga yetkazib berishda jonbozlik koʻrsatib kelayotgan mutaxassis Ilhom Hanjariyev “Oʻzbekistonning eng yaxshi ayollar murabbiyi” sovrini bilan taqdirlandi.

“Yilning eng yaxshi ayol futbolchisi”

“Bunyodkor” ayollar jamoasi bilan birgalikda klublar oʻrtasidagi Osiyo chempionatida Oʻzbekiston sharafini munosib qilgan futbolchi, jamoa yetakchilaridan biri Dildora Nozimova “Yilning eng yaxshi ayol futbolchisi” sovrini bilan taqdirlandi.

“Yilning eng yaxshi murabbiyi”

Joriy mavsumda murabbiylar oʻrtasidagi raqobat ham yuqori boʻldi. Xususan, kuchli uchlikdan oʻrin olgan har bir nomzod oʻz jamoasi bilan birgalikda nafaqat chiroyli oʻyinlar, balki iroda ham koʻrsata oldi. Xususan, Ulugʻbek Baqoyev qoʻl ostidagi “Soʻgʻdiyona” klubi mavsum yakunida AGMK, “Nasaf” va “Bunyodkor” kabi raqobatchilarni ortda qoldirib, kumush medallarga ega chiqdi. Roʻziqul Berdiyev boshqaruvidagi “Nasaf” klubi OFK kubogining finaligacha yetib bordi, mamlakat kubogining gʻolibiga aylandi. Timur Kapadze Oʻzbekiston U-23 terma jamoasi bilan ishonchli oʻyinlar oʻtkazdi, “Olimpik” bilan birgalikda esa Superliga yoʻllanmasini qoʻlga kiritdi.

Jurnalistlar oʻrtasida oʻtkazilgan soʻrovnomaga koʻra, “Nasaf” klubi bosh murabbiyi Roʻziqul Berdiyev “Yilning eng yaxshi murabbiyi” sovriniga munosib deb topildi.

“Superliga ramziy terma jamoasi”

Coca-Cola Superligasi 2021-yilgi mavsumning ramziy terma jamoasidan joy olgan futbolchilar:  

“Futbol rivoji uchun”

Mamlakatimizda futbolni rivojlantirish va uni ommaviyligini oshirish yoʻlida Namangan viloyati hokimi sifatida “Navbahor” klubini kuchli jamoaga aylantirishda va viloyatda yangi futbol akademiyalariga asos solishdagi hissasi, shuningdek, mazkur ishlarni Fargʻona viloyati hokimi sifatida ham davom ettirayotganligi uchun — Xayrulla Bozarov “Futbol rivoji uchun” sovrini bilan taqdirlandi.

“Yilning eng yaxshi futbolchisi”

Husain Norchayev, Jaloliddin Masharipov va Eldor Shomurodov mazkur sovrinning yakuniy nomzodlari uchligidan oʻrin oldilar.

Jurnalistlar oʻrtasida oʻtkazilgan soʻrovnomaga koʻra, Oʻzbekiston milliy terma jamoasi va “Roma” klubi hujumchisi Eldor Shomurodov “Yilning eng yaxshi futbolchisi” sovrini bilan taqdirlandi.



														
														Nodirbek Abdusattorov mukofot jamg‘armasi 350 ming dollarlik musobaqada qatnashadi

Nodirbek Abdusattorov mukofot jamg‘armasi 350 ming dollarlik musobaqada qatnashadi

7-16-may kunlari Ruminiya poytaxti Buxarest shahrida klassik shaxmat bo‘yicha nufuzli turnir bo‘lib o‘tadi.
12:49 / 06.05.2025

														
														Dushanbe Grand Slam. O‘zbekiston terma jamoasi turnirni 5 ta medal bilan yakunladi

Dushanbe Grand Slam. O‘zbekiston terma jamoasi turnirni 5 ta medal bilan yakunladi

Bugun Tojikiston poytaxti Dushanbe shahri mezbonlik qilgan “Katta Dubulg‘a” turkumiga kiruvchi turnir o‘z yakuniga yetdi.
20:22 / 04.05.2025

														
														Hasanboy Do‘stmatov Rossiyadagi turnirda ukasiga qarshi jang qilishdan bosh tortib, musobaqa bilan xayrlashdi

Hasanboy Do‘stmatov Rossiyadagi turnirda ukasiga qarshi jang qilishdan bosh tortib, musobaqa bilan xayrlashdi

Rossiyaning Xabarovsk shahrida “Konstantin Korotkov” xalqaro xotira turniri bo‘lib o‘tmoqda. Ushbu musobaqada O‘zbekiston te…
21:54 / 16.04.2025

														
														O‘zbekiston Eronni 20:0 hisobida mag‘lub etdi

O‘zbekiston Eronni 20:0 hisobida mag‘lub etdi

O‘zbekiston xokkey terma jamoasi Eron ustidan 20:0 hisobida g‘alaba qozondi. Bu O‘zbekiston terma jamoasining jahon chempion…
21:28 / 16.04.2025

														
														Surxondaryoda yangi futbol stadioni foydalanishga topshirildi

Surxondaryoda yangi futbol stadioni foydalanishga topshirildi

“Surxon Arena” stadioni keng ko‘lamli modernizatsiyadan so‘ng qayta ochildi.
16:54 / 11.04.2025

														
														Badiiy gimnastika. Taxmina Ikromova Jahon kubogida to‘rtta medalni qo‘lga kiritdi

