$
12194.21 UZS
-16.5
149.97 UZS
-0.39
13984.32 UZS
-51.89
31° Kechasi 18°

Yangi yilning eng mashhur kino va multfilmlari

09:54 / 31.12.2023

Yangi yil kelishi bilan ekranlarimizda biz sevib tomosha qiladigan, yangi yil shukuhini beradigan kino va multfilmlar boshlanadi. Bolalik xotiralari, qish zavqi, ezgulik g'alabasiga yo'g'rilgan kino-filmlarni birgalikda tomosha qilamiz.

“Uyda yolg‘iz”

1990-yili katta ekranlarga chiqqan film o‘ttiz yildan oshibdiki, muxlislarini yo‘qotgani yo‘q. Kris Kolumbus rejissyorligida suratga olingan kartinada Mak Kalkin bosh rolni ijro etgan. Uning ikkinchi qismi ham dovrug‘ qozongan. Sakkiz yashar bolaning ikki o‘g‘rini chuv tushirish yo‘llari yumorga boy bo‘lib, asar zamirida oila muqaddasligi g‘oyasi ilgari surilgan.

Donald Tramp “Uyda yolg‘iz” filmi yutug‘iga o‘zini sababchi qilib ko‘satmoqda

AQShning sobiq rahbari va kelasi yil prezidentlikka nomzod Donald Tramp “Uyda yolg‘iz 2” filmida rol ijro etganini bilarmidingiz. Donal Tramp o‘z ijtimoiy tarmog‘ida 20 yil avval uni “Uyda yolg‘iz 2” filmiga taklif qilishganini eslab post qo‘ydi. Uning so‘zlariga ko‘ra u rolni ishlari ko‘p bo‘lgani bois dastlab rad etgan. Biroq keyin rozi bo‘lgan.

Aslida ushbu film rejissyori Kris Kolumbning aytishicha Tramp filmda rol ijro etishi evazigagina mehmonxonasida suratga olishga ruxsat berishini aytgan.
Tramp ishtirok etgan kadr bir necha soniyalarni tashkil qiladi. Bolakay Kevin Makkallister undan qabulxonaga yo‘nalishni so‘raydi va u yo‘nalishni ko‘rsatib yuboradi. Trampning filmda ishtiroki kino muvafaqqiyatga sababchi bo’lganini qayd etib o’tgan.

“Qor malikasi”

Qor malikasi - qishning eng ommabop va qiziqarli multfilmi. Ushbu multfilm Xans Kristian Andersenning mashhur ertagi asosida ishlangan. Rus rejissyori Lev Atamanov 1957-yili yaratgan kartinada yaxshilik va yomonlik kurashi tavsirlanadi. Gerdaning Qor malikasi o‘g‘irlab ketgan ukasi Kayni qutqarish yo‘lidagi sarguzashtlari bayon etiladi. Yuragi muzlab qolgan bolakayni mehr ko‘z yoshlari bilan o‘ziga qaytargan qizaloq alal oqibat Qor malikasini yengadi. Voqealar, tabiiyki, qish faslida, qahratonda yuz beradi. Bug‘u, qaroqchi qiz obrazlari ham muxlislarda yorqin taassurot qoldiradi. Oila davrasida yosh-u qarini birdek ko'rishga chorlovchi sevimli multfilmlarimizdan biri.

“Taqdir hazili yoki qushdek yengil bo‘ling!”

Rejissyor Eldar Ryazanov ishlagan film ilk tomoshadayoq 100 million muxlis yiqqan. Bosh rollarni Andrey Myagkov va Barbara Brilska ijro etgan. Muxlislar talabi bilan 2007-yili kartinaning mantiqiy davomi ham ishlandi, unda keksaygan qahramonlarimizning farzandlari ichakuzdi sarguzashtlarni boshdan kechirishadi. “Taqdir hazili...”dagi diltortar qo‘shiqlarni Sergey Nikitin va Alla Pugachyova kuylagan.

“Qarsildoq”

Gofman ertaklari va mashhur bastakor Chaykovskiy baleti asosida Soyuzmultfilm studiyasida Boris Stepansev tomonidan yaratilgan (1973). Asarda qo‘g‘irchoq qarsildoq va qizaloqning do‘stligi tavsirlanadi. Kalamushlar hujumiga qarshi kurashda ezgulik g‘olib chiqadi. Multfilm Ispaniyada “Bolalar va o‘smirlar filmlari” tanlovida birinchi o‘rinni olgan.

