$
12165.24 UZS
-25.19
159.42 UZS
-2.67
14330.65 UZS
-32.11
31° Kechasi 18°

Eng yaxshi multfilmlar: Ota-onalar farzandlarining sevimli qahramonlari haqida nimalarni bilishlari kerak?

12:05 / 01.06.2020

Sizning farzandingiz ham multfilm ko‘rishni yaxshi ko‘radimi? Xarxasha qilayotgan bolakayga uning sevimli multfilmini qo‘yib bersangiz kifoya – u darrov ovunadi! Undagi rang-barang multqahramonlarni ko‘rib quvonadi, xatti-harakatlarini kuzatadi... 

Xo‘sh, hozirda kichkintoy tomoshabinlar qanday multfilmlarni ko‘p tomosha qilishmoqda? 

1. “Masha va maymoqvoy”. 2009-yil
Mulfilm syujeti kichkina, ammo kuchli va quvnoq qizaloq Mashaning o‘rmondagi maymoqvoy bilan do‘st tutinib qolishi bilan bog‘liq. Pandemiya vaqtida ushbu multserial eng sevimli mulfilm top-5taligiga kirdi. O‘tgan yili uning “Masha plyus kasha” qismi YouTube’da eng ko‘p tomosha qilingan multfilm qatoriga qo‘shilgan (u 4 milliarddan ortiq ko‘rilgan). Bolalar hattoki undagi bosh qahramon Mashaxonning so‘zlarini yodlab olishgan va uni kundalik hayotda tez-tez takrorlab ham turishadi.

2. “Ayiqchalar” (Ми-ми-мишки). 2015-yil

Ushbu multfilmda ertaknamo o‘rmondagi Kesha, Tuchka, tulkicha va jo‘jacha kichkintoylarni do‘stlashish, tashqi olamga ehtiyotkorona munosabatda bo‘lish va gadjetlarni tushunishga o‘rgatadi. Bundan tashqari, bu multfilmda ikkinchi darajali qahramonlar Sanya va Sonya, Valya, professor Sepenshteyn va aqlli robot ham bor.

3. “Sabzirang sigir” (Оранжевая корова). 2018-yil

“Soyuzmultfilm” studiyasi tomonidan ishlab chiqarilgan ushbu multfilm Bo va Zo ismli buzoqchalar haqida hikoya qiladi. Ular multfilmning har bir qismida qandaydir bir muammolarni hal qilishadi. Agar mabodo muammoning uddasidan chiqa olishmasa, ular ota-onasi – sigir va buqadan maslahat so‘rashadi. Bo va Zoning do‘stlari juda ko‘p, ular har kunni o‘rmondagi do‘stlari bilan maroqli o‘tkazishadi. Multfilm haqiqatda yengil, rangli va quvnoq kayfiyatga ega.

4. “Uch mushukcha” (Три кота). 2015-yil

Bu animatsion serialda voqealar yuqoridagi kabi o‘rmonda emas, shaharda bo‘lib o‘tadi. Bosh qahramonlar, Korjik, Karamelka va Kompotning hayoti bir yerda turmaydi. Ular doim band va turli xil vaziyatlarga tushib yurishadi. 

5. “Kichkina yumaloqchalar” (Малышарики). 2015-yil

Personajlar mashhur “Smeshariki”larni yodga soladi, ammo ulardan biroz kichkinaroq. Qahramonlar uzluksiz harakatda bo‘lishadi, doim o‘yin o‘ynashadi. Ular qo‘shiq kuylashadi, raqsga tushishadi, o‘zlari uchun doim yangilik topishadi. Ularga ekran ortidagi bolajonlar ham ergashadi. Har yumaloqchaning o‘z fe’l-atvori bor: tipratikan uyatchan, qo‘zichoq xayolparast, Nyushenka yoqimtoy, Panda urushqoq kabi...

6. “Buba”. 2014-yil

Eng g‘alati personajli ushbu multfilmni kattalar unchalik xushlamasa ham, bolalar juda yaxshi ko‘rishadi. Bir qarasangiz Buba o‘zga sayyoralik bo‘lib ko‘rinadi, bir qarasangiz juda qo‘pol uy hayvoni.
Bosh qahramon xuddi “Tom va Jerri”ga o‘xshab qulay kottejda yashaydi. Juda qiziquvchanligi sabab ko‘p narsalarni sindirib qo‘yaveradi. Buba ham yolg‘iz emas, uni sichqoncha Lula va to‘tiqush Guga o‘rab turibdi. 

7. “Ko‘k traktor” (Синий трактор). 2014-yil

Bosh qahramon hayotdagi ijobiy tushunchalar haqida qo‘shiqlar kuylaydi. Ayrim ota-onalar “ko‘k traktor” bolaga salbiy ta’sir ko‘rsatadi, deb o‘ylaydi. Aslida unday emas. “Ko‘k traktor”ning kompozitori va yaratuvchisi Artem Kolpakop ota-onalarning bu fikriga qo‘shilmaydi. “Biz bolalar uchun o‘zimizni rok-musiqachidek tanishtiramiz. Shuning uchun unda hech qanday qo‘rqinchli narsaning o‘zi yo‘q”, deb izohlaydi u.

8. “Luntik va uning do‘stlari” (Лунтик и его друзья). 2006-yil

“Men tug‘ildim” jumlasini hamma bolalar eshitgan bo‘lsa kerak. Multfilmdagi bosh qahramon, o‘zga sayyoralik Luntik doim shunaqa deydi. U o‘z do‘stlari bilan doim qandaydir bir sarguzashtlarga tushib qoladi va bu har bir sarguzashtdan keyin o‘zlarida tushuncha paydo bo‘ladi. Masalan, ular qo‘rquv, go‘zallik nima ekanligini tushunib yetishdi. Bolalar qiyin va tushunarsiz vaziyatga tushib qolishganida ularga kattalar ko‘mak beradi. Ari buvi Kapa va bobo ari Sher ularga doim hamsuhbat bo‘lishadi.

