$
12165.24 UZS
-25.19
159.42 UZS
-2.67
14330.65 UZS
-32.11
31° Kechasi 18°

Qo‘qonda ochilgan yangi universitetda qabul jarayoni boshlanadi

14:06 / 02.09.2019

O‘zR Vazirlar Mahkamasining qaroriga muvofiq 2019/2020-o‘quv yili uchun Qo‘qon universiteti joriy yilning 5-sentyabridan o‘z faoliyatini boshlaydi.

Universitetda quyidagi ta'lim yo‘nalishlarda bakalavrlar tayyorlanadi:

 Iqtisodiyot;                               
 Menejment;                        
 Moliya;                                           
 Tadbirkorlik;                            
 Maktabgacha ta'lim;                   
 Boshlang‘ich ta'lim;
 Xorijiy til va adabiyoti: ingliz tili.

Qo‘qon universitetida talabalar kunduzgi ta'lim shaklida, to‘lov-shartnoma asosida o‘qitiladi. 
  
Bitiruvchilariga O‘zbekiston Respublikasida oliy ma'lumot to‘g‘risidagi hujjat sifatida e'tirof etiladigan belgilangan namunadagi diplom beriladi.

Hujjatlar 2019-yilning 5-sentyabridan 20-sentyabriga qadar qabul qilinadi (yakshanba kunlari ham). 

Universitet qabul komissiyasi abituriyentlarni quyidagi hujjatlar asosida maxsus baza orqali ro‘yxatdan o‘tkazadi:

1. Pasport (tug‘ilganlik to‘g‘risida ma'lumotnoma) asli;
2. Umumiy o‘rta ta'lim (11-sinf negizida) yoki o‘rta maxsus, kasb-hunar ta'limi muassasasini tugatganligi haqidagi hujjat (ilovasi bilan) asli;
3. Chet tili sertifikati (agarda mavjud bo‘lsa) asli va nusxasi.

Iqtisodiyot, Menejment, Moliya va Tadbirkorlik ta'lim yo‘nalishlariga hujjat topshirgan abituriyentlar quyidagi fanlardan test topshiradilar:

-  Matematika (har bir to‘g‘ri javob uchun 3,1 ball);
-  Ingliz tili (har bir to‘g‘ri javob uchun 2,1 ball);
-  O‘zbek tili va adabiyoti (har bir to‘g‘ri javob uchun 1,1 ball).

Maktabgacha ta'lim:
-  Biologiya (har bir to‘g‘ri javob uchun 3,1 ball);
-  O‘zbek tili va adabiyoti (har bir to‘g‘ri javob uchun 2,1 ball);
-  Tarix (har bir to‘g‘ri javob uchun 1,1 ball).

Boshlang‘ich ta'lim:
-  O‘zbek tili va adabiyoti (har bir to‘g‘ri javob uchun 3,1 ball);
-  Matematika (har bir to‘g‘ri javob uchun 2,1 ball);
-  Ingliz tili (har bir to‘g‘ri javob uchun 1,1 ball). 

Xorijiy til va adabiyoti: ingliz tili:
-  Ingliz tili (har bir to‘g‘ri javob uchun 3,1 ball);
-  O‘zbek tili va adabiyoti (har bir to‘g‘ri javob uchun 2,1 ball);
-  Tarix (har bir to‘g‘ri javob uchun 1,1 ball).

Xorijiy fuqarolar universiteti tomonidan belgilangan tartibda o‘tkaziladigan suhbat asosida  qabul qilinadi.

Kirish imtihonlaridan muvaffaqiyatli o‘tgan abituriyentlar uchun o‘qish 2019-yilning 2-oktyabr kunidan boshlanadi.


Bu ham qiziq

9 kg ga yaqin opiy musodara qilindi

9 kg ga yaqin opiy musodara qilindi

Surxondaryo va Xorazm viloyatlarida o‘tkazilgan tezkor tadbirlar davomida yirik miqdordagi narkotik moddalarning noqonuniy a…
16:55 / 16.04.2026
Surxondaryoda o‘tkazilgan media haftalik muvaffaqiyatli yakunlandi

Surxondaryoda o‘tkazilgan media haftalik muvaffaqiyatli yakunlandi

Ushbu loyiha oddiy tadbir emas, balki ishtirokchilar uchun haqiqiy tajriba maydoniga aylandi.
15:07 / 18.04.2026
Sergelida YTH: holat yuzasidan izoh berildi

Sergelida YTH: holat yuzasidan izoh berildi

Internet tarmoqlarda Sergeli tumanida Jentra avtomobili va maktab o‘quvchisi bilan bog‘liq yo‘l-transport hodisasi muhokamal…
15:09 / 17.04.2026
Chegara hududida yirik miqdordagi narkotiklar aniqlandi

Chegara hududida yirik miqdordagi narkotiklar aniqlandi

Davlat chegarasini qo‘riqlash bo‘yicha o‘tkazilgan tezkor tadbirlar davomida Farg‘ona viloyatida katta miqdordagi narkotik m…
09:31 / 18.04.2026
Toshkent–Yerevan yo‘nalishida to‘g‘ridan-to‘g‘ri reyslar rejalashtirilmoqda

Toshkent–Yerevan yo‘nalishida to‘g‘ridan-to‘g‘ri reyslar rejalashtirilmoqda

Toshkent va Yerevan o‘rtasida muntazam to‘g‘ridan-to‘g‘ri aviaqatnovlar 2026-yil may oyidan boshlab yo‘lga qo‘yilishi mumkin…
10:10 / 16.04.2026
Andijonda “prava”siz avtomobil boshqarib, drift qilgan yigitlar 15 sutkaga qamaldi

Andijonda “prava”siz avtomobil boshqarib, drift qilgan yigitlar 15 sutkaga qamaldi

Andijon viloyatida avtomobilni haydovchilik guvohnomasiz boshqarib, yo‘l harakati qoidalarini qo‘pol ravishda buzgan hamda d…
11:22 / 18.04.2026
Eron AQSh bilan yangi muzokaralar raundiga hali rozi bo‘lmadi

Eron AQSh bilan yangi muzokaralar raundiga hali rozi bo‘lmadi

Eron hukumati AQSh bilan navbatdagi muzokaralar o‘tkazish bo‘yicha hozircha kelishuvga erishmaganini ma’lum qildi. Bu haqda …
17:57 / 18.04.2026
Ayrim tadbirkorlar 2030-yilgacha soliqlardan ozod qilinadi

Ayrim tadbirkorlar 2030-yilgacha soliqlardan ozod qilinadi

O‘zbekistonda nogiron farzandini kunduzgi parvarish xizmatiga bergan ota-onalar uchun ushbu xizmatga oyiga 3 million so‘mgac…
13:32 / 18.04.2026
Poytaxt iqtisodiyotida qo‘shimcha o‘sish nuqtalari belgilandi

Poytaxt iqtisodiyotida qo‘shimcha o‘sish nuqtalari belgilandi

Prezident Shavkat Mirziyoyev Toshkent shahri iqtisodiyotida yuqori oʻsish surʼatlarini taʼminlash, mavjud zaxiralarni toʻliq…
09:26 / 17.04.2026
“Sikada” shtammi: xavotirga o‘rin yo‘q

“Sikada” shtammi: xavotirga o‘rin yo‘q

So‘nggi paytlarda COVID-19’ning “Sikada” (BA.3.2) shtammi haqida xabarlar tarqalmoqda.
10:35 / 17.04.2026

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!