$
12957.14 UZS
29.97
156.56 UZS
0.83
14702.47 UZS
-15.11
37° Kechasi 21°

Sayyoramizdagi eng aqlli odamlar 10 taligi

14:21 / 08.11.2019

3 yoshida matematikani o‘rgangan odamdan tortib, shaxmat o‘yinida kompyuterni yenggan odamgacha bo‘lgan dunyodagi eng aqlli odamlarni bilasizmi? Quyida ana shunday insonlar bilan tanishishingiz mumkin.

#10 – Judit Polgar

Картинки по запросу Judit Polgar

Polgar 11 yoshidayoq shaxmat dunyosida grossmeysterga aylangan vunderkind. Hozirda u Jahon shaxmat federatsiyasining eng yaxshi 100 o‘yinchisi ro‘yxatidagi yagona shaxmatchi hisoblanadi. U barcha davrlarning eng iste’dodli ayol shaxmatchisi sifatida tanilgan. Polgar amaldagi dunyoning birinchi raqamli o‘yinchisini yenggan yagona ayol. Shuningdek, u 9 marta amaldagi va sobiq jahon chempionlarini mag‘lub etgan. Ehtimol, bularga uning otasi “odam daho bo‘lib tug‘ilmaydi, balki daho bo‘lib yetishadi”, deb qilgan tarbiyasi sabab bo‘lgandir.

#9 – Kris Hirata

Картинки по запросу Kris Hirata

Hirataning IQ ko‘rsatkichi 225. 3 yoshida u oziq-ovqat do‘koniga kirganida ota-onasi xarid qilgan narsalarning og‘irligi, soni, chegirmalarini hisoblashni yaxshi ko‘rardi. Albatta, savdo solig‘i haqida ham unutmas edi. 12 yoshida u fizika va hisob ilmidan kollejda o‘qitiladigan mavzularni ham o‘rganib chiqqan hamda 13 yoshida Xalqaro fizika olimpiadasida oltin medal yutib olgan. Hozirda u Kaliforniya texnologiya institutida astrofizikadan dars beradi. Hirata 1996-yildagi Xalqaro fizika olimpiadasida oltin medal yutib olgan eng yosh amerikalik sifatida e’tirof etiladi.

#8 – Stiven Hoking

Картинки по запросу Stiven Hoking

Hoking 1942-yilda tug‘ilgan. 17 yoshga to‘lganida Oksford universitetida fizika va kimyo fakultetida o‘qish uchun grant yutib olgan. 1962-yil universitetni tamomlagach, Kembrij universitetining kosmologiya yo‘nalishiga o‘qishga kirgan. 21 yoshida unga motorli neyron kasalligi tashxisi qo‘yilgan. Shundan so‘ng, Hoking tushkunlikka tushib qolib, o‘qishini tashlamoqchi bo‘ladi. 

Ammo qallig‘i va bo‘lajak birinchi turmush o‘rtog‘i Jeyn Uayldning daldasi va mehri unga ilhom bergan va u o‘qishini davom ettirib, 1965-yilda PhD darajasini olgan. Hoking tarixda ilk bor “qora tuynuklar” nazariyasining asoschisi hamda 1988-yilda nashr qilingan “Vaqtning qisqa tarixi” nomli ilmiy-ommabop bestselleri bilan tanilgan.

#7 – Terens Tao

Картинки по запросу Terens Tao

O‘qishni erta boshlagan Tao 16 yoshida magistr darajasini olgan. 1988-yil 13 yoshida Xalqaro matematika olimpiadasi tarixida oltin medal yutib olgan eng yosh matematikka aylangan. 

Bundan tashqari, ko‘plab yutuqqa erishgan Tao hozirda Los Anjelesdagi Kaliforniya universitetining eng yosh professori hisoblanadi. Shuningdek, u Jon Xopkinning SAT imtihonining matematika bo‘limida 700 va undan yuqori ball to‘plagan iste’dod egalari uchun tashkil qilingan dasturi bo‘yicha o‘qigan ikkita boladan biridir. 

