$
12149.84 UZS
7.74
151.10 UZS
0.57
14003.91 UZS
-76.07
31° Kechasi 18°

Sayyohlar qani? Xitoyning sayyohlarsiz go‘zalligi

09:46 / 11.12.2019

Xitoyning sayyohlik maskanlari eng tig‘iz metro vagonlaridan ham gavjum bo‘lishi mumkin. Bularning hammasi ko‘p sonli aholi bog‘liq. Masalan, Xitoyning janubida yangi shisha ko‘prik ochildi, ammo u cheksiz sayyohlar oqimi tufayli allaqachon yopildi. Sababi rasmiylar shunchaki yukka bardosh berolmaydi, deb qo‘rqishadi.

Shu bilan birga, mamlakatning chekka hududlari borki, u yerda birorta ham tirik jonni ko‘rmaysiz. Quyidagi suratlar Xitoyning shimoli-g‘arbiy qismidagi Gobi sahrosi vohasida, Dunxuan kabi ajoyib manzarali joylarda va Sichuanning chekka hududlaridagi qo‘riqlanadigan tabiat bog‘i – Szyuchjaygouda olingan. Peyzajlar har xil, ammo ularni yolg‘izlik va tinchlik kabi xususiyatlar birlashtiradi.

Yunan viloyati, Yuanyang okrugidagi Laohuszuy guruch dalalari. Bu joy YUNESKOning Butunjahon merosi obyektlari ro‘yxatiga kiritilgan. Guruch maydonlari Xan xalqi tomonidan bir necha ming yillar davomida yetishtirib kelinadi.

Bir paytlar Buyuk Ipak yo‘lining bir qismi bo‘lgan Dunhuan shahri yaqinidagi Gobi cho‘lida yolg‘iz sayohatchi

Sinszyan-Uyg‘ur muxtor okrugining ko‘chmanchi xalqi tomonidan Muztagata tog‘i va Qorako‘l yonidagi mahalliy uy.

Bambukdan tayyorlangan qayiq Xitoy janubidagi Li daryosida suzmoqda.

Xuanshan tog‘laridagi yog‘och ko‘prik. 

Xitoyning Sinszyan-Uyg‘ur avtonom viloyati, Tyan-Shan tog‘ining shimoliy yonbag‘ridagi ulkan Kuytun kanyoni.

Shilin-Iy avtonom okrugining janubi-g‘arbida alpinistlar tog‘ cho‘qqisiga ko‘tarilmoqda.

An’anaviy hayot tarzi bilan tanilgan Fuszyan janubi-sharqidagi mintaqa – Syapu shahridagi qirg‘oqlar. Uning ko‘plab aholisi o‘zlarini oziq-ovqat bilan ta’minlash uchun baliq ovlaydilar.

Sinszyan-Uyg‘ur avtonom viloyatining shimoliy chegarasidagi Xemu qishlog‘ida kuzgi go‘zallik. U yerda ko‘pchilik qadimgi hayot tarzida kun kechiradi.

Dechen-Tibet avtonom viloyatidagi Yanszi irmog‘ining suvlari kuchli yomg‘ir tufayli ko‘tariladi.

Cho‘pon mavsumiy ko‘chib yurish paytida Sinszyan-Uyg‘ur avtonom viloyatidagi Oltoy yaylovidan o‘tmoqda. U yerdagilar qish kelguncha tog‘ga chiqib ketadilar.

Baliqchi an’anaviy kiyimda Li daryosiga to‘r tashlamoqda. Uning yonida baliq ovlashga yordam beruvchi qush o‘tiribdi.

Baychen okrugida qizil qalampir yig‘im-terimdan keyin quritishga tayyorlanadi. Bu juda olis va etnik jihatdan farq qiladigan joylar hisoblanadi.

Szyuchjaygou qo‘riqxonasidagi “Pavlina ko‘li” deb ataladigan besh gulli ko‘l. Ko‘l tubidagi kristallar tabiiy ravishda atrofdagi landshaftning yorqin ranglarini aks ettiradi.

Dunxuan vohasidagi Yueyasuan ko‘li (“o‘sib boruvchi ko‘l”) ikki ming yildan oshiq vaqtdan beri mavjud bo‘lib, buloqdan suv ichadi.

