Asaka shahridagi UzAuto Motors zavodida amalga oshirilayotgan rejali modernizatsiya ishlari bir necha kundan buyon muhokamalarga sabab bo‘lmoqda.
Zavod rahbariyatining ta’kidlashicha, bunday modernizatsiya va profilaktika ishlari zavodda muntazam ravishda amalga oshiriladi hamda bu korxona faoliyatining narx bilan emas, balki texnik masalalari bilan bog‘liq.
Avval xabar qilinganidek, UzAuto Motors zavodi joriy yilning may oyidan boshlab 24/7 rejimida to‘liq quvvatda ishlab, ishlab chiqarish hajmi bo‘yicha rekord ko‘rsatkichni qayd etgan.
Shuningdek, mazkur ishlar rejalashtirilgan va iste'molchilarga avtomobillarni yetkazib berish jadvaliga ta’sir qilmaydi.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!