$
12198.28 UZS
-30.3
156.57 UZS
0.61
14241.49 UZS
-41.49
31° Kechasi 18°

Farzandingiz xavfsizligi uchun bilishingiz lozim bo‘lgan qoidalar

17:17 / 18.10.2019

Har bir ota-ona farzandining baxt-u saodati va farovonligi haqida qayg‘uradi. Ayniqsa, farzand hali kichkina bo‘lsa va o‘z-o‘ziga g‘amxo‘rlik qila olmasa. Bunday holda bolaga notanish odamlar bilan qanday munosabatda bo‘lish, eshikni begonalarga ochmaslik, kim bilan do‘st bo‘lish kerag-u yana kim bilan bo‘lmaslikni tushuntirish kerak.

Quyida bolalarni himoya qilish va ko‘plab noxush holatlardan saqlanishga yordam beradigan 11ta xavfsizlik qoidalari bilan tanishing.

Yolg‘iz qoldirmang

Bolalar va kattalar uchun eng yaxshi qoida. Har doim biror joyga yolg‘iz borish kerak bo‘lgan vaziyatlardan qochishga harakat qilish lozim.

Qutqaruv xizmatlari

Farzandingiz politsiyadan tortib gaz xizmatiga qadar barcha qutqaruv xizmatlarining raqamlarini yoddan bilishi kerak. Kerak bo‘lsa, ularga uyali telefon orqali qanday qo‘ng‘iroq qilishni tushuntirib qo‘ying.

Jamoat joylaridagi xavfsizlik

Farzandingiz bilan gavjum joyga borishingizdan oldin (masalan, katta savdo markazi yoki festival), uni rasmga tushirib oling. Agar bolangiz biror joyda yo‘qolib qolsa, qo‘lingizdagi surat uni topishda yordam beradi.

Ehtiyotkorlik

Bola uyda yolg‘iz qolganda har qanday holatda ham begonalarga eshikni ochmasligi kerakligini bilishi lozim. Siz, hatto eshikni taqqillatishda parol qo‘yib olishingiz ham mumkin. Faqat buni siz va farzandingiz bilsin.

Xabardor qilish

Bolangiz qaysi yoshda bo‘lishidan qat’iy nazar, kim bilan yurgani, qayerga va nima uchun borishini bilishingiz kerak. Ammo bu haqda bosim yoki qattiqqo‘llik bilan so‘rash uni tushkunlikka tushirishi mumkin. Oilada ishonchli munosabatlarni o‘rnatish zarur. Shunda bolaning o‘zi sizga rejalari haqida aytib beradi.

Parollarni qo‘llang

Faqat oila a’zolaringiz biladigan parol yarating. Agar biror notanish odam (masalan, maktabda) yoniga kelib, u “sizni nomingizdan” gapirgan bo‘lsa, unga kalit jumlani aytib berishini iltimos qiling.

Begona odam

Yana bir bor begonalar mavzusiga qaytamiz. Farzandingizga notanish odamlar bilan aloqa qilish qat’iyan taqiqlanganligini tushuntiring. Ayniqsa, ular biror joyga borish yoki mashinaga o‘tirishni taklif qilganda. Bunday hollarda, bola darhol qochib ketishi yoki yordam chaqirishi kerak.

Shaxsiy ma’lumotlar

Farzandingizga aloqa raqamlari va uy manzilingizni o‘rgating. U bularni yaxshi bilishi, kerak bo‘lsa, politsiyani xabardor qilish imkoniyatiga ega bo‘lishi kerak. 

Ijtimoiy tarmoqlarda o‘zini tutish qoidalari

Hisobni buzish va shaxsiy ma’lumotlarni o‘g‘irlash xavfidan omon qolish uchun bolangizga internetda o‘zini qanday tutishi kerakligini tushuntiring. Asosiy qoidalar: parol o‘rnatish, begona odamlarga maxfiy ma’lumotlarni oshkor qilmaslik, xavfli saytlarga tashrif buyurmaslik va antivirus dasturlaridan foydalanishini tushuntiring.

Rad etish imkoniyatiga egaligini ayting

Ko‘pincha, hatto kattalar ham kimnidir iltimosini rad eta olmasligidan azob chekishadi. Agar biror narsani xohlamasa, “yo‘q”, deb aytishi mumkinligini bolaga tushuntiring.