#6 – Evanjelos Katsioulis 

Картинки по запросу Evangelos Katsioulis

IQ’si 198ga yetgan grek shifokori Evanjelos Katsioulis 2013-yildagi “Yil dahosi” mukofotini olgach, mamlakatidagi OAVlarning asosiy sarlavhasiga chiqib oldi. 1976-yilda Ayova shtatida tug‘ilgan Katsioulis Salonikadagi Aristotel universitetida tibbiyot fanlari va texnologiya yo‘nalishida magistr darajasiga, psixofarmokologiya mutaxassisligi bo‘yicha PhD darajasiga erishgan. 
Hozirda u 28 ta IQ jamiyatining a’zosi. Har 30 mlrd aholidan bittasi uning intellektual darajasiga tenglasha oladi.

#5 – Rus Lourens

Картинки по запросу Rus Lourens

1985-yil britaniyalik matematik Rus Lourens 13 yoshida Oksford universitetining matematika fakultetini tamomlab, bakalavr darajasini olganida hammani hayratga solgan. Keyin esa fizika sohasida o‘qigan. Michigan universitetini tamomlagach, 1990-yil Garvard universitetida kichik ilmiy xodim bo‘lib ishga kirgan. 1997-yil dotsent bo‘lgan.

U hozirda Quddus Yahudiy universitetining Eynshteyn nomidagi matematika institutining dotsenti hisoblanadi va algebraik topologiya va tugun nazariyasi bo‘yicha tadqiqot olib boradi.

#4 – Richard Rosner 
 

Похожее изображение

AQShlik TV yozuvchi Richard Rosnerning masalasi butunlay boshqacha. Shu yigitning karyerasi model, ofitsiant sifatida boshlanganini eshitib, ko‘pchilik hayratga tushadi. U bir qancha TV shoularning muallifi, shu bilan birga “Millioner bo‘lishni xohlaysizmi?” ko‘rsatuvi orqali mashhur bo‘lgan. 2013-yil “Yil dahosi” mukofotida psixiatr Evangelos Katsioulisdan keyin ikkinchi o‘rinni egallagan.

#3 – Edvard Uitten

Картинки по запросу Edward Witten

String nazariyasi, kvant tortishish nazariyasi va supersimmetriya. Bu so‘zlar sizga tanishmi? Bunda Edvard Uittenning hissasi katta. U ko‘pincha o‘z davrining eng buyuk fizigi va dunyoning eng zo‘r nazariy fizigi sifatida e’tirof etiladi. U, shuningdek, Time jurnalining dunyodagi eng nufuzli 100 kishisi tarkibiga kiradi. Bundan tashqari, matematika bo‘yicha Dala medali, Dirak mukofoti, Albert Eynshteyn medali va Nemur mukofotiga sazovor bo‘lgan.

#2 – Kristofer Langan

Похожее изображение

Kristofer Langan IQ ko‘rsatkichi 195 bilan 210 o‘rtasida bo‘lgan amerikalik avtodidakt. U ustoz ko‘rmay o‘zi shu darajaga erishgan. Langan OAV tomonidan dunyodagi eng aqlli odam sifatida tasvirlanadi. 6 oyligida tili chiqqan, 3 yoshida esa o‘qishni o‘rgangan. U dunyoning kognitiv-nazariy modelini yaratgan va ong bilan reallik o‘rtasidagi aloqani o‘rgangan. 

#1 – Garri Kasparov

Похожее изображение

22 yoshida eng yosh yengilmas shaxmatchiga aylangan grossmeyster. Kasparov ushbu unvonni 1993-yilgacha Xalqaro shaxmat federatsiyasida saqlab qoldi. Shundan so‘ng ham 3 marta dunyoning birinchi raqamli o‘yinchi maqomiga ega bo‘ldi. Uning IQ ko‘rsatkichi 190.

