Tarix uchun 40 yil ko‘p muddat va bu muddatda ko'p narsalar yuz berishi mumkin. Ammo gap texnologiyalar haqida ketganda, 40 yil bu — Rim imperiyasi davriga qaytish bilan barobar. Taqqoslash uchun texnik taraqqiyot bosqichlariga nazar solish kifoya: dastlabki mobil telefoni — uyali aloqa xizmatlari, ijtimoiy tarmoqlar va ultra-tezlikdagi internet, shuningdek, veb-sayt imkoniyatlari, sun’iy yo‘ldoshlar va hk.
Ammo qaysi mobil telefonlari bunday taraqqiyot jarayonlarini boshlab berdi? Kim bugungi zamonaviy telefonlarning texnik imkoniyatlari uchun innovatsion brend vazifasini o‘tadi? 1980-yillardan beri chiqarilgan minglab telefonlarning qaysi biri eng qulay va hammabop edi? Bu savollarning birgina javobi bor: bunday xususiyat “ibtidoiy” mobil qurilmalarining barchasida qisman bo‘lsada, bor edi.
“Ovunchoq” qo‘l telefonlarimiz tarixidan dars
Dunyodagi birinchi mobil telefon qo‘ng‘irog‘i 1973-yil 3-aprelda, Motorola katta muhandisi Martin Kuper raqib telekommunikatsiya kompaniyasiga qo‘ng‘iroq qilib, uyali telefonda gaplashayotganini aytganda amalga oshirildi. Kuper foydalangan telefon — agar uni shunday deb atash mumkin bo‘lsa, juda ajoyib 1,1 kg og‘irlikdagi va 228,6x127x44,4 mm o'lchamli apparat edi. Qurilmaning ushbu prototipi bilan sizda 30 daqiqa suhbatlashish imkoni bor edi va qayta quvvatlantirish uchun yana 10 soat vaqt kerak bo‘lar edi.
Dunyodagi birinchi mobil telefon ...

1983-yilda Motorola kompaniyasi Motorola DynaTAC 8000X deb nomlanuvchi o‘zining birinchi tijorat mobil telefonini sotuvga chiqardi. Telefonda 30 daqiqa suhbatlashish vaqti, olti soat batareya quvvati va 30 ta telefon raqamini saqlash mumkin edi. Shuningdek, uning dastlabki narxi 2 639 funt sterlingni (3 995 AQSh dollari) tashkil etdi.
Dastlabki mobil telefonlar aholining ehtiyojlarini qondirish uchun ishlab chiqilmagandi. Birgina mobil telefon xaridi uchun sizga ikki ming funt kerak bo'lardi, vaholanki, ilk telefonlarning texnik yaroqliligi ham unchalik yaxshi emasdi. O‘sha paytda uyali telefonlar Gordon Gekkoning (kinoqahramon, biznesmen) fikricha, katta kompaniyalar egasi va Konkord (ovoz tezligidan yuqori tezlikda harakatlanadigan somolyot)da uchadigan ishbilarmonlarga mo'ljallangan edi. Qisqasi, oddiy — “qora xalq” uchun emasdi.
90-yillarning boshlarida, Nokia va NEC raqobat bozorida muvaffaqiyatsizlikka uchradi. Ammo shunga qaramay, Nokia’ning ilk "qo'lda ishlaydigan" mobil telefoni Mobira Cityman 900 1989-yilda ishlab chiqarilgan va og'irligi atigi 800 grammni tashkil etgandi. Bu 1982-yilgi Mobira Senator’ning 9,8 kilogrammlik modeliga nisbatan ancha yaxshilangan model edi.
1990-1995-yillar mobil qurilmalar tarixida dizayn va texnik qulayliklarning o'sishi bilan ajralib turadi. Shuningdek, o‘sha yillari uyali telefonlar birinchi marta oddiy aholi qo'lida ham paydo bo'la boshladi. 90-yillarning oxiriga kelib esa quyidagi qo‘l telefonlari tufayli mobil qurilmalar tezda ommalasha boshladi...
MOTOROLA MICROTAC 9800X

Motorola MicroTAC ancha uzoq umr ko'rdi. U birinchi marta 1989-yilda paydo bo'lgan, ammo keyinchalik, 1994-yilda unga ba’zi o‘zgartirishlar kiritildi: analog telefondan GSM (raqamli uyali aloqa uchun global standart )ga mos keladigan telefonga o'tkazilgandi.
1996-yilga kelib, u "haqiqiy" mobil telefonlardan biri bo'lgan Motorola StarTACni omma e’tiboriga taqdim qildi.
MOTOROLA INTERNATIONAL 3200

