$
12578.21 UZS
-79.98
160.31 UZS
-1.13
14633.49 UZS
-38.62
41° Kechasi 26°

25 mlndan 58 mln so‘mgacha - O‘zbekistondagi eng qimmat OTM

15:10 / 27.07.2019

O‘zbekistonda rivojlangan davlatlarning nufuzli OTM fililalari tashkil etilmoqda. Bu esa yurtimiz yoshlari uchun imkoniyatlar eshigini ochmoqda. Oʻzbekistondagi ayrim oliy taʼlim muassasalarida tahsil olish qanchaga tushishi haqida qisqacha sharh keltiriladi.

1.O‘zbekistonda 2019-yilda tashkil etilgan Akfa Universiteti 2019-2020-o‘quv yili uchun 200 nafar talabani o‘qishga qabul qiladi. Qiziqarli jihati shundaki, 100 nafar o‘zbekistonlik talabalar o‘qishga bepul qabul qilinsa, qolgan 100 nafari esa  to‘lov kontrakt asosida o‘qiydigan xorijliklardir. Universitetning 1 yillik to‘lov summasi 58 million so‘mni tashkil etmoqda. U O‘zbekistondagi eng qimmat OTM hisoblanadi.

2. 2018-yil 19-oktabr kuni Rossiya Federatsiyasi Prezidenti Vladimir Putinning Toshkentga tashrifi chog'ida Rossiya Federatsiyasi oliy ta'lim muassasalarining O'zbekiston Respublikasidagi filiallarini tashkil etish va ularning faoliyati to'g'risida hukumatlararo bitim va JIDU hamda MGIMO o'rtasida O'zbekiston Respublikasida MGIMO filialini tashkil etish to'g'risida bitim imzolandi. O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 2019-yil 11-fevraldagi Toshkent shahrida MGIMO filiali faoliyatini tashkil etish to‘g‘risidagi qarori amaliy samara berdi. Ta'lim bir nechta "Moskva" modullarini o'z ichiga oladi: bitta semestr - aspirantlar uchun va uch semestr - talabalar uchun. Bu o'zbekistonlik talabalarga MGIMOchilar oilasining a'zosi bo'lish imkoniyatini beradi. O‘quv yili uchun to’lov summasi esa 52 million 230 ming so‘mni tashkil etadi . 

3. Janubiy Koreyaning Inha universitetiga 1954-yil asos solingan bo'lib, ayni kunda ta'lim muassasasida 20 yo'nalishda 22 ming nafar talaba tahsil oladi. 2014-yil jahon miqyosida o'rganilgan ta'lim muassasalari orasida mazkur yo'nalishda eng ilg'or universitetlar yuztaligidan joy olgan. O'zbekiston Respublikasi prezidenti tomonidan 2014-yil 24-mart kuni "Toshkent shahrida Inha universitetini tashkil etish to'g'risida"gi qaror imzolangan.  Ta’lim muassasidagi ta’lim olish uchun 1 yillik to‘lov summasi 30 mln so‘mni tashkil etadi. 

4. Toshkent shahridagi xalqaro Vestminster universiteti (TXVU) 2002-yil 16-yanvar, London shahridagi Vestminster universiteti va O'zbekiston Respublikasi Prezidentining "UMID" jamg'armasi bilan hamkorlikda tashkil qilingan. TXVU Markaziy Osiyodagi xalqaro toifadagi akkreditatsiyadan o'tgan birinchi universitetdir. Unversitetda o‘qishning bir yillik  to‘lov summasi – 30 million so‘m.

5. 2007-yilning yanvar oyida O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov Singapur Respublikasi Prezidenti taklifiga binoan davlat tashrifi bilan ushbu mamlakatda bo'ldi. Tashrif chog'ida ikki tomonlarni qiziqtirgan dolzarb muammolar ko'rib chiqildi. Davlat tashrifidan keyin, 2007-yil 5-sentyabr O'zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori bilan "Toshkent shahrida Singapur menejmentni rivojlantirish instituti" tashkil etildi. Ta’lim muasasasida to’lov konrakt asosida bir yillik ta’lim summasi 28 million 800 ming so‘mni tashkil etadi.

