$
12171.03 UZS
-86.1
145.92 UZS
-0.77
14364.25 UZS
-69.75
31° Kechasi 18°

Samolyot bortidagi “qora quti” qanday ishlaydi?

15:12 / 10.01.2020

Har gal aviahalokat ro‘y berganda qayta-qayta tilga olinadigan qora quti nima o‘zi, aslida? Haqiqatan ham qutimi? Haqiqatan ham u qorami? Bu savollarga quyida javob topamiz.

Qora quti: Aslida u nima?
29-oktabr kuni ertalab Indoneziyaning Jakarta aeroportidan ko‘tarilgan Boeing 737 Max 8 samolyoti uchishning 13 daqiqasida halokatga uchradi. Bortdagi 189 kishining hammasi, afsuski halok bo‘lishdi. Qora qutilar, aslida bort yozuvchilari, deb ataluvchi to‘q sariq uzun silindrlar darrov topildi, yozuvlar o‘rganildi.   
“To‘xtab turing, yana qanaqa silindr, axir aniq aytilganku “Qora quti” deb”, deya e’tiroz bilidirishingiz mumkin. Aslida samolyot bortida hech qanaqa quti, ustiga ustak qora quti yo‘q: bort yozuvchisi, deb ataluvchi moslama to‘q sariq, yorqin qizil ranglarda, sharsimon yoki dumaloq bo‘lishi mumkin.
Bu juda oddiy: halokat paytida dumaloq predmetlarga jiddiy zarar yetmaydi, yorqin ranglar esa uni tezroq topilishiga ko‘maklashadi. 

Uning ichida nima bor?
Uning ichidagilar ham juda oddiy narsalar: flesh-xotira, nazorat qiluvchi va SSD-jamlovchi funksiyalarni bajaruvchi funksiyalarga ega zamonaviy yozuv apparati.
Qolaversa, ko‘pgina samolyotlarda hali hamon yozuv moslamasining eski modellari qo‘llanilmoqda. Ular uchish jarayoni haqidagi ma’lumotlarni plyonkaga va hatto, xuddi ilk magnitofonlar singari simga yozadi.

Bu moslamani saqlab qolish esa, juda muhim. Moslama issiqlikdan, urilishdan saqlovchi qatlamlar bilan juda mustahkam o‘raladi. Avtomatik yozuvchi moslamaning o‘zi titan va o‘ta sifatli po‘latdan yasalgan qobiq ichida saqlanadi. Xalqaro me’yorlarga ko‘ra zamonaviy bort yozuvchisi olov ichida 30 daqiqa, suv ostida 6 kilometr chuqurlikda 1 oy mobaynida hech qanaqa zarar ko‘rmasdan turishi, shuningdek, 3400 G dan ortiq yuklamada 6,5 soniyagacha bo‘lgan ma’lumotlarni saqlab qolishi lozim. Qobig‘iga ultratovush tarqatuvchi mayoq o‘rnatilgan bo‘lib, suvga tushgan zahoti ishlab ketadi. Bu suv ostidagi qidiruv ishlarini ancha yengillatadi. Halokat quruqlikda sodir bo‘lsa, qidiruv ancha yengil kechadi, moslama tushgan yer voqea joyidan uncha uzoq bo‘lmaydi.   

Yozuvlarni yo‘qotib qo‘yish ehtimolining oldini olish uchun moslama samolyotda bir emas, bir nechta bo‘ladi. Qolaversa yozuvlar yig‘adigan ma’lumotlariga qarab parametrik va ovozli yozuvlarga ajratiladi.  

Ovoz yozuvchi moslama ekipaj va dispetcherlarning so‘zlashuvini, atrofdagi ovozlarni, gap-so‘zlarini yozib boradi. Parametrik yozuvchi moslama esa samolyotning koordinatalaridan tortib, yo‘nalishi, tezligi, har bir dvigatelning holatigacha muxrlab qo‘yadi. Har bir parametr sekundiga bir necha marta yozib boriladi. Tezkor o‘zgarishlarda yozib olish tezligi ham ortadi. Yozuv sikllarda amalga oshiriladi, xuddi avtomobillarning videoregistratorlaridagi kabi: yangi ma’lumotlar sikli eskilarini o‘chirib boraveradi. Har bir siklning uzunligi 17-25 soatdan iborat bo‘ladi. Demakki, bu vaqt oralig‘i har qanday uchish vaqtiga yetadi. 

U samolyotning qayerida joylashtiriladi?
Halokat sodir bo‘lganda samolyotning dum qismi kamroq talafot ko‘rishi ma’lum. Shu sababdan ham qora qutilar samolyotning dum qismiga o‘rnatiladi. 