Motorola International 3200 dunyodagi birinchi raqamli mobil telefon edi. StarTAC singari u ham GSM (raqamli uyali aloqa uchun global standart)da ishlardi. Shunga qaramasdan, u hech qachon sertifikatlanmagan, shuning uchun uni rasmiy ravishda mobil tarmoq bilan bog'lash mumkin.
Hozirgacha ba'zi kolleksionerlar arxivida saqlanayotgan telefon 900 MGs chastotali tarmoqda ishlaydi.
NOKIA 1011
Nokia 1011 dunyodagi birinchi seriyali mobil telefon edi. U 99 tagacha raqamni xotirasida saqlab qolishi mumkin. U 1992-yilning noyabridan sotuvga chiqarilgan.
Nokia 1011 SMS xabarlarni yuborish va qabul qilish imkoniyatiga ega bo'lgan va tarixdagi birinchi SMS xizmatini qo‘llab-quvvatlaydigan telefonga aylangandi.

BELSOUTH / IBM SIMON
IBM Simon IBM tomonidan yaratilgan va sensorli qurilmalarning ilk namunalaridan biri bo'lgan. Dastlab 1994-yilda sotuvga chiqarilgan IBM Simon bir yil ichida, taxminan 50 000 dona sotilgan.
Uning kamchiliklaridan biri batareyasining quvvati atigi bir soatga yetadi.

Nokia 8810

Nokia 8810 ishlab chiqaruvchilari tomonidan “har doim eng hashamatli telefon bo'lishi uchun” yaratilgan. 1996-yilda Nokia dunyodagi birinchi ichki antennani va 250 ta raqamni xotirasida saqlay olish qobiliyatini namoyon qildi.
Nokia 8810, shuningdek, “Matritsa” blokbasterida ishlatilgan telefon bo'lib, shu bois foydalanuvchilar orasida u “Matritsa telefon” nomi bilan ham mashhur.
NOKIA 9000

Nokia Communicator 9000 Intel 24 MHz 1386 protsessorida ishlaydigan va 8 MB tezkor xotiraga ega bo'lgan birinchi smartfon hisoblanadi. Bundan tashqari, uning vazni og'irroq ishlangan va to'liq QWERTY klaviaturasi bilan jihozlangan.
U elektron pochta orqali xabarlar jo'natishi, SMS xabarlar yuborishi va qo'ng'iroqlarni amalga oshirishi imkoniyatiga ega edi. Bu uchta funksiyani o‘zida birlashtira olish 90-yillarning o'rtalarida bu sohadagi har qanday raqibga qiyin bo'lgan.
Nokia Communicator Buyuk Britaniyada 1996-yili birinchi marta sotuvga chiqarilganida 1000 funt sterlingga tushgandi.
Nokia 6110

Nokia 6110 ARM protsessorida ishlaydigan birinchi uyali telefon edi. Shuningdek, Finlyandiya kompaniyasining 6xxx seriyali telefonlaridan biri edi.
Qurilma iste'mol bozoriga yo'naltirilgan bo‘lib, aloqa sifati ham yaxshilangan. Shuningdek, batareya quvvatining ishlash muddati oshgan.
Nokia 6110 xususiyatlari:
-Uchta o'yin: Xotira, Snake, Mantiq;
-Kalkulyator, soat va taqvim;
-Valyuta konvertori;
-Peyjer kabi ishlaydi;
-Profil sozlamalari;
-4 xil rang.
Motorola StarTAC

Star Trek’dan ilhomlanib yaratilgan bu telefon dunyodagi birinchi “ochilib-yopiladigan” telefon edi. Motorola uchun yana bir birinchilik!
Nokia 5110

1998-yil standartlari bo'yicha nozik ishlangan ajoyib batareya hamda “Snake” o‘yini ega bu telefon 90-yillar iste'molchilari uchun ajoyib sovg‘a edi.
Nokia 5110 xususiyatlari:
O‘lchamlari: 48x132x31 mm
Batareya: 900 mA/soat NiMH
Displey: 47x84 b/s
NOKIA 9110i

Nokia 9210i Nokia 9000 ning avlodi bo'lib, rangli TFT-displey, 32 bitli ARM protsessor va Symbian OS’ni o‘zida mujassam qilgan ilk namuna edi.
BlackBerry 850

BlackBerry 850 dastlabki BlackBerry markali telefon edi. Oradan 10 yil o'tgach, RIM (2013 yil 30 yanvargacha Research In Motion (RIM) deb nomlangan) sayyoradagi eng tez rivojlanayotgan kompaniya sifatida tan olinadi. 2010-yildan keyin ushbu kompaniya bilan nimalar bo'lganini esa barchamiz bilamiz.
Nokia 3310

