Havo yo‘llari shubhasiz zamonamiz kashfiyotlari orasida yaratilgan eng durdona mahsulotdir. Mahorat va yuqori texnologiya asosida yasalgan samolyotlar qanchalik qiyinchilik bilan paydo bo‘lgan bo‘lsa, bugun odamlarga ana shuncha foyda keltirmoqda. Ushbu ixtiro juda ko‘p texnik uskunalar va injyenerlar qurshovida bo‘lishiga qaramay sayyoramizning istalgan joyiga borish uchun hozirgi kunda milliardlab odamlar uning imkoniyatlaridan foydalanmoqda.
Tan olish kerakki, insoniyat yaratgan kashfiyotlar orasida yashil sayyorani eng ko‘p birlashtiruvchi vosita ham aynan mana shu havo yo‘llaridir. Shunga qaramay, havo yo‘llari va uning imkoniyatlari haqida juda ko‘pchilik tomonidan aytilgan ayrim ko‘z yumib bo‘lmaydigan fikrlar ham mavjud. Sizga ana shunday fikrlar o‘ntaligini taqdim etamiz.
10. Ichki dvigatelda portlovchi modda joylashgan.
Ular "piropatronlar" nomi bilan ataladi. Hayratlanarlisi ulardan dvigatelda yong‘in chiqqan holatlarda foydalaniladi. Ko‘pgina samolyotlarning ikkita dvigateli xuddi shunday quvvatlar bilan ta'minlangan. Agar birinchisi ish bermasa, ikkinchisi foyda beradi va bu samolyotga qo‘nish uchun joy topilgunga qadar bir necha daqiqalarni taqdim etadi.
9. Samolyotingiz siz o‘ylagandan ko‘ra jiddiyroq buzilgan bo‘lishi mumkin.
Har bir aviakompaniya o‘zining samolyotini tez-tez va kerak bo‘lsa, yo‘lovchilarga to‘la yuk bilan parvoz etishini istaydi. To‘la-to‘kis tekshiruv uchun esa bir necha soat, ba'zan bir necha kun talab etiladi. MMEL ("Master Minimum Equipment List") nom bilan ataluvchi muhim ahamiyatga ega ushbu hujjatda samolyotning har bir buzilgan joyi haqida ma'lumotlar keltiriladi. Siz ana shu hujjat bilan tanishib, ushbu reys bilan uchish yoki uchmaslik qarorini qabul qilishingiz mumkin. Ushbu hujjat havo kemasining hamma tizimi joyida ekanligini bildiradi va parvoz qilishning 50 foiz huquqini beradi, qolgan 50 foiz qarorni esa shubhasiz kema kapitani qabul qiladi. Ammo bu xatarsiz parvoz bo‘lishiga 100 foiz kafolat degani emas.
8. Samolyot ichidagi havo tashqaridan emas, samolyot dvigatelidan keladi.
Samolyotdagi havo tashqaridagi havodan farq qiladi. Yuqoriga ko‘tarilgan sari po‘lat qushdagi havo ham siyraklasha boradi. Shu sababli yo‘lovchilarning nafas olishi va hushini yo‘qotmasligi uchun kema saloniga havo dvigatellar orqali yuboriladi.
7. Halokatning ortda qolishi – siz o‘ylagandan ko‘ra yomonroq.
Ekipaj a'zolari "Qutqaruv niqobini boshqalarga yordam berishdan oldin o‘zingizga taqing", deya ta'kidlashi bu hazil gap emas. Balandlikdagi havo shunchalar siyrak bo‘ladiki, halokat dekompressiyasi vaqtida siz atigi 30-45 daqiqagina hushingizda bo‘lasiz. Bundan tashqari osmondagi havo harorati shunchalar sovuq bo‘ladiki, bu Tselsiy shkalasi bo‘yicha - 60 gradus degani.
6. Qutqaruv havo niqobi – vaqtinchalik.
Ushbu qurilma 12 daqiqagacha yordam beradi. Bu vaqt oralig‘ida esa, uchuvchilar nafas olish imkoniyatini beruvchi balandlikni qo‘lga olishlari lozim. Bundan tashqari niqob sizni turli gaz va tutunlardan himoya qilmasligini unutmang.
5. Qutqaruv anjomlari siz o‘ylaganchalik emas.
Imkoniyat bo‘lishi bilan samolyot bortida joylashgan xavfsizlik qoidalari bilan tanishib chiqing. Misol uchun, suvdagi qutqaruv kemachasiga bir odam chiqqach, keyingi odam suzib kelib, kemaga chiqmoqchi bo‘lsa, kema ag‘darilib ketishi mumkin, shu sababli da chizilganidek, qutqarish moslamaslarining qanday ishlashini bilib oling.
4. Sizning samolyotingiz, xavfsiz degan sertifikatni oldi… Ammo…
Texnika baribir texnika ekanligini aslo yodingizdan chiqarmang, har qanday vaziyatga tayyor bo‘ling. Ekipaj a'zolari ko‘rsatmalariga amal qiling, tinchlik va hotirjamlikni saqlashga harakat qiling.
3. Elektron qurilmalar samolyot tizimiga hech qanday ta'sir etmaydi.
Hozirda ko‘pchilik aviakompaniyalar o‘z yo‘lovchilariga elektron qurilma (telefon, planshet va hokazolar)lardan foydalanishga ruxsat beradi. Chunki ushbu qurilmalar avialayner tizimiga ta'sir etishi isbotlanmagan.
2. … Ammo telefon apparatlari tufayli uchuvchilar turli mojarolarni boshdan kechirganliklari ma'lum…
Demak, yuqoridagi "elektron qurilmalar hech qanday zarar keltirmaydi", degan fikrimiz to‘la-to‘kis isbotlangan degani emas ekan, chunki telefon titrashi yoki ovozi qo‘nish vaqtida uchuvchini chalg‘itishi mumkin. Shunday xolat yuz bergan ham. Uchuvchi chalg‘ib, qo‘nish vaqtida samolyotning g‘ildiragini tushirishni yodidan chiqarib qo‘ygan.
1. Yoqilg‘ining kamligi – siz o‘ylaganchalik fojyeali holat emas.
Har bir samolyotga uning belgilangan parvozni amalga oshirishi uchun yetarlicha yoqilg‘i quyiladi. Bundan tashqari xalqaro havo yo‘llari qonun talablariga ko‘ra samolyotga kutilmagan holatlar uchun asosiy yoqilg‘iga qo‘shimcha yana 3-5 foiz, yana alternativ holatlar uchun ham qo‘shimcha yoqilg‘i beriladi. Bundan tashqari samolyotda yarim soatlik zaxira yoqilg‘i ham bo‘ladi. Demak havotirlanishga o‘rin yo‘q.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!