Kecha Prezidentimiz O‘zbekiston milliy terma jamoasini Jahon chempionatiga kuzatish marosimida ishtirok etdi. Tadbir davomida Prezident administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva ham futbolchilarga murojaat yo‘lladi.
“Yigitlar, siz allaqachon ulkan marrani zabt etdingiz — xalqimiz qalbida orzu va ishonch uyg‘otdingiz. Endi esa o‘zbek futboli nimalarga qodir ekanini butun dunyoga ko‘rsatib qo‘ying. Maydonga dadil tushing, yuragingizni berib o‘ynang”, dedi u.
Ta’kidlanishicha, O‘zbekiston milliy terma jamoasining ilk bor Jahon chempionatiga yo‘l olishi mamlakat futboli tarixidagi eng muhim voqealardan biri bo‘ldi.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!