$
12456.25 UZS
45.26
158.36 UZS
-0.02
14461.71 UZS
223.82
38° Kechasi 23°

Koreys tilini o‘rganishni nimadan boshlash kerak?

14:35 / 06.01.2020

So‘nggi vaqtlarda o‘zbekistonliklar orasida koreys tilini o‘rganishga bo‘lgan qiziqish kuchayib bormoqda. Quyida boshlang‘ich darajada o‘rganish niyatida bo‘lganlarga maslahat beramiz:

1.  Ishni Hangul (Koreys alifbosi)dan boshlang. 
Agar koreys tilida gaplashishni o‘rganayotgan bo‘lsangiz, keyinchalik o‘qish va yozish ham kerak bo‘ladi, desangiz alifboni o‘rganing. U 24 ta harf (14 ta undosh, 10 ta unli)dan tashkil topgan. Agar 16 ta diftongni ham qo‘shsak, jami 40 ta bo‘ladi. 
2.  Sanashni o‘rganing.
Sanashni bilish har qanday tilni o‘rganishdagi asosiy ko‘nikma hisoblanadi. Koreys tilida sanash biroz murakkab bo‘lishi mumkin, chunki koreyslar vaziyatga qarab 2 xil sanoq tizimidan foydalanadi. 
Odamning yoshini aytish uchun yoki narsalarning miqdorini ko‘rsatish uchun (1 dan 99 gacha) koreys sanoq tizimidan foydalaning:
1-  하나 hana
2-  둘 tul
3-  셋 se(t)
4-  넷 ne(t)
5-  다섯 taso(t)
6-  여섯 yoso(t)
7-  일곱 ilgob
8-  여덟 yodolb
9-  아홉 ahob
10-  열 yol
Sanalarni aytish, pul miqdori, manzil, telefon raqami va 100 dan yuqori miqdor uchun sino-koreys sanoq tizimidan foydalaniladi:
1-  일 il
2-  이 i
3-  삼 sam
4-  사 sa
5-  오 o
6-  육 yug
7-  칠 chil
8-  팔 pal
9-  구 ku
10-  십 sib

Fransuz tilini o‘rganayotganlar uchun: Qaysi kitobni o‘qigan ma’qul?

3.  Oddiy so‘zlarni yodlang.
So‘z boyligingiz qanchalik ko‘p bo‘lsa, o‘rganish jarayoni keyinchalik oson kechadi. Har kuni ishlatiladigan so‘zlarni yodlab oling. O‘zbek tilida ko‘p ishlatadigan so‘zlaringizni koreys tilida ham miyangizda takrorlang, agar u so‘zni bilmasangiz, tarjimasini topib, yozib qo‘ying. Biroz vaqtdan keyin uni yana o‘qib yodlab oling. Bunday so‘zlar uchun alohida daftar tutsa ham bo‘ladi.
Uyingizdagi buyumlarning chetiga shu narsaning koreyscha nomini yozib, yopishtirib qo‘ying. Masalan, oynaga, qahva va shakar idishiga.

4.  Oddiy suhbatda ishlatiladigan so‘z va iboralarni o‘rganing.
Salomlashish, hol-ahvol so‘rash, xayrlashish iboralarini o‘rganib olsangiz, koreyslarni uchratib qolganingizda oddiy darajadagi suhbatga kirishishingiz oson bo‘ladi. Quyida ulardan bir qanchasini keltiramiz:
Salom – 안녕 – anyong, kattalarga esa anyong-haseyo
Ha – 네 – ne
Yo‘q – 아니요 – aniyo
Rahmat – 감사합니다 – kamsahamnida
Mening ismim … – 저는 ___ 입니다 – joneun ____imnida
Ahvollaringiz qalay? – 어떠십니까? – Ottosibnikka
Tanishganimdan xursandman – 만나서 반가워요 – mannaso bangauoyo
Xayr (siz ketib, boshqalar qolayotgan bo‘lsa) – 안녕히 계세요 – annyongi khesayo
Xayr (boshqalar ketib, siz qolayotgan bo‘lsangiz, yoki ikkovingiz ham ketayotgan bo‘lsangiz) – 안녕히 가세요 – annyongi kaseyo.

So‘z boyligini oshirib, chiroyli gapirishga yordam beradigan layfxaklar

5.  Sensirash va sizlashga doir so‘zlarni ajratib oling.
Xuddi o‘zbek tilida bo‘lgani kabi birinchi marta tanishgan yoki o‘zingizdan katta odamga hurmat yuzasidan qilinadigan murojaat va o‘rtoqlaringiz bilan o‘zaro gaplashganda ishlatiladigan so‘zlar farq qiladi. Bizda faqat sensirash va sizlash kabi ikkita tur bo‘lsa, koreys tilida uchta:
Norasmiy (sensirash) – o‘zingizdan kichkina yoki tengdoshlar, yaqin o‘rtoqlar uchun;
Rasmiy (sizlash) – yoshi sizdan katta, notanish odam yoki hamkasbingiz uchun;
Hurmat – juda ham rasmiy vaziyatlar, masalan, armiya yoki yangiliklar uchun. Har kunlik nutqda kam ishlatiladi. 

6.  Asosiy so‘zlarni o‘rgangach, gap tuzishni (asosiy grammatikani) mashq qiling.
Koreys tilida to‘g‘ri gapirish uchun grammatikani o‘rganish kerak. O‘zbekzabonlar uchun bu jarayon bir muncha oson bo‘ladi. Chunki xuddi o‘zbek tilidagi kabi koreys tilida ham kesim gapning oxirida keladi. Ega – to‘ldiruvchi – kesim.
Yana o‘zbek tiliga o‘xshash bir jihati bu – gapda ba’zan eganing tushib qolishi. Biz ham “Darslarimni qilib bo‘ldim” yoki “Uyqim kelyapti” deganda egani (“Men” so‘zini) tushirib qoldiramiz-ku.

