$
12014.37 UZS
40.93
₽
146.19 UZS
1.66
€
13280.68 UZS
-1.46
31° Kechasi 18°

Yuz yoshdan oshish mumkin, agar...

10:26 / 03.04.2024

Olimlarning son-sanoqsiz tadqiqotlari turmush tarzimiz, masalan, parhez va uzoq umr ko‘rishni belgilab beruvchi irsiyat o‘rtasida chambarchas bog‘liqlik borligini ko‘rsatmoqda. Ana shu ko‘plab parhez rejalari orasida fan nuqtayi nazaridan eng diqqatga sazavorlaridan biri — “ochlikni imitatsiyalovchi parhezdir”. Yaqinda natijasi e’lon qilingan tadqiqotda shu haqda so‘z boradi. GB News yozishicha, tadqiqotchilar ushbu usul 120-yilgacha umr ko‘rishni ta’minlovchi muhim omilga aylanishi mumkin, deyishmoqda.

Parhezning mohiyati nima yeyishda emas, balki qachon yeyishda!
Janubiy Kaliforniya universitetining Uzoq umr ko‘rish instituti direktori va gerontologiya professori Valter Longo muvozanatlashtirilgan yondashuvni taklif etmoqda: sutkaning 12 soati — ochlik, 12 soati — ovqatlanishga ruxsat etilgan payt. Professorning fikricha, yilda uch marta ketma-ket besh kundan “ochlik parhezi”ni tutish kerak. Bu tartibning afzalligi sifatida kundalik oziq iste’molini keskin kamaytirmagan holda “ochlik parhezi”ga erishish yoki uzoq istiqbolda rasionni sezilarli o‘zgartirish ko‘rsatilmoqda.

Tanaffusli ochlik turli shakllarda bo‘lishi mumkin. Ba’zilar kun mobaynida 16 soat och yurib, 8 soat davomida ovqatlanishni afzal bilishadi, ayrimlarga esa “500 dan 2” usuli qulay: bunda haftada ikki kun iste’mol miqdori 500 kaloriyagacha bo‘ladi. Turli-tuman bu usullarni umumiy maqsad birlashtiradi: hujayralar qarishi jarayoniga ta’sir ko‘rsatish orqali umr ko‘rish davomiyligini oshirish hamda kasallanish ehtimollarini metabolizm (moddalar almashinuvi) orqali pasaytirish.

Davomiy ochlikning salomatlikka foydasi haqidagi qarashlar tobora asosli dalillar bilan kuchayib boryapti: tadqiqotlarga ko‘ra, ochlik vaznni yaxshilashda yordam beradi, moddalar almashinuvini yaxshilaydi, diabetning 2-toifasi singari surunkali xastaliklar va yuqori qon bosimi xuruji xavfini pasaytiradi.

Ochlikning salomatlik va uzoq umr ko‘rish borasidagi foydalari har qancha jozibador bo‘lmasin, uni to‘liq tushunib yetish uchun hali ko‘p ilmiy izlanishlar talab etiladi. Har qanday holatda ham, o‘z taomnomangizni jiddiy isloh qilishdan avval, shifokor maslahatini olganingiz durust.


Foydali


														
														OpenAI sun’iy intellekt modellaridagi xavfli xatti-harakatlarni ma’lum qildi

OpenAI sun’iy intellekt modellaridagi xavfli xatti-harakatlarni ma’lum qildi

OpenAI sun’iy intellekt modellarini sinovdan o‘tkazish jarayonida bir qator kutilmagan xatti-harakatlar kuzatilganini ma’lum…
10:10 / 18.09.2026

														
														Oltin narxi keskin pasaydi

Oltin narxi keskin pasaydi

“Bu 2013-yildan buyon kuzatilgan eng katta bir kunlik pasayishdir”, deb ma’lumot bermoqda RBK nashri.
12:58 / 22.10.2025

														
														Prezident: “Bolalar va majburiy mehnatga barham berish — bizning qat’iy irodamiz natijasi”

Prezident: “Bolalar va majburiy mehnatga barham berish — bizning qat’iy irodamiz natijasi”

O‘zbekistonning bolalar mehnati va majburiy mehnatga barham berish bo‘yicha ilg‘or tajribasi Xalqaro mehnat tashkiloti tomon…
12:04 / 17.10.2025

														
														Yangilangan Chevrolet Cobalt ishlab chiqarilishi boshlandi

Yangilangan Chevrolet Cobalt ishlab chiqarilishi boshlandi

UzAuto Motors AJ yangilangan Chevrolet Cobalt modifikatsiyalarini ommaviy ishlab chiqarishni boshladi.
16:55 / 15.10.2025

														
														Jizzaxda sudya yordamchisi pora bilan ushlandi

Jizzaxda sudya yordamchisi pora bilan ushlandi

Tergov harakatlari olib borilmoqda.
08:22 / 28.09.2025

														
														iOS 26 da aqlli quvvat tejash rejimi o‘zgardi

iOS 26 da aqlli quvvat tejash rejimi o‘zgardi

Rejim har doim emas, tizim ortiqcha sarfni sezganda ishga tushadi.
15:16 / 19.09.2025

														
														Qozog‘istonda sodir bo‘lgan portlashda 3 nafar O‘zbekiston fuqarosi halok bo‘ldi

Qozog‘istonda sodir bo‘lgan portlashda 3 nafar O‘zbekiston fuqarosi halok bo‘ldi

Shu yilning 11-sentyabr kuni Qozog‘istonning Olmaota viloyatida metall qabul qilish shoxobchasida sodir bo‘lgan portlash oqi…
16:58 / 13.09.2025