Ziyodaxon G‘ULOMOVA tayyorladi


Bu ham qiziq

27-aprel kuni qanday ob-havo kuzatiladi?

27-aprel kuni qanday ob-havo kuzatiladi?

Harorat kechasi 17-19 daraja, kunduzi 33-35 daraja bo‘ladi.
21:52 / 26.04.2025
O‘zbekiston dzyudo Federatsiyasi rahbari Osiyo dzyudo Ittifoqi vitse-prezidenti bo‘ldi

O‘zbekiston dzyudo Federatsiyasi rahbari Osiyo dzyudo Ittifoqi vitse-prezidenti bo‘ldi

26-aprel kuni Osiyo chempionatida O‘zbekiston terma jamoasining yetti vakili 73 kg va 81 kg vazn toifasidagi erkaklar, shuni…
18:57 / 27.04.2025
Laziz Qudratov Turkiyaning O‘zbekistondagi elchisi bilan uchrashdi

Laziz Qudratov Turkiyaning O‘zbekistondagi elchisi bilan uchrashdi

Joriy yilning 22-aprel kuni investitsiyalar, sanoat va savdo vaziri Laziz Qudratovning Turkiyaning O‘zbekistondagi Favqulodd…
09:35 / 27.04.2025
Toshkentda tanishini tibbiyot institutiga o‘qishga kiritib qo‘ymoqchi bo‘lgan shaxs 10 yilga qamaldi

Toshkentda tanishini tibbiyot institutiga o‘qishga kiritib qo‘ymoqchi bo‘lgan shaxs 10 yilga qamaldi

Toshkent shahrida fuqaroni tibbiyot institutiga o‘qishga kiritib qo‘ymoqchi bo‘lgan shaxs 10 yilga qamaldi. Bu haqda Toshken…
13:04 / 27.04.2025
Qamchiq dovonida Isuzu beton to‘siqqa borib urildi

Qamchiq dovonida Isuzu beton to‘siqqa borib urildi

Olib borilgan tezkor harakatlar natijasida inson hayoti saqlab qolingan.
14:48 / 28.04.2025
Toshkentda qurilish mahsulotlari omborxonasi yonib ketdi

Toshkentda qurilish mahsulotlari omborxonasi yonib ketdi

Yong‘in oqibatida tan-jarohati olganlar yo‘q.
08:55 / 28.04.2025
Navoiyda “zapravka” 26 mlrd so‘mlik tabiiy gazdan noqonuniy foydalandi

Navoiyda “zapravka” 26 mlrd so‘mlik tabiiy gazdan noqonuniy foydalandi

AGTKShda gaz sarfini o‘lchash kompleksiga o‘rnatilgan qurilmaning kirish-chiqish qismidagi gaz jo‘mraklariga davlat standart…
12:12 / 28.04.2025
Namanganda 25 nafar bolani olib ketayotgan Damas aniqlandi

Namanganda 25 nafar bolani olib ketayotgan Damas aniqlandi

Bu haqda viloyat Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi xabar berdi.
12:11 / 28.04.2025
Eronda kuchli portlash oqibatida 14 kishi halok bo‘ldi

Eronda kuchli portlash oqibatida 14 kishi halok bo‘ldi

Eronning Bandar Abbos shahri yaqinidagi Shahid-Rajai portida sodir bo‘lgan portlash oqibatida 14 kishi vafot etdi, 750 nafar…
12:09 / 27.04.2025
Toshkentda maktab o‘quvchilari o‘rtasida mushtlashuv sodir bo‘ldi

Toshkentda maktab o‘quvchilari o‘rtasida mushtlashuv sodir bo‘ldi

Ijtimoiy tarmoqlarda maktab o‘quvchisi tan jarohati olganligi aks etgan fotolavhalar tarqalib, turli muhokamalarga sabab bo‘…
22:14 / 26.04.2025

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!