“Sohibjamol va maxluq”

Uolt Disneyning ushbu animasion filmi fransuz ertaklari asosida ishlangan. 1991- yili musiqali melodrama janrida suratga olingan asar yilning mashhur uchligida “Terminator 2” va “Robin Gud”dan keyingi pog‘onani zabt etgan. 1997-yili yaratilgan ikkinchi qismida Yangi yilni nishonlash mavzusi tasvirlanadi. Samimiy go‘zal qiz Bellning maxluq qiyofasidagi shahzodaga ko‘ngil qo‘yishi orqali surat emas, siyrat muhimligi ta’kidlanadi.

«Ы» operatsiyasi yoki Shurikning boshqa sarguzashtlari

Leonid Gayday 1965-yili ishlagan kartina o‘sha yiliyoq 69 million muxlis olqishiga sazovor bo‘lgan. Mana, ellik yildirki, yuz millionlab insonlar uchun hamon suyumli. Yangi yil arafasida yuz bergan voqealar, soxta o‘g‘irlikka tushgan uch qahramonga Shurik to‘sqinlik qilishi... film syujetini aytmasak ham, o‘zingiz bilasiz.



														
														Turkiyalik aktrisa Erchel giyohvand moddalar iste’mol qilmaganini aytdi

Turkiyalik aktrisa Erchel giyohvand moddalar iste’mol qilmaganini aytdi

Aktrisa 27-mart kuni Istanbul aeroportida qo‘lga olingan edi.
17:47 / 28.03.2026

														
														HBO “Garri Potter” franshizasini yangicha talqinda suratga oladi

HBO “Garri Potter” franshizasini yangicha talqinda suratga oladi

Ilk film namoyishi 2027-yilga mo‘ljallangan
22:13 / 14.07.2025

														
														“Ustasi farang o‘g‘rilar 3” filmining premyera sanasi ma’lum bo‘ldi

“Ustasi farang o‘g‘rilar 3” filmining premyera sanasi ma’lum bo‘ldi

Jahon premyerasi kuzga rejalashtirilgan.
12:23 / 05.07.2024

														
														Aktyor Hyu Jekman umrining qolgan qismini xayriyaga bag‘ishlamoqchi

Aktyor Hyu Jekman umrining qolgan qismini xayriyaga bag‘ishlamoqchi

2023-yilda aktyor 27 yil davomida birga yashagan turmush o‘rtog‘i Deborra Li bilan ajrashganini ma’lum qilgan edi.
12:01 / 05.07.2024

														
														“Wednesday” serialining ikkinchi mavsumi Irlandiyadagi eng qimmat filmga aylanadi

“Wednesday” serialining ikkinchi mavsumi Irlandiyadagi eng qimmat filmga aylanadi

Ma’lum bo‘lishicha, serialning bosh rol ijrochisi Jenna Ortega ikkinchi mavsumga prodyuserlik ham qiladi.
16:10 / 04.07.2024

														
														“Titanik” aktyorlari 24 yil o‘tib qanday ko‘rinishga ega

“Titanik” aktyorlari 24 yil o‘tib qanday ko‘rinishga ega

Bugun biz filmning asosiy qahramonlarini eslamoqchimiz va aktyorlar qanchalik o‘zgarganini ko‘rmoqchimiz.
12:25 / 28.06.2024

														
														Kitobidan ko‘ra kinosi qiziq chiqqan asarlar

Kitobidan ko‘ra kinosi qiziq chiqqan asarlar

Shunday filmlar ro‘yxatini sizga ulashamiz.
12:16 / 28.06.2024

														
														“Tansoqchi” filmi yulduzi Bill Kobbs 90 yoshida vafot etdi

“Tansoqchi” filmi yulduzi Bill Kobbs 90 yoshida vafot etdi

Aktyor yaqinda 90 yoshni qarshilagan edi.
12:07 / 28.06.2024

														
														“Shrek 5” 2025-yilda ekran yuzini ko‘radi

“Shrek 5” 2025-yilda ekran yuzini ko‘radi

Franshizaning beshinchi qismi bo‘yicha ishlar esa bir necha oydan beri davom etmoqda.
14:47 / 27.06.2024

														
														“Boshqotirma” multfilmining seriali ishlab chiqiladi

“Boshqotirma” multfilmining seriali ishlab chiqiladi

Multserial 2025-yilning bahorida Disney+ da namoyish etiladi.
16:39 / 26.06.2024

Bu ham qiziq

Oʻzbekiston Prezidenti Qozogʻiston bilan koʻp qirrali hamkorlikni yanada kengaytirish muhimligini qayd etdi

