Qo‘l terisini dezinfeksiyalovchi antiseptik vosita 99,9 foiz bakteriya va mikroblarni nobud qiladi. Uni nafaqat mikroblardan tozalash uchun balki ro‘zg‘orda bir qator muammolarni bartaraf etish uchun ham qo‘llash mumkin. Mana masalan...
1. Telefon ekranini tozalash uchun
Biologik test natijalariga ko‘ra, telefon ekranida bakteriyalar hojatxona unitazining suv haydagichidagi bakteriyalarga qaraganda 18 marta ko‘p bo‘lar ekan. Shu sabab kuniga hech bo‘lmasa bir marta ekranni ulardan tozalab turish kerak. Buning uchun ekranga vositadan sepiladi va yumshoq sochiqcha bilan artib chiqiladi. Suyuqlik bakteriyalardan tozalash bilan birga ekran ustidagi kir-chirlarni ham bartaraf etadi.
2. Husnbuzarlarga qarshi
Agar yuzingizga husnbuzar chiqqan bo‘lsa, uni antiseptik vosita bilan ketkazish mumkin. Suyuqlik husnbuzar ustiga surtiladi. U yallig‘lanishni olib, terini quritishi sabab husnbuzar tez yo‘qoladi. Biroq antiseptik tarkibida spirt bo‘lmasligi kerak.
3. Marker izini yo‘qotadi
Marker tarkibida spirt bo‘lgani sabab uning izi ketishi juda qiyin. Stol, devorlarda qolib ketgan marker izini antiseptik vositani surtish orqali ketkazish mumkin.
4. Ko‘zoynak shishasini tozalaydi
Agar ko‘zoynak taqib yurishga o‘rgangan bo‘lsangiz, shishadagi dog‘larni yo‘qotish uchun maxsus vosita xarid qilish shart emas. Antiseptik gel shishadagi har qanday dog‘ni yo‘qotadi.
5. Chivin chaqqanda
Chivin chaqqan joyga antiseptik vositadan sepib qo‘ysangiz, u qichimaydi. Tarkibida spirt bor suyuqlik biroz achitishi mumkin.
6. Makiyaj uchun
Makiyaj kistochkasini sovunlab yuvgach, uni bakteriyalardan tozalash uchun biroz antiseptik geldan sepish mumkin. Keyin qurushi kutiladi. Ana endi kistochkani teringizga qo‘rqmasdan ishlatishingiz mumkin.
7. Yog‘li dog‘larga qarshi
Agar futbolkangizga yog‘li dog‘ tegib qolsa, muammoni antiseptik vosita yordamida hal qilish mumkin. Suyuqlik dog‘ ustiga sepiladi va qurigunicha kutiladi. Tarkibida spirti bor suyuqliklardan foydalanmaslik tavsiya etiladi.
8. Mashina yon oynalari uchun
Oynalar mashinaning eng tez kir bo‘luvchi qismi sanaladi. Uni yoningizdagi antiseptik gel yordamida yarqiratishingiz mumkin. Spirtli antiseptik suyuqlik oynani sovuq kunda par qoplanishining oldini oladi.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!