Agar siz 90-yillarning oxirlarida maktabga borgan bo'lsangiz, hamma o'rtoqlaringizning telefoni, aynan Nokia 3310 bo‘lgani aniq. Hatto 2013-yilda ham ko'pchilik 3310 ni eng yaxshi mobil qurilmalardan biri deb hisoblashardi. Ko‘pchilik esa uni hatto “buzilmas telefon” deyishadi.
Samsung SGH-T100

Samsung o‘z mahsulotlari bilan dunyoni egallashidan oldin, Samsung SGH-T100
2002-yilda ishlab chiqarilgan faol matritsali, nozik tranzistorli va LCDdan foydalanilgan birinchi telefon apparati edi.
BlackBerry 5810

Uning ichiga o'rnatilgan maxsus karnayi yo'q edi, shuning uchun u telefon qo'ng'iroqlari uchun minigarnituradan foydalanishga to'g'ri kelardi. Ammo shunga qaramay, 2003-yili sotuvga chiqarilgan BlackBerry 5810 da elektron pochta va QWERTY klaviaturasi bor edi.
NOKIA 1100

2003-yilda ishlab chiqarilgan Nokia 1100 rekord darajada — 250 milliontadan ko‘p sotilgan va bu barcha davrlarning eng muvaffaqiyatli oldi-sotdisi boְlib qolgan.
Nokia 1100 boshqa Nokia telefonlarida mavjud bo‘lgan ko'plab qiziqarli funksiyalariga ega emasdi va bu xususiyat uni oddiy foydalanuvchilar uchun juda jozibador qilgan.
Nokia 1100 Nigeriya va Hindiston kabi rivojlanayotgan davlatlar uchun ishlab chiqilgan.
Ushbu telefonning 2005-yilda navbatdagi ishlab chiqarilishida milliardinchi Nokia 1100 sotildi.
NOKIA N-GAGE

Nokia N-GAGE dunyodagi birinchi "o'yin telefoni" edi. U Symbian (Nokia tomonidan tashkil etilgan kompaniyalar tomonidan ishlab chiqarilgan uyali telefonlar, smartfonlar va aloqa vositalari uchun operatsion tizim)da ishlaydigan va o'ziga xos dizaynga ega telefon edi.
Telefonda turli ilovalar va MP3 mavjud bo‘lib, bular uni haqiqiy ma'noda smartfonga aylantirardi.
2003-yildan 2005-yilgacha Nokia kompaniyasi ushbu qurilmaning uch millionga yaqinini sotdi.
PALM ONE TREO 600

TREO 600, ehtimol bir vaqtning o’zida turli amallarni bajarish imkoni borligi sababli ham dunyodagi birinchi smartfon edi. Masalan, siz unda qo'ng'iroq paytida taqvimni ham tekshirishingiz mumkin.
Motorola Razr V3

2004-2006-yillar oralig'ida Motorola 130 milliondan ortiq "zamonaviy" telefonlarini sotdi, bu esa tarixdagi eng ko'p sotilgan “ochilib-yopiluvchi” telefon bo'ldi.
BlackBerry 7270

Ilk Wi-Fi xizmatini taqdim qilgan BlackBerry telefoni bu BlackBerry 7270 edi
Nokia N95

2006-yilda ishlab chiqarilgan Texas Instruments 332 MHz protsessori va 160 MB operativ xotiraga ega haqiqiy smartfon. Shuningdek, u o‘zida 5 megapikselli kamera, Bluetooth va Wi-Fi xizmatlarini ham mujassamlaashtirgan edi.
LG Shine

LG Shine xususiyatlari (2007-yil):
O‘lchamlari: 99,8x50,6x13,8 mm
Og'irligi: 118 gr
Operatsion tizim: Java MIDP 2.0
Protsessor: ARM9 115 mHz
Xotira: 50 MB ichki microSD (TransFlash)
Batareya: 800 mA/soat Li-Ion
Displey: 240x320, 2,2 dyuymli displey, 262 ming rang, TFT LCD
Kamera: 2,0 megapikselli + avtofokus
Apple iPhone 3G

iPhone millionlab iste'molchilar orasida ilovalarini va sensorli ekranni ommalashtirdi. Qo‘l telefonlarini umumiy dizayn va bezatish uchun yangi imkoniyatlar eshigini ochdi.
IPhone 3G da ishlaydigan dastlabki telefon edi, ammo undan keyin hamma narsa yanada tezroq rivojlana boshladi.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!