Bugun, 20-iyun kuni soat 07:15 da Toshkent viloyati Zangiota tumani Favqulodda vaziyatlar bo‘limiga 14 yoshli qiz o‘z ehtiyotsizligi oqibatida yashash xonadonidagi chuqurligi 9 metr bo‘lgan quduqqa tushib ketganligi va unga yordam zarurligi haqida tashvishli xabar kelib tushgan.
Xabarga asosan, zudlik bilan FVV qutqaruvchilari aytilgan manzilga yetib borib, maxsus qutqaruv anjomlari yordamida qizni quduq ichidan olib chiqqan va tez-tibbiy yordam xodimlariga topshirgan.
Shundan so‘ng turli darajada tan jarohati olgan qizga malakali tibbiy yordam ko‘rsatish maqsadida Respublika shoshilinch tez-tibbiy yordam ilmiy markaziga yotkazilgan va hozirda shifokorlar nazoratida. Qizning umumiy ahvoli yaxshi.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!