O‘zbekistonda nogiron farzandini kunduzgi parvarish xizmatiga bergan ota-onalar uchun ushbu xizmatga oyiga 3 million so‘mgacha bo‘lgan xarajatlarni daromad solig‘idan ozod qilish rejalashtirilmoqda.
Shuningdek, nogiron bolalarga kunduzgi parvarish xizmatini ko‘rsatayotgan tadbirkorlar 2030-yilgacha soliqlardan (ijtimoiy soliqdan tashqari) ozod etilishi ko‘zda tutilgan.
Hozirgi kunda bunday xizmatlar 396 ta tadbirkor tomonidan yo‘lga qo‘yilgan bo‘lib, ular orqali 4,4 mingdan ortiq nogironligi bo‘lgan bolalarga xizmat ko‘rsatilmoqda.
Bundan tashqari, 2026-yildan boshlab yangi ijtimoiy xizmatlar bosqichma-bosqich joriy etilishi rejalashtirilgan. Ular orqali nogironligi bo‘lgan shaxslarni qo‘llab-quvvatlash, ularning kundalik hayot ko‘nikmalarini rivojlantirish hamda oilalarga qo‘shimcha yengillik yaratish maqsad qilingan.
Shu bilan birga, parvarish bilan shug‘ullanayotgan fuqarolar uchun alohida nafaqa tizimini joriy etish ham rejalashtirilmoqda.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!