$
12694.97 UZS
40.84
161.60 UZS
0.42
14878.50 UZS
60.51
37° Kechasi 24°

Uy sharoitida chiroyli soch turmagini oson yasashning 10 usuli

10:59 / 23.12.2019

“Quloqsiz” sochlarni tartibga keltirib, ulardan chiroyli jingalak, ajoyib soch turmagini yasamoqchimisiz? Buni faqat mohir sartaroshgina amalga oshira oladi, deysizmi? Yanglishasiz, bu sizning ham qo‘lingizdan keladi… 

1.  Soch turmagini uzoqroq saqlanishi uchun

Sochlarni jingalak yoki oddiygina stayler (sochni jingalak qiluvchi moslama) bilan turmaklayotganingizda turmaklashni boshning o‘rtasidan boshlang. Shunda soch turmagi uzoqroq saqlanadi. 

2.   Agar sochlar hech jingalak bo‘lishni istamasa

“Qaysar” sochlarni ba’zida jingalak qilish qiyinchilik tug‘diradi. Bunday holatda folga qog‘ozi yordamga keladi. Soch avvaliga yumaloq shaklda o‘raladi. Uni yana folga qog‘oziga o‘rab, soch dazmoli yordamida ustidan bosib chiqiladi. Qarabsizki, chiroyli jingalaklar hosil bo’ladi.

3.  Soch turmagi tez buziladigan sochlar uchun

Agar sochingiz og‘ir bo‘lib, unda yuqoridan yig‘ilgan soch turmagining turishi qiyin bo‘lsa, quyidagi oddiy tavsiyaga e’tibor qiling. Soch turmagini yasashda oddiy soch to‘g‘nog‘ichlarini emas, spiral shakldagilaridan foydalaning. Shunda chiroyli soch turmagingiz buzilib ketmaydi.

4.  Choyli lakka ho‘llangan soch turmagi yaxshi saqlanadi

Soch turmagini qotirish uchun maxsus choyli lakdan foydalanib ko‘rganmisiz? Ularda ham soch turmagi uzoqroq saqlanadi, ham tabiiy mahsulotdan tayyorlangani sabab sochga ziyon keltirmaydi. 
2 choy qoshiq qora choy yoki bir paketchali choy bir stakan qaynagan suvga solib damlanadi. Soch turmagini yasashdan oldin sochlarni mazkur eritmaga solib namlab oling. Ana undan keyin ularni jingalak qiling.

5.  Yig‘ilgan sochni uzun va hajmdor ko‘rsatish uchun

Buning uchun soch yuqoridan pastga tomon ikkiga ajratiladi va ular soch dazmoli yoki stayler yordamida jingalak qilib olinadi. Shundan so‘ng ular ustma-ust ikkita alohida-alohida soch qisqichi bilan yig‘iladi. 
Oxirida sochlarni qo‘llaringiz bilan tarab-tarab qo‘ysangiz, hajmdor soch turmagi paydo bo‘ladi.

6.  Sochlarni oddiygina ko‘zoynaklar ham hajmdor qilib ko‘rsatishi mumkin

Yuvilgan sochlarni quritish vaqtida uni sochiq bilan ortga tomon tashlab quritishga harakat qiling. Sochlar biroz qurigach, boshga ko‘zoynak taqiladi. So‘ng ko‘zoynak biroz oldinga suriladi va shu bilan sochlar ildizidan biroz ko‘tariladi. Sochlar shu holatda yaxshilab qurigach, ko‘zoynakni olib tashlashingiz mumkin. Sochlaringiz hajmdor, yuz atrofidagilarida esa chiroyli tabiiy to‘lqinlar paydo bo‘ladi.

7.    Yig‘ilgan sochlar orasi ochilib qolmasligi uchun

Ba’zida “dumcha” shaklida yig‘ilgan sochlar orasi ochilib qoladi. Siyrak sochlarni ko‘rsatmaslik uchun, yig‘ilgandan so‘ng soch ildizlarini soch rangiga mos qovoqlar uchun mo‘ljallangan ten bilan bo‘yab chiqing. 

