$
12892.91 UZS
34.76
160.34 UZS
0.63
14512.26 UZS
6.98
35° Kechasi 21°

O‘zbekiston oltinning bir qismini xorijiy obligatsiyalar bilan almashtiradi

17:41 / 12.07.2019

O‘zbekiston o‘z valuta zaxiralarida oltin ulushini kamaytirish va uning o‘rniga AQSh g‘aznachilik majburiyatlarini sotib olishni rejalashtirayotgani ma'lum bo‘lgandi. Bu zaxiralarni diversifikatsiya qilish uchun zarurligi xabar qilindi.

Endi ma'lum bo‘lishicha, Markaziy bank nafaqat AQSh, balki boshqa davlatlarning ham obligatsiyalarini qo‘lga kiritmoqchi. Bu haqda Markaziy bank rahbari Mamarizo Nurmurodov Bloomberg nashriga xabar berdi.

«Biz Amerika qimmatli qog‘ozlari va boshqa davlatlar, shu jumladan, Xitoyning qarz majburiyatlarini sotib olishni istaymiz. Oltinning ulushi taxminan 50 foizni tashkil etadi, ammo kelajakda bu ko‘rsatkich pastroq bo‘lishi mumkin», - dedi Nurmurodov Sankt-Peterburgdagi Xalqaro moliyaviy kongress davomida nashrga.

Bu boshqa mamlakatlardagi vaziyatga qarama-qarshidir, deya e'tibor qaratgan Bloomberg. Savdo urushlari va iqtisodiy o‘sishning sustligi boshqa davlatlarni oltinni ko‘paytirishga majbur qilayotgan bir paytda, o‘z iqtisodiyotini ochayotgan hamda isloh qilayotgan O‘zbekiston boshqacha yo‘l tutmoqda.

«Oltinning ulushi kamroq bo‘ladi. Birinchidan, zaxiralar o‘z-o‘zidan o‘sib boradi, ikkinchidan, biz ko‘proq oltin sotamiz», - deydi Nurmurodov.

Uning so‘zlariga ko‘ra, to‘rt-besh yildan keyin O‘zbekiston ishlab chiqaruvchilari jahon bozorida oltinni to‘g‘ridan-to‘g‘ri sotish imkoniyatiga ega bo‘ladi. Hozircha esa Markaziy bank xaridor hisoblanadi, u mamlakat ichkarisida oltinni so‘mga sotib olmoqda va uni tashqi bozorda dollarga sotyapti.

«Biz so‘mning ayirboshlash kursini qo‘llab-quvvatlamayapmiz, tebranishlarni bartaraf etishga urinmayapmiz. Bizning bozordagi ishtirokimiz - valutani qo‘llab-quvvatlashga aralashish emas, balki oltin xaridi uchun kompensatsiya», - deya aniqlik kiritdi Markaziy bank rahbari. 


Bu ham qiziq

Al-Beruniy nomidagi xalqaro maktab-internat tashkil qilinadi

Al-Beruniy nomidagi xalqaro maktab-internat tashkil qilinadi

Farmonga ko‘ra, maktabda o‘quv jarayoni 2025/2026-o‘quv yilidan boshlanadi.
11:24 / 21.05.2025
Jahon banki O‘zbekistonga 35 mln dollar miqdorida imtiyozli kredit ajratadi

Jahon banki O‘zbekistonga 35 mln dollar miqdorida imtiyozli kredit ajratadi

Jahon banki Ijrochi direktorlar kengashi O‘zbekistonga 35 mln dollar miqdorida imtiyozli kredit ajratishni ma’qulladi. Bu ha…
19:36 / 20.05.2025
Mitsubishi liftlari O‘zbekistonda ishlab chiqariladi

Mitsubishi liftlari O‘zbekistonda ishlab chiqariladi

TEXNOPARK rahbariyati va Shanghai Mitsubishi Elevator Co., Ltd. top-menejerlari o‘rtasida memorandum imzolandi. Unga ko‘ra, …
12:11 / 20.05.2025
Migrantlar O‘zbekistonga uch oyda 3,3 mlrd dollar pul jo‘natmalarini amalga oshirgan

Migrantlar O‘zbekistonga uch oyda 3,3 mlrd dollar pul jo‘natmalarini amalga oshirgan

Joriy yil ilk choragida mamlakatga migrantlar jo‘natgan pullar o‘tgan yil mos davriga nisbatan 800 million dollarga ko‘payga…
12:12 / 20.05.2025
20-may kuni qanday ob-havo kuzatiladi?

20-may kuni qanday ob-havo kuzatiladi?

Harorat kechasi 15-17 daraja, kunduzi 31-33 daraja bo‘ladi.
00:04 / 20.05.2025
Toshkentdagi 5 ta tumanning ayrim hududlarida vaqtincha tabiiy gaz bo‘lmaydi

Toshkentdagi 5 ta tumanning ayrim hududlarida vaqtincha tabiiy gaz bo‘lmaydi

Ta’mirlash ishlari tufayli Olmazor, Chilonzor, Shayxontohur, Mirzo Ulug‘bek va Sergeli tumanlarining quyidagi hududlariga 21…
10:18 / 21.05.2025
Toshkent metrosi kengayishi kutilmoqda

Toshkent metrosi kengayishi kutilmoqda

O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevga poytaxt metropolitenini rivojlantirish loyihasi taqdim etildi. Metroni TTZ majmu…
21:05 / 19.05.2025
“Rossiya va Ukraina urushni to‘liq yakunlash bo‘yicha muzokaralarni boshlaydi” – Tramp

“Rossiya va Ukraina urushni to‘liq yakunlash bo‘yicha muzokaralarni boshlaydi” – Tramp

Rim papasining so‘zlariga ko‘ra, Vatikan bu muzokaralarni o‘z hududida o‘tkazishga katta qiziqish bildirgan. Jarayon boshlan…
09:16 / 20.05.2025
Buyuk Britaniya, Fransiya va Kanada Isroilga sanksiya qo‘llamoqchi

Buyuk Britaniya, Fransiya va Kanada Isroilga sanksiya qo‘llamoqchi

Netanyaxu esa shartlar bajarilmasligi, Isroil o‘zini “adolatli” yo‘l bilan himoya qilishi, to‘liq g‘alabaga erishmaguncha ku…
10:59 / 20.05.2025
Shavkat Mirziyoyev va Viktor Orban o‘rtasida muzokaralar bo‘lib o‘tdi

Shavkat Mirziyoyev va Viktor Orban o‘rtasida muzokaralar bo‘lib o‘tdi

Amaliy hamkorlik barcha yo‘nalishlarda izchil rivojlanib borayotgani mamnuniyat bilan qayd etildi. Parlamentlar, hukumatlar,…
21:08 / 20.05.2025

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!