														
														Telegram navbatdagi yangilanishlarni taqdim etdi

Telegram navbatdagi yangilanishlarni taqdim etdi

Profilga musiqa qo‘shish, birlamchi profil sahifasini tanlash va boshqa imkoniyatlar paydo bo‘ldi
21:55 / 01.09.2025

														
														2025-yilning o‘tgan davrida startaplarga 264 mln dollar xorijiy sarmoya kiritildi

2025-yilning o‘tgan davrida startaplarga 264 mln dollar xorijiy sarmoya kiritildi

Bugungi kunda O‘zbekistonda 600 dan ziyod startaplar faoliyat yuritmoqda. Sakkiz yil ilgari ularning soni barmoq bilan sanar…
14:51 / 20.08.2025

														
														Chiqindilar muammosi – aholi anglamayotgan xavf

Chiqindilar muammosi – aholi anglamayotgan xavf

Har kuni uyimizdan chiqqanimizda, ko‘chada chiqindilarga ko‘zimiz tushadi. Ular ba’zan chiqindi qutilarida to‘planib, ba’zan…
17:18 / 11.08.2025

Bu ham qiziq

Özbekistonda dorilarni retseptsiz sotiş mezonlari özgartirildi

Özbekistonda dorilarni retseptsiz sotiş mezonlari özgartirildi

Ma’lum qilinişiça, tegişli hujjat 2026-yil 12-noyabr kuni davlat röyxatidan ötkazilgan. Unga muvofiq, dorilarni retseptsiz s…
14:24 / 14.11.2026
Özbekistonlik model Epsteyn işi böyiça yangi tafsilotlarni oşkor qildi

Özbekistonlik model Epsteyn işi böyiça yangi tafsilotlarni oşkor qildi

Özbekistonlik model Roza (ismi özgartirilgan) 2009-yilda AQŞga borgaç, modellik agentligi tomonidan jinsiy jinoyatlarda aybl…
10:18 / 12.11.2026
Toşkentda öquv markaziga bosqinçilik qilmoqçi bölgan tört kişi uşlandi

Toşkentda öquv markaziga bosqinçilik qilmoqçi bölgan tört kişi uşlandi

Toşkent şahridagi öquv markazlaridan birida saqlanayotgan katta miqdordagi pul mablağlarini bosqinçilik yöli bilan qölga kir…
09:59 / 13.11.2026
Toşkentda uçta yolğon xabar foş etildi: janjal sahnalaştirilgan, xavf haqidagi ma’lumotlar tasdiqlanmagan

Toşkentda uçta yolğon xabar foş etildi: janjal sahnalaştirilgan, xavf haqidagi ma’lumotlar tasdiqlanmagan

Toşkent şahrida ijtimoiy tarmoqlarda tarqalib, aholi orasida xavotir uyğotgan uçta holat içki işlar organlari tomonidan örga…
15:39 / 12.11.2026
Özbekiston xalqaro investitsiyaviy arbitraj işida ğalaba qozondi

Özbekiston xalqaro investitsiyaviy arbitraj işida ğalaba qozondi

2026-yil 26-oktyabr kuni Investitsiyaviy nizolarni hal etiş böyiça xalqaro markaz (ICSID) arbitraj tribunali Turkiya fuqaros…
09:39 / 14.11.2026
Özbekistonda öt öriş pulli böladimi? Rasmiy munosabat bildirildi

Özbekistonda öt öriş pulli böladimi? Rasmiy munosabat bildirildi

12-noyabr kuni ijtimoiy tarmoqlarda Özbekistonda endilikda öt öriş uçun ham çipta sotib oliş va pul tölaş kerakligi haqida x…
09:56 / 13.11.2026
"Demokrat.uz" rahbari va bloger 10 yildan ortiq muddatga qamaldi

"Demokrat.uz" rahbari va bloger 10 yildan ortiq muddatga qamaldi

"Demokrat.uz" rahbari Fazliddinxon Mehmonov va bloger Aziz Ğoipnazarovga nisbatan sud hukmi e’lon qilindi. 11-noyabr kuni çi…
14:44 / 12.11.2026
Özbekistonda narxlar statistikasini kuzatiş uçun “NarxStat” platformasi işga tuşirildi

Özbekistonda narxlar statistikasini kuzatiş uçun “NarxStat” platformasi işga tuşirildi

Özbekistonda oziq-ovqat mahsulotlari, yonilği va uy-joy narxlari böyiça statistik ma’lumotlarni taqdim etuvçi “NarxStat” oçi…
16:42 / 13.11.2026
Dehqonobodda maktabga boriş uçun soy keçadigan bolalar uçun köprik quriladi

Dehqonobodda maktabga boriş uçun soy keçadigan bolalar uçun köprik quriladi

Qaşqadaryo viloyati Dehqonobod tumanidagi Jingil qişloğida joylaşgan 84-sonli umumta’lim maktabi öquvçilari foydalanişi uçun…
09:42 / 14.11.2026
Belgorodda dron hujumi oqibatida bir oilaning uç a’zosi halok böldi

Belgorodda dron hujumi oqibatida bir oilaning uç a’zosi halok böldi

Rossiyaning Belgorod viloyati Proletarskiy posyolkasida dron turar joyga hujum qilişi oqibatida bir oilaning uç a’zosi — erk…
14:31 / 14.11.2026

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!