Oʻzbekiston Prezidenti Qozogʻiston bilan koʻp qirrali hamkorlikni yanada kengaytirish muhimligini qayd etdi

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 31-mart kuni mamlakatimizga rasmiy tashrif bilan kelgan Qozogʻiston R…
09:23 / 01.04.2026
Jizzaxda Koreyaga ishga yuborishni va’da qilib, 65 mln so‘m pul olgan firibgar ishlandi

Jizzaxda Koreyaga ishga yuborishni va’da qilib, 65 mln so‘m pul olgan firibgar ishlandi

Zarbdor tumanida fuqaroni Koreya davlatiga ishga yuborishi evaziga 65 mln so‘mini qo‘lga kiritgan shaxs aniqlandi.
17:55 / 30.03.2026
Eskirgan avtomobillarni topshirganlarga yangisini xarid qilish uchun avtokredit foizining bir qismi qoplab beriladi

Eskirgan avtomobillarni topshirganlarga yangisini xarid qilish uchun avtokredit foizining bir qismi qoplab beriladi

2026-yil yakuniga qadar “Ekologik transport” tizimi doirasida Toshkent shahrining hududi “qizil”, “sariq” va “yashil” zonala…
09:30 / 31.03.2026
Endi O‘zbekistonda jarimani avtomobil egasi emas, qoidani buzgan haydovchi to‘laydi

Endi O‘zbekistonda jarimani avtomobil egasi emas, qoidani buzgan haydovchi to‘laydi

Bundan tashqari, mazkur qaror bilan qonun hujjatlariga kiritilgan o‘zgartirishlarga ko‘ra, avtomototransport vositasini ro‘y…
12:37 / 01.04.2026
Shavkat Mirziyoyev “BMT Turizm” rahbari bilan sayyohlik sohasidagi hamkorlikning ustuvor yo‘nalishlarini muhokama qildi

Shavkat Mirziyoyev “BMT Turizm” rahbari bilan sayyohlik sohasidagi hamkorlikning ustuvor yo‘nalishlarini muhokama qildi

Shavkat Mirziyoyev bugun, 1-aprel kuni mamlakatimizda tashrif bilan bo‘lib turgan “BMT Turizm” bosh kotibi Shayxa Nosir Al N…
17:51 / 01.04.2026
Starlink qurilmasini noqonuniy olib kirmoqchi bo‘lgan fuqaroga jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Starlink qurilmasini noqonuniy olib kirmoqchi bo‘lgan fuqaroga jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Tekshiruv jarayonida transport vositasining yukxona qismida yo‘lovchi bojxona deklaratsiyasida ko‘rsatilmagan, shuningdek, t…
17:33 / 01.04.2026
Qoraqalpog‘istonda “Media haftalik” boshlandi

Qoraqalpog‘istonda “Media haftalik” boshlandi

Bugun, 30-mart kuni ushbu haftalik Qoraqalpog‘iston Respublikasida o‘z ishini boshladi.
14:31 / 30.03.2026
Bugun Toshkent — Andijon yo‘nalishidagi poyezdlari qatnovi bekor qilinadi

Bugun Toshkent — Andijon yo‘nalishidagi poyezdlari qatnovi bekor qilinadi

Temiryo‘l chiptalari uchun to‘langan mablag‘lar yo‘lovchilarga to‘liq qaytarib beriladi.
09:10 / 30.03.2026
Deputatlarga o‘z okrugida yashil hudud yaratishi uchun 412 million so‘mdan mablag‘ beriladi

Deputatlarga o‘z okrugida yashil hudud yaratishi uchun 412 million so‘mdan mablag‘ beriladi

Bu yilgi mavsumdan Qonunchilik palatasining har bir deputatiga ham o‘z okrugida yashil hudud, yashil bog‘ yaratishi uchun 41…
11:29 / 01.04.2026
Toshkentda 8 ta avtomobil ishtirokida YTH sodir bo‘ldi

Toshkentda 8 ta avtomobil ishtirokida YTH sodir bo‘ldi

YTH oqibatida Cobalt avtomashinasining 1 nafar yo‘lovchisiga shifokorlar tomonidan birinchi tez tibbiy yordam ko‘rsatilgan.
16:39 / 29.03.2026

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!