Turkiya va O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirliklari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida qo‘lga olingan, bir qancha firibgarlik jinoyatlarini sodir etib, fuqarolarga katta miqdorda zarar yetkazganlikda ayblanib, O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi tomonidan 2023-yildan beri qidiruvda bo‘lgan 1991-yilda tug‘ilgan Ibragimov Ahmadjon Yo‘ldoshxon o‘g‘li Toshkent shahriga deportatsiya qilindi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasining Istanbul shahridagi Bosh konsulxonasi axborot xizmati xabar berdi.
“Ushbu shaxsning xatti-harakatlaridan jabrlangan fuqarolardan O‘zbekiston Respublikasining Istanbul shahridagi Bosh konsulxonasiga yoki O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligiga, shuningdek, ichki ishlar organlarining hududiy bo‘linmalariga murojaat qilish so‘raladi.
Jinoyat uchun jazoning muqarrarligini ta’minlash maqsadida Turkiya hududida hamkorlikdagi tadbirlar tizimli ravishda davom ettirilmoqda”, – deyiladi konsulxona xabarida.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!