9. “Barboskinlar” (Барбоскины). 2011-yil

Ushbu serial otasi Pavel va onasi Lyudmila bo‘lgan itlar oilasi haqida hikoya qiladi. Ular qizaloq Roza, Liza va o‘g‘illari Drujka, Gen, Maksimni tarbiya qilishadi. 

10. “Ertak patrul” (Сказочный патруль). 2016-yil

Multfilmdagi voqealar Mishkin shahrida bo‘lib o‘tadi. U yerda to‘rtta sehrgar qizaloq yashaydi. Ular birgalikda shaharni himoya qilishadi, yovuz mavjudotlardan saqlaydi. Sehrgarlar guruhi Alenka, Snejka, Varya va Mashadan iborat. Ular sehrgar yalmog‘iz kampir bilan do‘st tutinishadi.  

11. “Fiksiklar” (Фиксики). 2010-yil

Fiksiklar kimligini hatto kattalar ham bilmaydi. Ular elektr asboblarida yashovchi kichkina odamchalardir. Ular hamma narsani bilishadi. Ular orasida Simka va Nolik asosiy qahramonlar hisoblanadi. Ular ham xuddi oddiy bolalar kabi maktabga borishadi, sinfdoshlari bilan do‘stlashadi. Ushbu multfilm bolalarni maktab hayotiga o‘rgatadi, ularni ulg‘aytiradi.

Internet ma’lumotlari asosida Nargiza Utepova tayyorladi


Bu ham qiziq

Poytaxt iqtisodiyotida qo‘shimcha o‘sish nuqtalari belgilandi

Poytaxt iqtisodiyotida qo‘shimcha o‘sish nuqtalari belgilandi

Prezident Shavkat Mirziyoyev Toshkent shahri iqtisodiyotida yuqori oʻsish surʼatlarini taʼminlash, mavjud zaxiralarni toʻliq…
09:26 / 17.04.2026
Toshkent–Yerevan yo‘nalishida to‘g‘ridan-to‘g‘ri reyslar rejalashtirilmoqda

Toshkent–Yerevan yo‘nalishida to‘g‘ridan-to‘g‘ri reyslar rejalashtirilmoqda

Toshkent va Yerevan o‘rtasida muntazam to‘g‘ridan-to‘g‘ri aviaqatnovlar 2026-yil may oyidan boshlab yo‘lga qo‘yilishi mumkin…
10:10 / 16.04.2026
Sergelida YTH: holat yuzasidan izoh berildi

Sergelida YTH: holat yuzasidan izoh berildi

Internet tarmoqlarda Sergeli tumanida Jentra avtomobili va maktab o‘quvchisi bilan bog‘liq yo‘l-transport hodisasi muhokamal…
15:09 / 17.04.2026
Rossiya Ukrainaga raketa hujumlarini uyushtirdi

Rossiya Ukrainaga raketa hujumlarini uyushtirdi

Kecha tunda Rossiya Ukraina bo‘ylab yirik raketa hujumlarini uyushtirdi. Hujumlar oqibatida Kiyev shahrini quyuq tuman qopla…
15:14 / 16.04.2026
Yakuniy davlat attestatsiyasi imtihonlari sanalari e’lon qilindi

Yakuniy davlat attestatsiyasi imtihonlari sanalari e’lon qilindi

Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligining joriy yil 14-apreldagi ko‘rsatma xatiga muvofiq, 9- va 11-sinf o‘quvchilari uchu…
10:50 / 18.04.2026
Eron AQSh bilan yangi muzokaralar raundiga hali rozi bo‘lmadi

Eron AQSh bilan yangi muzokaralar raundiga hali rozi bo‘lmadi

Eron hukumati AQSh bilan navbatdagi muzokaralar o‘tkazish bo‘yicha hozircha kelishuvga erishmaganini ma’lum qildi. Bu haqda …
17:57 / 18.04.2026
Ayrim tadbirkorlar 2030-yilgacha soliqlardan ozod qilinadi

Ayrim tadbirkorlar 2030-yilgacha soliqlardan ozod qilinadi

O‘zbekistonda nogiron farzandini kunduzgi parvarish xizmatiga bergan ota-onalar uchun ushbu xizmatga oyiga 3 million so‘mgac…
13:32 / 18.04.2026
Farg‘onada 800 o‘rinli zamonaviy shifoxona quriladi

Farg‘onada 800 o‘rinli zamonaviy shifoxona quriladi

Farg‘ona viloyatida 800 o‘rinli zamonaviy ko‘p tarmoqli shifoxona qurish bo‘yicha yirik loyiha yuzasidan muhim kelishuv imzo…
17:30 / 16.04.2026
Tramp Erondagi urush tugashini e'lon qildi

Tramp Erondagi urush tugashini e'lon qildi

AQSh prezidenti Donald Tramp Eron bilan bog‘liq harbiy operatsiya yaqin orada yakunlanishi mumkinligini ma’lum qildi.
11:28 / 17.04.2026
Yangiyo‘lda odam savdosi bilan bog‘liq jinoyat fosh etildi

Yangiyo‘lda odam savdosi bilan bog‘liq jinoyat fosh etildi

Toshkent viloyatining Yangiyo‘l shahrida yashovchi, 1982-yilda tug‘ilgan ayol Chinoz tumanida istiqomat qiluvchi, 2000-yilda…
16:25 / 17.04.2026

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!