6. Toshkent shahridagi Turin politexnika universiteti O'zbekiston Respublikasi prezidentining 2009-yil 27-aprel "Toshkent shahrida Turin politexnika universiteti faoliyatini tashkil etish to'g'risida"gi 1106-son qarori bilan tashkil etilgan.  Unversiteting to‘lov summasi 28 million 500 mingni tashkil etadi.Universitetning asosiy vazifasi avtomobilsozlik, mashinasozlik, elektrotexnika, energetika sanoati uchun Turin politexnika universitetida (Italiya Respublikasi) qabul qilingan ta'lim dasturlari va xalqaro talablarga, hamda O'zbekiston Respublikasining kadrlar tayyorlash milliy dasturi maqsad va vazifalariga mos keluvchi yuqori malakali mutaxassislar tayyorlashdir.

7. Poytaхtimizda maktabgacha ta’lim, koreys tili, shuningdek arхitektura va dizayn sohasida mutaхassislar tayyorlaydigan yangi oliy oʻquv yurti ochildi.

Prezident 2018-yil 2-iyuldagi “Toshkent shahrida Puchon universitetini tashkil etish toʻgʻrisida”gi qarorni imzoladi.

Ushbu oʻquv  yilida Universitet quyidagi ta’lim yoʻnalishlari boʻyicha qabulni amalga oshiradi:

•  maktabgacha ta’lim;
•  koreys tili;
•  arхitektura va dizayn

2019-2020-o‘quv yili uchun talablar qabul qilinadi va kontrakt summasi 28 mln 250 ming so‘mni tashkil etadi.

8. Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti bilan hamkorlikda faoliyat boshlagan AQSHning Webster universiteti  Master of Business Administration (MBA: Biznes boshqaruvi magistratura yoʻnalishi) oʻquv dasturi asosida “Loyihalarni boshqarish" yoʻnalishiga talabalarni qabul qiladi.

Oʻquv dasturi davomiyligi – 18 oy, 3 semestr. 

Oʻquv toʻlov-kontrakt qiymati bir semestr uchun 3 ming dollar. Taʼlim uchun umumiy toʻlov qiymati 9 ming dollar. Toʻlov Oʻzbekiston milliy valyutasi soʻmda amalga oshiriladi. Darsliklar va taʼlim jarayoni uchun zarur oʻquv materiallari uchun toʻlovlar qoʻshimcha tarzda amalga oshiriladi.

9. 2018-yil 24-iyul kuni Koreya Respublikasining investorlari bilan hamkorlikda Toshkent shahridagi Yodju Texnika instituti tashkil etildi.

Universitetda  quyidagi yo’nalishlar mavjud:

1.Arxitektura va shaharsozlik;

2.Fuqarolik qurilishi;

3.Muqobil energiya;

4.Biznesni boshqarish;

5.Turizm. Oliy ta’lim muassasasidagi kontrakt summasi esa 26 million so‘m. 

10. Prezident Shavkat Mirziyoyevning 2019-yil 7-yanvardagi “Toshkent shahrida Amiti universitetini tashkil etish to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq, Toshkent shahridagi Amiti universiteti o‘qish 2019-yil sentabr oyidan boshlanadi. Oliy ta’lim muassasasi axborot-kommunikatsiya texnologiyalari, jumladan, kompyuter va dasturiy injiniring, sun’iy intellekt va menejment sohalarida mutaxassislar tayyorlanadi.  Amiti universiteti filialida o‘qish narxi bakalavriyat uchun 3 ming dollar va magistrutura esa uchun 5 ming dollar etib belgilangan. 

