Ichki ishlar vazirligi ma’lum qilishicha, Toshkent shahar Olmazor tumanida o‘tkazilgan tezkor tadbirda qimorxona faoliyatiga chek qo‘yilgan. Ma’lum bo‘lishicha, 1998-yilda tug‘ilgan shaxs Toshkent shahar Olmazor tumani Dilsaroy ko‘chasida joylashgan xonadonlarning birida tavakkalchilikka asoslangan o‘yinlarni qonunga xilof ravishda tashkil etgan. Shuningdek, qimor o‘ynovchilarga sharoit yaratib berganligi aniqlangan. Tezkor tadbir davomida voqea joyidan pullar, rezina tayoq, o‘yin kartalari dalili ashyo sifatida olingan.
Bildirilishicha, holat yuzasidan Jinoyat Kodeksining 278-moddasi (qimor va tavakkalchilikka asoslangan boshqa o‘yinlarni tashkil etish hamda o‘tkazish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!