Davlat xavfsizlik xizmati va Ichki ishlar organlari tomonidan olib borilayotgan tizimli chora-tadbirlar natijasida odam savdosi bilan bog‘liq jinoyatlarni barvaqt fosh etish va oldini olishga qaratilgan ishlar izchil davom etmoqda. Jumladan, DXXning Toshkent shahar boshqarmasi va poytaxt IIBB xodimlari hamkorligida ana shunday jinoyatlardan biri fosh etildi.
Ma’lum bo‘lishicha, Toshkent viloyatining Yangiyo‘l shahrida yashovchi, 1982-yilda tug‘ilgan ayol Chinoz tumanida istiqomat qiluvchi, 2000-yilda tug‘ilgan qizni xorijga olib borib, jinsiy ekspluatatsiya qilishni rejalashtirgan.
U o‘z maqsadiga erishish uchun jabrlanuvchiga aviachipta xarid qilib berib, keyinchalik ishlab topadigan mablag‘ining yarmini doimiy ravishda berishini talab qilgan.
Ko‘rilgan chora-tadbirlar natijasida gumonlanuvchi ayol jabrlanuvchi bilan birga Toshkent xalqaro aeroportidan Istanbul shahriga uchib ketmoqchi bo‘lgan vaqtida to‘xtatib qolindi.
Hozirda yangiyo‘llik ayolga nisbatan Jinoyat Kodeksining 135-moddasi (odam savdosi) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!