Qora qutilar qanday “расшифровка” qilinadi?
Hech qanday. Chunki, yozib olingan ma’lumotlarni shriftlarga ko‘chirish shart emas. “Pасшифровка” deganda yozib olingan suhbatni  matn ko‘rinishiga aylantirish tushuniladi. Bu ishni jurnalistlar yaxshi bilishadi. Ular o‘z ovozli intervyularni so‘zma-so‘z  qog‘ozga tushirib, “расшифровка” qilishadi. Agar yozuv moslamasi zararlanmagan bo‘lsa, ekspertlar uni halokat sabablarini aniqlash uchun aeroportning o‘zidayoq ochishadi. Agar zararlangan bo‘lsa, jarayon biroz cho‘ziladi: mahsus laboratoriyalarda lentalarni, mikrosxemalarni ulash ishlari amalga oshiriladi. Bort uchun tayyorlangan har qanaqa yozuv moslamasi, agar Marian chuqurligi tagida qolib ketmasa, qayta tiklanadi.

Nima uchun “Qora quti” deb ataladi?
Yozuvchi moslamaning nomlanishi borasida turli taxminlar bor. Ammo, eng mashhuri ikkita. Bir paytlar yozuvda fotoplyonka qo‘llanilgan va yorug‘likdan saqlash maqsadida qora qutilarga solingan. Bu birinchi taxmin bo‘lsa, ikkinchi taxmin kashfiyotchi Devid Uorren nomi bilan bog‘liq. Uorren 1953-yilda suhbatni yozib oluvchi ilk moslamani taklif qilgan. Moslama himoya maqsadida po‘lat qutiga solingan edi. Po‘lat qutining ichida esa “Qora quti” deyish uchun asos bo‘ladigan hech narsa bo‘lmagan.


Bu ham qiziq

AQShda To‘qayev va Zelenskiy uchrashdi

AQShda To‘qayev va Zelenskiy uchrashdi

Bu haqda Qozog‘iston prezidenti matbuot xizmati xabar berdi.
11:59 / 23.09.2025
24-sentyabr kuni kutilayotgan ob-havo ma’lumoti

24-sentyabr kuni kutilayotgan ob-havo ma’lumoti

O‘zbekiston Respublikasi Gidrometeorologiya xizmati agentligining xabar berishicha, 24-sentyabr kuni Toshkentda havo biroz b…
16:56 / 23.09.2025
Surxondaryoda 15 yoshli qiz turmushga berildimi?

Surxondaryoda 15 yoshli qiz turmushga berildimi?

Hozirda A.R. Denov tumanidagi kasb-hunar maktabida ta’lim olayotgan bo‘lib, uning huquqlari va ta’lim jarayoni mutasaddilar …
17:51 / 21.09.2025
Endi super kontrakt miqdorini OTM rektorlari belgilaydi

Endi super kontrakt miqdorini OTM rektorlari belgilaydi

Maqsadli qabul asosida tavsiya etilgan abituriyentlar ushbu imtiyozda
10:53 / 23.09.2025
Toshkent havosi eng iflos shaharlar reytingida 1-o‘ringa chiqdi

Toshkent havosi eng iflos shaharlar reytingida 1-o‘ringa chiqdi

Ayni paytda Toshkent dunyodagi eng iflos shaharlardan biriga aylandi.
15:59 / 22.09.2025
Toshkentda mushukni qiynagan Xitoy fuqarosi 5 sutkaga qamaldi

Toshkentda mushukni qiynagan Xitoy fuqarosi 5 sutkaga qamaldi

Jamiyat bu ishni IIV, TIV va Xitoy elchixonasiga yetkazib, javobgarlik va deportatsiya talabini qo‘ygan.
11:07 / 22.09.2025
Netanyaxu AQSh ko‘magida Falastinni tan olgan davlatlarga javob qaytarishga va’da berdi

Netanyaxu AQSh ko‘magida Falastinni tan olgan davlatlarga javob qaytarishga va’da berdi

Falastin davlatini tuzish chaqiriqlari — bu terrorizmni mukofotlash va bizning mavjudligimizga tahdiddir.
10:00 / 22.09.2025
Hududlar yer huquqbuzarliklari bo‘yicha “qizil”, “sariq” va “yashil” toifalarga ajratiladi

Hududlar yer huquqbuzarliklari bo‘yicha “qizil”, “sariq” va “yashil” toifalarga ajratiladi

Prezident O‘zbekistonda yerga oid munosabatlarda korrupsiyaviy omillarni bartaraf etish mexanizmlarini yanada takomillashtir…
11:31 / 22.09.2025
Abituriyentlar uchun OTMlarga kirish bo‘yicha qo‘shimcha imkoniyatlar belgilandi

Abituriyentlar uchun OTMlarga kirish bo‘yicha qo‘shimcha imkoniyatlar belgilandi

Davlat qabul komissiyasi bayoniga muvofiq, 2025/2026-o‘quv yili uchun bakalavriat ta’lim yo‘nalishlarida vakant qolgan o‘rin…
15:41 / 22.09.2025
Ukraina Qrimga dron hujumlarini uyushtirdi

Ukraina Qrimga dron hujumlarini uyushtirdi

Ukraina Mudofaa vazirligi Bosh razvedka boshqarmasi anneksiya qilingan yarim orolda Rossiyaning ikkita amfibiya samolyoti yo…
14:21 / 22.09.2025

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!