Dansya Milliy dala-bog‘lari qumtosh va cho‘kindi jinslariga ega rang-barang tog‘lari bilan mashhur.

Bug‘ poyezdi ichki Mo‘g‘ulistonning Ulanchab va Tunlyao shaharlarini bog‘laydigan temiryo‘l orqali qatnaydi.

Szyuchjaygou qo‘riqxonasidagi marvarid sharsharasi eng go‘zal joylardan biri bo‘lib, u yerdan ko‘pincha filmlar va televizion tomoshalarni suratga olishda foydalaniladi.

Xitoyning Xebey provinsiyasi shimoli-g‘arbidagi Bashan platosida mo‘g‘ul cho‘poni.

Xubey viloyatidagi Grand Enshi kanyoni.

Xitoyning Szyansi provinsiyasi Geszaoshan tog‘idagi Voyun ibodatxonasi.


Bu ham qiziq

170 dan ortiq o‘zbekistonlik Umradan qayta olmayapti

170 dan ortiq o‘zbekistonlik Umradan qayta olmayapti

Saudiya Arabistoniga Umra ziyorati uchun borgan 170 dan ortiq fuqaro O‘zbekistonga qayta olmagan.
16:47 / 05.04.2026
Qoraqalpog‘istonda “Media haftalik”ning ilk bosqichi yakunlandi

Qoraqalpog‘istonda “Media haftalik”ning ilk bosqichi yakunlandi

So‘nggi besh kun mobaynida Qoraqalpog‘iston Respublikasi mamlakatimiz axborot makonining tom ma’nodagi qaynoq markaziga — o‘…
12:53 / 04.04.2026
“Eron seni va sening askarlaringni to‘g‘ridan-to‘g‘ri jahannam qa’riga yuboradi” – Ibrohim Aziziy

“Eron seni va sening askarlaringni to‘g‘ridan-to‘g‘ri jahannam qa’riga yuboradi” – Ibrohim Aziziy

Eron parlamentining milliy xavfsizlik va tashqi siyosat qo‘mitasi rahbari Ibrohim Aziziy Trampning so‘zlariga javoban X ijti…
14:34 / 05.04.2026
3-aprel uchun ob-havo ma’lumoti

3-aprel uchun ob-havo ma’lumoti

Toshkent shahrida havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 3-8 m/s tezlikda esadi. Harorat kec…
16:11 / 02.04.2026
Xitoyda yangi virus tarqaldi

Xitoyda yangi virus tarqaldi

Reuters xabariga ko‘ra, Xitoyda ilgari uchramagan yangi turdagi yashur kasalligi, ya’ni chorva orasida tez yuqadigan virus a…
11:24 / 03.04.2026
PPX xodimiga musht tushirgan erkak hibsda qoldirildi

PPX xodimiga musht tushirgan erkak hibsda qoldirildi

Unga nisbatan qamoqqa olish ehtiyot chorasi o‘zgarishsiz qoldirildi.
11:40 / 04.04.2026
Bank xodimi mijozni o‘ldirib, jasadni kanalga tashlab yubordi

Bank xodimi mijozni o‘ldirib, jasadni kanalga tashlab yubordi

Qo‘qon shahridagi banklardan birining kredit bo‘limi mutaxassisi A.T. gumonlanuvchi sifatida qo‘lga olinganini ma’lum qildi.…
10:43 / 03.04.2026
Toshkentda bank eksperti 10 ming dollar bilan ushlandi

Toshkentda bank eksperti 10 ming dollar bilan ushlandi

Hozirda unga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
09:28 / 04.04.2026
Tojikistondagi zilzila O‘zbekistonda ham sezildi

Tojikistondagi zilzila O‘zbekistonda ham sezildi

O‘zbekiston Respublikasi hududida sezilish kuchi:
15:36 / 03.04.2026
Kichik halqa yo‘lida (KHAY) ta’mirlash ishlarining uchinchi bosqichi boshlandi

Kichik halqa yo‘lida (KHAY) ta’mirlash ishlarining uchinchi bosqichi boshlandi

Shu sababli ayrim ko‘chalarda transportlar harakati vaqtincha cheklandi.
10:28 / 04.04.2026

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!