$
12149.84 UZS
7.74
151.10 UZS
0.57
14003.91 UZS
-76.07
31° Kechasi 18°

Bu yil kuz qanday tugadi va qish qanday boshlanadi?

00:53 / 23.11.2019

Kuz fasli poyoniga yetib qoldi. Kechagi kungacha o‘tgan kuz davrini noodatiy quruq davr deb ta’riflasak bo‘ladi. Deyarli butun kuz — sentabr, oktabr va noyabr oyining katta qismida O‘zbekiston bo‘yicha kam bulutli, quruq va shamolsiz ob-havo kuzatildi. Faqat ayrim kunlarda ba’zi joylarga yomg‘ir yog‘di. Ular asosan kuchsiz va qisqa muddatli bo‘ldi.


Bu yildagi kabi quruq kuz juda kam kuzatiladi

“O‘zgirdomet” matbuot xizmatining xabar qilishicha oxirgi 20 yil ichida 2002 va 2007-yillarning kuz fasllari ham quruq bo‘lgan, 2013-yil kuz esa bu yilga o‘xshash bo‘lgan.
Harorat ko‘rsatkichlari bo‘yicha bu yilgi sentabr, oktabr oylari asosan iliqroq, ayrim joylarda meyordan iliqroq, noyabr oyida esa odatdagidan sovuq bo‘ldi.


Havo keskin o‘zgardi

Kechadan boshlab havo keskin o‘zgardi. Respublika hududining katta qismida, shimoliy tumanlardan tashqari, yog‘ayotgan yomg‘ir qorga aylandi. Tog‘li hududlarda bu yilgi mavsumdagi birinchi qor qoplami hosil bo‘ldi.
Havo harorati kechasi 0-3 daraja sovuq, kunduzi 0-3 daraja iliqqacha pasaydi.


Ayrim viloyatlarda harorat pastlab ketdi

O‘zbekistonning shimoli — Qoraqalpog‘iston, Xorazm viloyati va Navoiy viloyatining shimolida tungi harorat 12-15 daraja sovuqqacha, kunduzi 2-7 daraja sovuqqacha tushib ketdi.


Dam olish kunlari qor yog‘ishi mumkin

Dam olish kunlari O‘zbekiston bo‘ylab bulutli ob-havo saqlanib turadi. Shimoliy hududlardan tashqari boshqa joylarda yog‘ingarchilik, ko‘proq qor yog‘ishi kutilmoqda. Harorat sezilarli o‘zgarmaydi. 


Yangi haftada yog‘ingarchilik bo‘lmaydi

Dushanba kunidan boshlab yog‘ingarchiliklar to‘xtaydi. Lekin haftanning oxirigacha sovuq havo saqlanib turadi. Kechasi va ertalabki soatlarda 3-8 daraja sovuq, kunduzi 0-5 daraja iliq atrofida bo‘ladi.


Faqatgina dekabrni prognoz qilish mumkin

Hozircha faqat dekabr oyi to‘g‘risida gapirish mumkin. “O‘zgidromet” jahonning yetakchi ob-havo markazlari ma’lumotlariga tayanib berayotgan baholariga ko‘ra, dekabr o‘rtacha nam va harorat bo‘yicha me’yorlarga yaqin bo‘ladi. Oy davomida harorat kechasi 2-7 daraja iliqdan 0-5 daraja sovuqqacha, kunduzi 10-15 daraja iliqdan 0-5 daraja iliqqacha o‘zgarib turadi.

Yanvar va fevral to‘g‘risida gapirishga hali erta. Faqat O‘rta Osiyo qishlarining iqlimiy xususiyatlari to‘g‘risida gapirish mumkin.


Eng sovuq yil O‘zbekistonda qachon kuzatilgan?

Oxirgi kuzatuvlar davomida eng sovuq davrli qish 2007–2008-yilga to‘g‘ri kelganini ko‘rish mumkin. O‘shanda sovuq dekabrning oxiridan fevralning o‘rtasigacha davom etgan.


Bu ham qiziq

3-aprel uchun ob-havo ma’lumoti

3-aprel uchun ob-havo ma’lumoti

Toshkent shahrida havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 3-8 m/s tezlikda esadi. Harorat kec…
16:11 / 02.04.2026
Tojikistondagi zilzila O‘zbekistonda ham sezildi

Tojikistondagi zilzila O‘zbekistonda ham sezildi

O‘zbekiston Respublikasi hududida sezilish kuchi:
15:36 / 03.04.2026
Sindarov Nomzodlar turnirida peshqadamlik qilmoqda

Sindarov Nomzodlar turnirida peshqadamlik qilmoqda

Kiprning Pafos shahrida o‘tkazilayotgan mukofot jamg‘armasi 1 million yevroni tashkil etuvchi Nomzodlar turnirida 1 ochkolik…
17:50 / 02.04.2026
Favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish sohasida malakali kadrlar tayyorlanadi

Favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish sohasida malakali kadrlar tayyorlanadi

“Favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish sohasida malakali kadrlar tayyorlash tizimini tubdan isloh qilish chora-tadbirlari…
14:32 / 04.04.2026
NASA Yerning yangi suratlarini e’lon qildi

NASA Yerning yangi suratlarini e’lon qildi

Oyga so‘nggi boshqariladigan missiya 1972-yil dekabr oyida Amerikaning "Apollon-17" ekspeditsiyasi doirasida amalga oshirilg…
14:18 / 04.04.2026
Toshkentda voyaga yetmagan qizni qiynoqqa solgan o‘gay onaga jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Toshkentda voyaga yetmagan qizni qiynoqqa solgan o‘gay onaga jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Ijtimoiy tarmoqlarda voyaga yetmagan qiz o‘gay onasi tomonidan qiynoqqa solinganligi haqida videomurojaati tarqalib turli mu…
14:32 / 03.04.2026
Mahalla va OAV hamkorligi – yangi bosqichda!

Mahalla va OAV hamkorligi – yangi bosqichda!

O‘zbekiston mahallalari uyushmasi raisi Qahramon Quronboyev hamda O‘zbekiston Jurnalistlar uyushmasi raisi vazifasini bajaru…
09:41 / 02.04.2026
Surxondaryoda “prava” bilan bog‘liq firibgarlik fosh etildi

Surxondaryoda “prava” bilan bog‘liq firibgarlik fosh etildi

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishi qo‘…
15:51 / 05.04.2026
Eron AQShning sulh taklifini rad etdi

Eron AQShning sulh taklifini rad etdi

Eron AQShning 48 soatlik sulh taklifini rad etdi. Bu haqda, Fas axborot agentligi xabar berdi.
14:45 / 04.04.2026
“Eron seni va sening askarlaringni to‘g‘ridan-to‘g‘ri jahannam qa’riga yuboradi” – Ibrohim Aziziy

“Eron seni va sening askarlaringni to‘g‘ridan-to‘g‘ri jahannam qa’riga yuboradi” – Ibrohim Aziziy

Eron parlamentining milliy xavfsizlik va tashqi siyosat qo‘mitasi rahbari Ibrohim Aziziy Trampning so‘zlariga javoban X ijti…
14:34 / 05.04.2026

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!