Ilk bor London so‘zini eshitganingizda xayolingizga Big–Ben, Tauer ko‘prigi yoki afsonaviy telefon shaxobchalari kelishi mumkin. Shunga qarmasdan, shaharda muntazam sayr qiluvchi ikki qavatli qizil avtobusni eslamasdan iloj yo‘q. Nega bu transport turi qizil rangda va ikki qavatdan iboratligini bilish barchaga qiziq bo‘lsa kerak.

Sir emaski, har qanday ulkan shaharlarning aholisi ham ko‘p bo‘ladi. Bundan ko‘rinib turibdiki, u yerlik insonlarning qatnash tartibi ham kam emas. London ham mana shunday yirik shaharlar ro‘yxatidan munosib o‘rin olgan. Bu masalaga yechim topish maqsadida, XIX asrning 20–yillariga kelib mutaxsassislar tomonidan “Omnibus” (ilk avtobus rusumi) yo‘lga qo‘yilgan. Dastlab ular otlarning mashaqqatli kuchi yordamida yo‘lovchi tashishgan bo‘lsa, keyinchalik “omnibus” relslar yordamida harakatlanib, rivojlana boshlagan.

Ammo Buyuk Britaniya aholisining soni aqlbovar qilmas darajada o‘saverar edi. Bu statistika esa soha mutaxassislarini o‘ylantirdi. Shundan keyin 1847–yilga kelib, ikki qavatli avtobus joriy etish o‘ylab topildi va yo‘lga qo‘yildi. Lekin bu transportda harakatlanish juda noqulay edi. Oradan 5 yil o‘tgach avtobusda yo‘lovchilar uchun qulay sharoitlar yaratildi. “Omnibus” esa o‘z nomi va shaklini saqlab qoldi.

Hammaga ma’lumki, o‘sha mashhur “dabldeker” “Routemaster” deb ataladi. Tarjima qilganda bu so‘z “yo‘l boshlig‘i“ degan ma’noni anglatadi. O‘z o‘rnida bu ma’lumot to‘g‘ridek, albatta. Qizil rang esa aynan, yomg‘ir–qor mavsumlarida ko‘zga tashlanib turish maqsadida tanlangan. Ma’lumki, Londonda salqin ob–havo sharoiti ko‘p uchraydi, bu esa avtobusda harakatlanuvchi aholiga ham qulaylik yaratadi.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!