Ma’lumot uchun: Amiti universiteti Hindistondagi yetakchi xususiy oliy ta’lim muassasalaridan biri hisoblanadi va unda 150 mingdan ziyod talabalar tahsil oladi. Ta’lim muassasasining bosh binosi Noida shahrida joylashgan bo‘lib, uning 11 ta shaharda kampuslari mavjud. Shuningdek, Nyu-York, London, Dubay, Singapur, Xitoy, JAR va jahonning boshqa shaharlarida filiallari faoliyat yuritadi.

Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti bilan hamkorlikda faoliyat boshlagan AQSHning Webster universiteti (Webster University, George Herbert Walker School of Business and Technology) Master of Business Administration (MBA: Biznes boshqaruvi magistratura yoʻnalishi) oʻquv dasturi asosida “Loyihalarni boshqarish" yoʻnalishiga talabalarni qabul qilish jarayoni boshlanganligini maʼlum qiladi. 

Oʻquv dasturi davomiyligi – 18 oy, 3 semestr. 

Oʻquv toʻlov-kontrakt qiymati bir semestr uchun 3 ming dollar.


Bu ham qiziq

Qabul-2025. 6-kun natijalari e’lon qilindi

Qabul-2025. 6-kun natijalari e’lon qilindi

Abituriyentlar natijalarni bir necha usulda bilishlari mumkin
21:52 / 20.07.2025
Toshkentda Tracker urib yuborgan piyoda voqea joyida vafot etdi

Toshkentda Tracker urib yuborgan piyoda voqea joyida vafot etdi

Mazkur holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB Tergov boshqarmasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 266-mo…
17:57 / 20.07.2025
Netanyaxu zaharlandi

Netanyaxu zaharlandi

Ma’lum qilinishicha, 20-iyulga o‘tar kechasi Netanyaxu o‘zini yomon his qila boshlagan.
10:18 / 21.07.2025
Aliyev: “Ukrainaliklar taslim bo‘lmasligi kerak”

Aliyev: “Ukrainaliklar taslim bo‘lmasligi kerak”

Uchrashuv davomida Ukraina va Rossiya o‘rtasidagi urushga to‘xtalib o‘tgan Aliyev, ukrainaliklarga “Hech qachon ishg‘olni qa…
15:19 / 21.07.2025
Isroil G‘azo sektorida yangi harbiy operatsiyaga tayyorlanmoqda

Isroil G‘azo sektorida yangi harbiy operatsiyaga tayyorlanmoqda

Hukumat tomonidan SAXAL jangchilariga yangi buyruq berilgan
20:50 / 20.07.2025
Surxondaryodagi vahshiy qotillik bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Surxondaryodagi vahshiy qotillik bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Holat viloyat prokuraturasi tomonidan nazorat ostiga olingan
18:30 / 21.07.2025
Toshkentda perekis vodorod sizib chiqishi aniqlandi

Toshkentda perekis vodorod sizib chiqishi aniqlandi

Bildirilishicha, hozirda holat yuzasidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.
09:25 / 21.07.2025
Moldova mahbuslar soni bo‘yicha Yevropada yetakchilardan biri

Moldova mahbuslar soni bo‘yicha Yevropada yetakchilardan biri

Ushbu ko‘rsatkich bo‘yicha mamlakat o‘rtachadan ham yuqori natijaga ega
19:21 / 21.07.2025
Namanganda mast erkak oila a’zolariga pichoq bilan tahdid qildi

Namanganda mast erkak oila a’zolariga pichoq bilan tahdid qildi

Hozirda fuqaro A.T.ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi MJTKning 183, 185 va 194-moddalari bilan hujjatlar rasmiylashtirilib…
17:44 / 21.07.2025
Toshkent viloyatida tabiatga qariyb 17 milliard so‘m zarar yetkazildi

Toshkent viloyatida tabiatga qariyb 17 milliard so‘m zarar yetkazildi

Toshkent viloyati Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi boshqarmasi hamda viloyat Ichki Ishlar boshqa…
16:45 / 21.07.2025

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!