$
12145.65 UZS
3.71
164.33 UZS
1.7
14268.71 UZS
-21.14
31° Kechasi 18°

Xalq ta’limi vazirligining ochiqlikka oid qonunchilik talablarini bajarmagani aytildi

13:32 / 07.05.2022

Kecha, 6-may kuni Senatning Axborot siyosati va davlat organlarida ochiqlikni taʼminlash masalalari qo‘mitasida “Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari faoliyatining ochiqligi to‘g‘risida”gi qonunning Xalq taʼlimi vazirligi tomonidan ijro etilishini o‘rganish yakunlari bo‘yicha majlis bo‘lib o‘tdi.

Yig‘ilishda ochiqlikni taʼminlash yo‘nalishida vazirlik tomonidan bir qancha ishlar amalga oshirilgani taʼkidlandi.

Shu bilan birga majlisda vazirlik, uning tarkibiy va hududiy boshqarmalari tomonidan ochiqlikni taʼminlash yo‘nalishida yo‘l qo‘yilgan kamchiliklar tanqid qilindi.

Xususan, vazirlik 2021-yildagi faoliyatiga oid hisobotini joriy yil 1-aprelga qadar jamoatchilik ishtirokida muhokama qilish uchun matbuot anjumanini o‘tkazmagan, vazirlik faoliyati to‘g‘risida axborot olishga doir so‘rovlarni ko‘rib chiqishning umumiy natijalari haqidagi axborot eʼlon qilinmagan, vazirlik faoliyatiga oid axborotlar axborot-kutubxona va arxiv fondlariga taqdim etilmagan, vazirlikning “uzedu.uz” rasmiy veb-saytini yuritish ishlari o‘z xoliga tashlab qo‘yilgan.

Vazirlikning rasmiy veb-sayti hamda ochiq maʼlumotlar portali (data.egov.uz)da ham ochiq maʼlumotlar eʼlon qilinmagan.

Jumladan, amalga oshirilgan davlat xaridlari, davlat byudjeti, davlat maqsadli jamg‘armalari hamda byudjetdan tashqari jamg‘armalari hisobiga xarid qilinishi rejalashtirilgan tovarlar (ishlar, xizmatlar) to‘g‘risidagi (xarid eʼlon qilinishidan kamida 6 oy oldin);

– davlat xaridlari va investitsiya loyihalari doirasida tashkil etiladigan xarid komissiyalarining xarid komissiyasi tarkibini tasdiqlash haqidagi qarori;

– tasdiqlangan yillik xarajatlar smetasi bilan bir qatorda, uning ijrosi, shu jumladan obyektlarni qurish, rekonstruksiya qilish va kapital taʼmirlash ishlari, avtomototransport vositalarini sotib olish va saqlash xarajatlari;

 – xizmat uylari va boshqa ko‘chmas mulklar;

 – vazirlikning tasdiqlangan yarim yillik va (yoki) yillik ish rejalari;

 – vazirlikka doimiy foydalanish uchun berilgan yer maydonlari va boshqa mol-mulklarni davlat-xususiy sheriklik asosida olgan yuridik va jismoniy shaxslar kabi maʼlumotlar ochiq maʼlumotlar eʼlon qilinmagan.

Qo‘mita aʼzolari Xalq taʼlimi vazirligi tomonidan ijtimoiy ahamiyatga molik maʼlumotlarni o‘z muddatida eʼlon qilib borishi, faoliyat ochiqligini taʼminlashdagi kamchiliklarni bartaraf etishi lozimligi qayd etildi.

Majlis yakunida Qo‘mitaning tegishli qarori qabul qilindi.


Bu ham qiziq

Yetti pir yurti — Buxoro Media haftalik markazida

Yetti pir yurti — Buxoro Media haftalik markazida

Buxoroda Media haftalikka start berildi.
02:45 / 13.05.2026
O‘zbekistonda Ma’muriy javobgarlik kodeksi yangilanadi

O‘zbekistonda Ma’muriy javobgarlik kodeksi yangilanadi

O‘zbekistonda Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeks yangi tahrirda ishlab chiqiladi.
09:41 / 10.05.2026
AQSh aeroportida dahshatli hodisa: erkakni samolyot urib yubordi

AQSh aeroportida dahshatli hodisa: erkakni samolyot urib yubordi

AQShda samolyot uchish-qo‘nish yo‘lagida odam urib yubordi.
18:02 / 10.05.2026
Giyohvandlik vositalarini kontrabanda qilish va sotish bilan shug‘ullangan jinoiy guruh ushlandi

Giyohvandlik vositalarini kontrabanda qilish va sotish bilan shug‘ullangan jinoiy guruh ushlandi

Qo‘shni davlatdan giyohvandlik vositalarini kontrabanda qilish va sotish bilan shug‘ullangan jinoiy guruh faoliyatiga chek q…
16:55 / 11.05.2026
O‘zbekiston U-17 terma jamoasi joriy yilning noyabr oyida Qatarda o‘tkaziladigan Jahon chempionati yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi!

O‘zbekiston U-17 terma jamoasi joriy yilning noyabr oyida Qatarda o‘tkaziladigan Jahon chempionati yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi!

O‘zbekiston U-17 terma jamoasi Osiyo Kubogidagi navbatdagi g‘alabasi orqali 2026-yilgi Jahon chempionati ishtirokchisiga ayl…
13:04 / 11.05.2026
O‘zbekistonda 175 mln so‘mdan yuqori pul o‘tkazmalar ustidan nazorat kuchaytiriladi

O‘zbekistonda 175 mln so‘mdan yuqori pul o‘tkazmalar ustidan nazorat kuchaytiriladi

O‘zbekistonda bank tizimi orqali amalga oshiriladigan yirik pul o‘tkazmalar bo‘yicha monitoring kuchaytirilmoqda.
15:07 / 12.05.2026
Buxoroda 40 nafar bolani olib ketayotgan avtobus haydovchisi mast ekanligi aniqlandi

Buxoroda 40 nafar bolani olib ketayotgan avtobus haydovchisi mast ekanligi aniqlandi

Buxoro viloyati IIB JXX YHXB xodimlari tomonidan Romitan tumanida 40 nafar bog‘cha bolalarini olib ketayotgan avtobus haydov…
09:50 / 11.05.2026
Kartalarga tushumlar Soliq qo‘mitasi nazoratida

Kartalarga tushumlar Soliq qo‘mitasi nazoratida

Soliq qo‘mitasi ayrim tadbirkorlar faoliyatida plastik kartadan plastik kartaga (P2P) o‘tkazmalar orqali amalga oshirilayotg…
09:57 / 13.05.2026
Buyuk Britaniya Rossiyaga qarshi sanksiyalarni kengaytirdi

Buyuk Britaniya Rossiyaga qarshi sanksiyalarni kengaytirdi

Bundan tashqari, LPR ta’lim va fan vazirining birinchi o‘rinbosari Dmitriy Shevchenkoga nisbatan sanksiyalar qo‘llanildi.
14:48 / 11.05.2026
Oziq-ovqat mahsulotlari narxi ketma-ket uch oy oshdi

Oziq-ovqat mahsulotlari narxi ketma-ket uch oy oshdi

BMTning Oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi tashkiloti (FAO) ma’lumotiga ko‘ra, dunyoda oziq-ovqat mahsulotlari narxi ketma-ket …
19:05 / 09.05.2026

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!