Ma'lumki avtomobil bir yerdan ikkinchi yerga yetib olish uchun mo‘ljallangan harakatlanish vositasidir. Kimdir avtomobildan o‘z mavqeini yuqori ko‘rsatishda va yana kimdir mavjud kamchiliklarini avtomobil orqali bartaraf etishda foydalanadi. Biroq maqolada jamlangan avtomobillar o‘ntaligi sizni xursand qilishi yoki hayratga solishi mumkin.
Pahmoq avtomashina
“Pahmoq kuchuk” bu avtomobil “Ahmoq va undanda ahmoq 2” filmi qaxramonlarining avtomashanisidir. Avtomobil “Ford E-Series/Econoline” asosida ishlangan. Mashinaning tashqi ko‘rinishi muloyim ko‘rinsada, yomg‘irdan so‘ng mashinadan kuchuk hidi anqiydi.
Bahaybat jip
Jip qanchalik ulkan bo‘lsa, uning egasi o‘zini shu darajada mard va qudratli his etadi. Fikrimizcha quyidagi avtomobil kursida o‘tirgan insonda tog‘ni yer bilan bir qila olidigan kuch-qudratga egalik xissini uyg‘otadi.
4,4 tonnalik bahaybat jip ushbu takrorlanmas shaklga egaligiga qaramasdan harakatlanadi ham. Jipning amaldagi egasi BAAlik Xamaj ibn Xamdan al-Naxyandir.
Simlardan ishlangan “Lamborghini”
Benedikt Redkliff avtomobil deb atash bir muncha qiyin bo‘lgan moslamani ishlab chiqdi. Mazkur qurilma “Lamborghini”ning butunlay qattiq simlardan yasalgan g‘aroyib nusxasidir. Shunga qaramasdan avtomobil harakatlana oladi va bu bilan o‘zining asosiy vazifasini bajaradi. Asosiysi tezlikni oshirmaslik aks holda yuqori tezlik natijasida avtomobillar orasida shaklini o‘zgarib ketishi mumkin.
Shaffof avtomobil
Korpusi sizni tashqi nigohlardan himoya qilmaydigan yana bir avtoulov. Mazkur “Nissan” avtomobili korpusining shaffofligi dvigatel ishlashini ko‘rish va qismlarining boshqa xususiyatlarini, ularning joylashishini kuzatishda qo‘l keladi. Ammo ortiqcha nigohlarni yoqtirmaydigan kishilar uchun esa boshqa avtomobilni tanlagan ma'qul.
Velosiped asosga ishlangan “Porshe”
Mazkur avtomobilda (agar uni avtomobil deb atash mumkin bo‘lsa) motor mavjud emas. Uning vazifasini korpus ichiga o‘rnatilgan vilosiped bajaradi. Model korpusi tilla xalli skotch bilan qoplangan plastik materialdan ishlangan. Ushbu qo‘lbola “Porshe”ning nomi “Ferdinand GT3 RS” dir va u do‘stlarga xazil tariqasida sovg‘a qilishda as qotishdan boshqa narsaga yaramaydi.
Muzdan barpo etilgan avtomobil
Konditsioner ham vintelyator ham foyda bera olmaydagan jazirama kunlarda yordamga muzdan ishlangan yuk mashinasi keladi. Kanadaning “Canadian Tire i Iceculture” deb nomlangan kompaniyasi o‘ta past haroratda ham ishlay olishi mumkin bo‘lgan avtomobil akkumulyatorini reklama qilish maqsadida muz avtomobilini ishlab chiqdilar. Mazkur avtoulovda yozning issiq kunlari shahar ko‘chalarida sayr qilishni xohlaydiganlar ham topiladi. Ammo bu sayr uzoq davom etmasligi aniq.
Krossovka shaklidagi mashina
G‘aroyib shakldagi ushbu avtomobil, sport kiyimining ashaddiy ishqibozlari va sport bilan muntazam shug‘ullanadigan insonlar uchun mo‘ljallangan. Avtomobilning markasi “Reebok” bo‘lib, uni minib ertalabki mashg‘ulot o‘tadigan joyga borishingiz yoki tabiat qo‘yniga sayrga chiqishingiz mumkin. Ammo bu avtoulov bilan restoran yoki klublarga borish to‘g‘ri bo‘lmaydi.
Ayollar poyabzali ko‘rinishidagi avtomobil
Avtomobil ayollar oyoq kiyimi ko‘rinishida ishlangan. U elektr toki yordamida harakatlanadi. Ushbu avtoulov biznes bilan shug‘ullanadigan, muvafaqqiyatli insonlarning garajidan joy olishi g‘ayritabiiy xolat bo‘lar edi. O‘ta qiziquvchan, hamma narsalarni o‘zida sinab ko‘rishni xohlaydiganlar uchun esa ushbu mashina navbatdagi qiziqish maxsuli bo‘lib xizmat qilsa neajab.
Bir narxdagi ikki “Juk” avtoulovi
Ixcham, bejirim avtomobillar tez va oson joylashtirish uchun qulaydir. Ammo ularning sig‘imi doim ham istaganingdek bo‘lmaydi. Serg‘ayrat do‘stlar bilan aylangani sayrga chiqish istagi tug‘ilsa mazkur avtomobilda yetarli joy bo‘lmaydi. Bunday xolatda yana bir shunga o‘xshash avtomobil yordamga keladi. Ikkinchi avtomobil birinchisiga shunday qilib mahkamlanganki, mashinadagi yo‘lovchilar bemalol suhbatlashib, ichimliklarni bir-birlariga ulasha oladilar.
Klaustrofoblar (tor ) uchun mo‘ljallanmagan avto
Ixchamlik va bejirimlik bugungi kunda asosiy sifatlardan biridir. Shahar ko‘chalaridagi tirbandliklarda oson harakatlana oladigan va to‘xtab turgan mashinalar orasiga bemalol joylasha oladigan avtomobil bebaho hisoblanadi. Asosiysi mashina hajmini to‘g‘ri tanlay bilishdir. Muzkur qo‘lbola avtomobil asoschisi Xitoylik fermer Old Guo bo‘lib, mashina qiymati 500 AQSh dollariga baholangan. Mashinani qayta ishlagan usta umrining asosiy qismida fermerlik bilan shug‘ullangan. Ushbu mitti avto kapotining ichida elektr dvigitel o‘rnatilgan bo‘lib, to‘la quvvat bilan 60 km masofagacha harakatlana oladi. Shuningdek, bu kabi mashinalarning yanada ixcham ko‘rinishlari ham mavjud.
Sarvar Ishoqov tayyorladi.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!