Notanishlardan hech narsa olmasligini uqtiring

Bu har bir bola bilishi kerak bo‘lgan “oltin” qoida. Hech qachon begonalardan narsa olmasin, hatto jozibali va qimmat sovg‘a bo‘lsa ham.


Bu ham qiziq

Qalbaki hujjatlar orqali 2 mlrd so‘m QQSni qaytarish sxemasi fosh etildi

Qalbaki hujjatlar orqali 2 mlrd so‘m QQSni qaytarish sxemasi fosh etildi

Davlat xavfsizlik xizmatining Navoiy, Toshkent va Andijon viloyatlari bo‘yicha boshqarmalari hamda Iqtisodiy jinoyatlarga qa…
11:25 / 08.04.2026
Saida Mirziyoyeva АQSh savdo vakili bilan uchrashdi

Saida Mirziyoyeva АQSh savdo vakili bilan uchrashdi

"O‘zbekistonning Jahon savdo tashkilotiga a’zo bo‘lish yo‘lidagi intilishlarini qo‘llab-quvvatlagani uchun elchi janoblariga…
15:03 / 08.04.2026
Toshkentda bolalarga noqonuniy diniy ta’lim berib kelayotganlar ushlandi

Toshkentda bolalarga noqonuniy diniy ta’lim berib kelayotganlar ushlandi

Tekshiruv jarayonida 49 dona turli diniy mazmundagi kitoblar, 24 dona diniy darsliklar yozilgan daftarlar hamda 1 dona noutb…
15:53 / 08.04.2026
Saida Mirziyoyeva АQSh Xalqaro moliyaviy taraqqiyot korporatsiyasi (DFC) bosh direktori bilan uchrashdi

Saida Mirziyoyeva АQSh Xalqaro moliyaviy taraqqiyot korporatsiyasi (DFC) bosh direktori bilan uchrashdi

“АQSh Xalqaro moliyaviy taraqqiyot korporatsiyasi (DFC) bosh direktori Ben Blek bilan uchrashuv o‘tkazdik”, – deb yozgan Sai…
10:55 / 08.04.2026
Samarqandda 1-sinf o‘quvchilarini kaltaklagan ayol sudga berildi

Samarqandda 1-sinf o‘quvchilarini kaltaklagan ayol sudga berildi

Samarqanddagi maktabda ayol 1-sinf o‘quvchilarini urgani yuzasidan ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirilib, qonuniy qaror qabul…
12:59 / 10.04.2026
Saida Mirziyoyeva Marko Rubio bilan uchrashdi

Saida Mirziyoyeva Marko Rubio bilan uchrashdi

"Strategik sherikligimizni yanada rivojlantirishga qo‘shayotgan katta hissasi uchun janob Davlat kotibiga o‘z minnatdorligim…
09:17 / 08.04.2026
Shavkat Mirziyoyev Amir temur haykali poyiga gulchambar qo‘ydi

Shavkat Mirziyoyev Amir temur haykali poyiga gulchambar qo‘ydi

Shavkat Mirziyoyev Toshkent shahridagi Amir Temur xiyoboniga tashrif buyurib, buyuk sarkarda va davlat arbobi Amir Temur hay…
14:21 / 09.04.2026
Yashirin dori ombori fosh etildi

Yashirin dori ombori fosh etildi

Sifati kafolatlanmagan va noqonuniy aylanmaga kiritilgan dori vositalari inson salomatligi uchun jiddiy xavf tug‘dirishi, da…
11:10 / 10.04.2026
10-aprel kungi ob-havo ma’lumoti

10-aprel kungi ob-havo ma’lumoti

Toshkent shahrida havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 3-8 m/s tezlikda esadi. Harorat kec…
17:42 / 09.04.2026
Toshkentda qimorxona tashkil qilgan shaxsga jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Toshkentda qimorxona tashkil qilgan shaxsga jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

1998-yilda tug‘ilgan shaxs Toshkent shahar Olmazor tumani Dilsaroy ko‘chasida joylashgan xonadonlarning birida tavakkalchili…
17:06 / 10.04.2026

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!