Badiiy gimnastika. Taxmina Ikromova Jahon kubogida to‘rtta medalni qo‘lga kiritdi

4–6-aprel kunlari Bolgariyaning Sofiya shahrida badiiy gimnastika bo‘yicha Jahon kubogining birinchi bosqichi bo‘lib o‘tdi.
15:31 / 07.04.2025

														
														Freestyle Chess Grand Slam Paris. Abdusattorov 200 ming dollarlik bosh sovrin uchun dona suradi

Freestyle Chess Grand Slam Paris. Abdusattorov 200 ming dollarlik bosh sovrin uchun dona suradi

8-15 aprel kunlari Fransiya poytaxti Parij shahrida shaxmat bo‘yicha nufuzli Freestyle Chess Grand Slam Paris turniri tashki…
16:29 / 06.04.2025

														
														2036-yilgi Olimpiada mezbonligiga qaysi davlatlar da’vogarlik qilmoqda?

2036-yilgi Olimpiada mezbonligiga qaysi davlatlar da’vogarlik qilmoqda?

Bundan tashqari Janubiy Koreya, Qatar, Germaniya, Meksika va Vengriya ham eng yirik sport anjumani mezbonligi uchun kurashmo…
09:32 / 30.03.2025

														
														O‘zbekistonlik kurashchi Gruziyadagi musobaqada chempionlikni qo‘lga kiritdi

O‘zbekistonlik kurashchi Gruziyadagi musobaqada chempionlikni qo‘lga kiritdi

Sportchi 90 kg vazn toifasida ishtirok etdi. Musobaqa finalida Bozorov Fransiya vakili Aleksis Metyuni mag‘lub etdi.
21:15 / 24.03.2025

														
														49 yoshli Chusovitina Jahon kubogi oltin medalini qo‘lga kiritdi

49 yoshli Chusovitina Jahon kubogi oltin medalini qo‘lga kiritdi

Ozarbayjonning Boku shahrida sport gimnastikasi bo‘yicha Jahon kubogi bahslari bo‘lib o‘tdi.
17:29 / 08.03.2025

Bu ham qiziq

Mirziyoyevning Moskvaga tashrifi yakunlandi

Mirziyoyevning Moskvaga tashrifi yakunlandi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Rossiya Federatsiyasi Prezidenti Vladimir Putin taklifiga binoan …
08:33 / 10.05.2025
O‘zbekiston viloyatlariga 241 ta avtobus yetkazib berildi

O‘zbekiston viloyatlariga 241 ta avtobus yetkazib berildi

2025-yilning yanvar-aprel oylarida O‘zbekiston mintaqalariga yo‘lovchilarga xizmat ko‘rsatish uchun 241 ta avtobus va 113 ta…
15:36 / 08.05.2025
Kreml Ukrainaning javobini kutmoqda

Kreml Ukrainaning javobini kutmoqda

Rossiya Prezidenti yordamchisi Yuriy Ushakov Rossiyaning Vladimir Putin tomonidan taklif etilgan muzokaralarni qayta boshlas…
08:38 / 11.05.2025
Samarqandda “zapravka”dagi yong‘in sabab ikki kishi halok bo‘ldi

Samarqandda “zapravka”dagi yong‘in sabab ikki kishi halok bo‘ldi

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, chaqnash oqibatida 2 fuqaro halok bo‘lgan.
09:34 / 09.05.2025
O‘zbekiston oltin-valyuta zaxiralari bir oyda 2,9 foizga o‘sdi

O‘zbekiston oltin-valyuta zaxiralari bir oyda 2,9 foizga o‘sdi

Oʻzbekiston Markaziy banki maʼlumotlariga koʻra, may oyi boshida respublikaning oltin-valyuta zaxiralari 49,2 milliard dolla…
18:47 / 09.05.2025
Xitoy kompaniyasi Surxondaryoda paxta yetishtirish bo‘yicha 95 million dollar investitsiya kiritadi

Xitoy kompaniyasi Surxondaryoda paxta yetishtirish bo‘yicha 95 million dollar investitsiya kiritadi

Xitoyning Jiangsu World Group korporatsiyasi Surxondaryo viloyatidagi paxta yetishtirish va qayta ishlash bo‘yicha avtomatla…
20:25 / 08.05.2025
O‘zbekiston oltin-valyuta zaxiralari qiymati 49 mlrd 255 mln dollarga yetdi

O‘zbekiston oltin-valyuta zaxiralari qiymati 49 mlrd 255 mln dollarga yetdi

Joriy yil 1-may holatiga ko‘ra, respublika oltin-valyuta zaxiralari qiymati 49 mlrd 255 mln dollarga yetdi. Bu tarixiy rekor…
10:47 / 10.05.2025
10-may kuni qanday ob-havo kuzatiladi?

10-may kuni qanday ob-havo kuzatiladi?

Harorat kechasi 15-17 daraja, kunduzi 30-32 daraja bo‘ladi.
03:38 / 10.05.2025
UFC 315. Bilol Muhammad mag‘lub etildi, Maddalena – yangi chempion

UFC 315. Bilol Muhammad mag‘lub etildi, Maddalena – yangi chempion

Kanadaning Monreal shahrida UFC 315 turniri o‘z yakuniga yetdi.
10:53 / 11.05.2025
Toshkent – Laxor – Toshkent reyslari bekor qilindi

Toshkent – Laxor – Toshkent reyslari bekor qilindi

Bu haqda Uzbekistan Airways matbuot xizmati xabar berdi.
10:08 / 09.05.2025

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!