“Ingliz tilida nima o‘qisam ekan?” – Boshlang‘ich darajadagilar uchun qiziqarli kitoblar

7.  Talaffuzingiz ustida ishlang.
Sizni to‘g‘ri tushunishlari uchun so‘zlarni to‘g‘ri talaffuz qilishingiz kerak. Lug‘atlarda beriladigan talaffuz belgilari siz bilgan harflardan biroz farq qilishini e’tibordan qochirmang.

8.  Koreys tilini o‘rgatadigan kurslarga yoziling.
O‘zbekistonda KOICA markazi koreys tilidan bepul darslar taqdim qiladi. Yoki o‘quv markazlaridan ham bir qancha yaxshi ustozlarni topishingiz mumkin. O‘qituvchi bilan o‘rganish tez va osonroq kechishi mumkin.

Chet tilini o‘rgatadigan bepul mobil ilovalar

9.  Koreyscha multfilmlar ko‘ring.
Multfilmlar yosh bolalarga mo‘ljallangani uchun qiyin jumlalar ishlatilmaydi. Qolaversa, so‘zlar qanday talaffuz qilinishi, qanday kontekstda ishlatilishini ham o‘rganasiz.

10.   Koreyscha qo‘shiq tinglang.
Hozirgi kunda ko‘plab qo‘shiqlarning matni va tarjimasini internetdan topsa bo‘ladi. Koreys tilida qulog‘ingizga yoqqan qo‘shiqni tanlab, matni bilan birga eshiting. Shunda qaysi so‘zni talaffuz qilayotganini bilasiz. Qolaversa, ma’nosini ham tushunasiz. Yodlab olib, qo‘shilib aytsangiz, nur ustiga a’lo nur.


Bu ham qiziq

O‘zbekistonda kuryerlik faoliyatini amalga oshirish tartibi belgilandi

O‘zbekistonda kuryerlik faoliyatini amalga oshirish tartibi belgilandi

“Elektron tijoratda kuryerlik xizmati faoliyatini amalga oshirish tartibi to‘g‘risida”gi nizom Adliya vazirligida davlat ro‘…
12:25 / 23.06.2025
O‘zbekiston Barqaror rivojlanish hisoboti reytingida 19 pog‘ona ko‘tarildi

O‘zbekiston Barqaror rivojlanish hisoboti reytingida 19 pog‘ona ko‘tarildi

“Barqaror rivojlanish yechimlari tarmog‘i” xalqaro tashkiloti tomonidan 2025-yil uchun e’lon qilingan Barqaror rivojlanish h…
12:27 / 25.06.2025
Klublar o‘rtasidagi JCh. Messi boshchiligidagi “Inter Mayami” pley-offga yo‘l oldi

Klublar o‘rtasidagi JCh. Messi boshchiligidagi “Inter Mayami” pley-offga yo‘l oldi

Ushbu bellashuvlardan keyin “A” guruhida “Inter Mayami” va “Palmeyras” bir xil 5 ochko to‘plagan holda keyingi bosqichga yo‘…
09:45 / 24.06.2025
Toshkent viloyatida kadastr xodimi pora bilan qo‘lga olindi

Toshkent viloyatida kadastr xodimi pora bilan qo‘lga olindi

Hozirda unga nisbatan Jinoyat Kodeksining 168-moddasi 3-qismi “v” bandi va 28,211-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘a…
11:54 / 23.06.2025
Sirdaryoda kanaldan 59 yoshli erkakning jasadi topildi

Sirdaryoda kanaldan 59 yoshli erkakning jasadi topildi

Bu haqda viloyat FVB xabar berdi.
14:55 / 24.06.2025
Hunnu Air tomonidan O‘zbekistonga to‘g‘ridan‑to‘g‘ri parvozlar yo‘lga qo‘yiladi

Hunnu Air tomonidan O‘zbekistonga to‘g‘ridan‑to‘g‘ri parvozlar yo‘lga qo‘yiladi

Bu haqda Transport vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.
17:14 / 23.06.2025
Shvetsiya o‘zbekistonliklarni qurilish, logistika, tibbiy xizmatlar bo‘yicha ishga qabul qiladi

Shvetsiya o‘zbekistonliklarni qurilish, logistika, tibbiy xizmatlar bo‘yicha ishga qabul qiladi

Bu haqda Migratsiya agentligi matbuot xizmati xabar berdi.
10:49 / 25.06.2025
Damashqdagi cherkovda uyushtirilgan teraktda 20 kishi halok bo‘ldi

Damashqdagi cherkovda uyushtirilgan teraktda 20 kishi halok bo‘ldi

“Suriya poytaxti Damashqning sharqiy qismida joylashgan avliyo Pavel cherkovida portlash sodir bo‘ldi”, –  deb xabar bermoqd…
10:23 / 23.06.2025
Mo‘g‘ulistonda Mirziyoyevni rasmiy kutib olish marosimi bo‘lib o‘tdi

Mo‘g‘ulistonda Mirziyoyevni rasmiy kutib olish marosimi bo‘lib o‘tdi

Davlatimiz rahbarining Mo‘g‘ilistonga davlat tashrifi davom etmoqda.
17:17 / 24.06.2025
Toshkentda 11 yoshli qiz tok urishi oqibatida vafot etdi

Toshkentda 11 yoshli qiz tok urishi oqibatida vafot etdi

Xabarlar yuzasidan Toshkent shahar IIB quyidagilarni ma’lum qildi.
16:26 / 23.06.2025

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!