Afg‘onistonning Mozori-Sharif shahrida “Hayraton — Mozori-Sharif” temiryo‘l liniyasining 5-sonli quruqlik porti foydalanishga topshirildi. Qurilish va tiklash ishlari yakunlangan mazkur portga ilk poyezd tarkibi ham qabul qilinib, yuk tushirish ishlari boshlandi.
“O‘zbekiston temir yo‘llari” rahbari Z.G‘. Narzullayev Afg‘oniston bosh vaziri o‘rinbosari Mulla Abdulg‘ani Barodar bilan muzokaralar o‘tkazdi. Unda temiryo‘l liniyasining o‘tkazuvchanlik imkoniyatini oshirish masalalari muhokama qilindi.
Tomonlar Naibobod stansiyasida qo‘shimcha 1650 metrlik tarmoq qurish orqali yuk vagonlarini qayta ishlash hajmini oshirish va ularning turib qolish vaqtini qisqartirishga kelishib oldi.
Afg‘oniston tomoni yuk oqimini ko‘paytirish hamda poyezdlarni uzluksiz qabul qilishga tayyor ekanini bildirgan.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!