Xon Saroy jamoasi aʼzosi Baxshulla Sayfullayev 2023-yilning 1-7-sentyabr kunlari Nepalning Katmandu shahrida boʻlib oʻtgan Bodibilding va fitnes boʻyicha 55-Osiyo chempionatida ishtirok etdi. 25 dan ortiq davlatlardan kelgan bodibilderlar ishtirokidagi musobaqada Bodibilding master yoʻnalishida 15 nafar raqib orasida ustunlikka erishdi va Oltin medal sohibiga aylandi. Yosh toifasidan esa Bronza medalini qoʻlga kiritdi.
Baxshulla Sayfullayev 2022-yili Xon Saroy kompaniyasi bilan hamkorlikda “Irodam kuchli” loyihasini yuritgan holda sogʻlom turmush tarzi gʻoyalarini keng yoyishda faollik koʻrsatgan.
Xon Saroy kompaniyasi tashkil topgandan buyon oʻzbekistonlik sportchilarni faol qoʻllab-quvvatlagan holda ularni yanada katta natijalarga erishishlariga koʻmak berib kelmoqda.
Baxshulla Sayfullayevning bugungi kunga qadar qoʻlga kiritgan yutuqlari Xon Saroy kompaniyasining ham faxri hisoblanadi.
1. 2017-yil 26-mart – Bodibilding va fitnes boʻyicha Namangan ochiq chempionati – 1-oʻrin – Oltin medal
2. 2017-yil 6-may – Bodibilding va Fitnes boʻyicha Oʻzbekiston kubogi 2017 – 1-oʻrin – Oltin medal
3. 2018-yil 11-mart – Bodibilding va fitnes boʻyicha Qoraqalpogʻiston ochiq chempionati 2018(final) (Nukus) – 1-oʻrin – Oltin medal
4. 2018-yil 22 aprel – Bodibilding va fitnes Markaziy Osiyo chempionati 2018 – 1-oʻrin – Oltin medal
5. 2018-yil 16 sentyabr – Bodibilding va fitnes boʻyicha Toshkent ochiq kubogi final — 1-oʻrin – mutlaq gʻolib
6. 2018-yil 2-oktyabr – Bodibilding va fitnes boʻyicha 52-Osiyo chempionati 2018 (ABBF-WBPF) (Hindiston.Pune) — 2-oʻrin – Kumush medal
7. 2020-yil 5-dekabr – Bodibilding va fitnes boʻyicha Oʻzbekiston kubogi PROFORM CLASSIC 2020 — 1-oʻrin – mutlaq gʻolib
8. 2021-yil 22-avgust – Bodibilding va fitnes boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi chempionati – 1-oʻrin – Oltin medal
Xon Saroy kompaniyasi oʻz faoliyatini avvaliga Navoiy viloyatida, 2019-yildan Toshkent shahrida boshlagan. Kompaniya tomonidan bugungi kunga qadar Toshkent shahrida amalga oshirilgan loyihalar soni 12 tani tashkil qiladi. Kompaniya 2022-yilda “Xon Saroy”, “Mega Tower”, “Pandora”, “Ayvon”, 2023-yilda esa “Diplomat”,“Sayram” loyihalarini toʻliq tugallab, oʻz egalariga topshirgan. 2022-yilda “Kvadratura takliflari boʻyicha koʻchmas mulk bozori yetakchisi” deya eʼtirof etilgan.
Batafsil maʼlumot uchun quyidagi raqamlarga qoʻngʻiroq qiling:
+998712007400
+998555017400
xonsaroy.uz
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!