Bugun, 23-may kuni Toshkent viloyatining Piskent tumanidan oqib o‘tuvchi Ohangaron daryosida bir ayol suv o‘rtasidagi quruqlikda qolib ketdi. Bu haqda Favqulodda vaziyatlar vazirligi ma’lum qildi.
Qayd etilishicha, soat 10:20 da Olmaliq shahar Favqulodda vaziyatlar bo‘limiga daryo o‘rtasida bir fuqaro qolib ketgani va yordamga muhtojligi haqida xabar kelib tushgan.
Ma’lum bo‘lishicha, daryoda suv sathi kutilmaganda ko‘tarilib, kuchli oqim sabab ayol xavfsiz hududga chiqa olmagan.
Voqea joyiga zudlik bilan yetib borgan qutqaruvchilar fuqaroni xavfsiz hududga olib chiqdi.
Eslatib o‘tamiz, 22-may kuni Namangan viloyatining Uychi tumanida 2025-yilda tug‘ilgan bola hojatxonaga tushib ketgandi.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!