8.  Tabiiy jingalaklarni yaratishning oson usuli

Sochlar bir nechta bo‘laklarga bo‘linib, bir xil kattalikda o‘riladi. Ularning har birining ustidan soch dazmoli bosib chiqiladi. Soch o‘rimi qancha qalin bo‘lsa, jingalaklar shuncha katta bo‘ladi. Agar kechasi o‘rilgan sochlar bilan yotilsa, tabiiy jingalaklar o‘zidan-o‘zi hosil bo‘ladi. 

9.  “Quloqsiz” sochlar uchun yana bir tavsiya

Agar sochlaringiz qattiq va xurpaygan bo‘lsa, ularni yuvilgandan so‘ng quritish vaqtida to‘zg‘itmaslikka harakat qiling. Yaxshisi, ularni sochiq bilan ehtiyotkorona o‘rab, yengil harakatlar bilan suvni shimishga harakat qiling.

10.   Oddiy soch to‘g‘nog‘ichlari – “nevidimka”lardan g‘aroyib aksessuar yaratish mumkin. Uchta “nevidimka” olinadi va ularni sochga uchburchak shaklida taqiladi. Biroq bunda to‘qnog‘ichning to‘lqinli tomoni orqada, tekis tomoni esa yuqori holatda taqilishi kerak bo‘ladi.


Bu ham qiziq

Shavkat Mirziyoyev Gurbanguli Berdimuhamedovni tavallud kuni bilan qutladi

Shavkat Mirziyoyev Gurbanguli Berdimuhamedovni tavallud kuni bilan qutladi

Turkman xalqining milliy yetakchisi O‘zbekiston Prezidentiga Turkmaniston Prezidenti Serdar Berdimuhamedovning salomini yetk…
16:24 / 29.06.2025
Iyul oyining ilk kunlarida qanday ob-havo kuzatiladi?

Iyul oyining ilk kunlarida qanday ob-havo kuzatiladi?

“O‘zgidromet” 30-iyun–2-iyul kunlari uchun ob-havo prognozini e’lon qildi.
12:12 / 29.06.2025
1-iyul kuni kutilayotgan ob-havo ma’lumoti

1-iyul kuni kutilayotgan ob-havo ma’lumoti

1-iyul kuni Toshkentda havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. Sharqdan sekundiga 3-8 metr tezlikda shamol es…
16:22 / 30.06.2025
“Bo‘zsuv” kanaliga tushib ketgan erkak qutqarildi

“Bo‘zsuv” kanaliga tushib ketgan erkak qutqarildi

Xabarga asosan, zudlik bilan aytilgan manzilga bir guruh qutqaruvchilar yetib borib, fuqaroni sog‘-salomat qutqarib olishgan.
10:39 / 28.06.2025
O‘qishga kira olmagan maktab bitiruvchilarini band etish bo‘yicha dastur qabul qilindi

O‘qishga kira olmagan maktab bitiruvchilarini band etish bo‘yicha dastur qabul qilindi

O‘zbekistonda o‘qishga kira olmagan maktab bitiruvchilari hamda texnikum va oliygohlarni tugatayotgan talabalarni band etish…
14:43 / 30.06.2025
DXX tomonidan Namanganda qalbaki dollar savdosi fosh qilindi

DXX tomonidan Namanganda qalbaki dollar savdosi fosh qilindi

Holat yuzasidan qonunbuzarlarga nisbatan Jinoyat Kodeksining 176-moddasi 3-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, …
10:38 / 01.07.2025
Eron AQSh hujumlarini zaif deb hisoblaydi

Eron AQSh hujumlarini zaif deb hisoblaydi

Gazeta bu ma’lumotni AQSh maxsus xizmatlariga yaqin bo‘lgan to‘rt manbasiga tayanib bergan. Nashr ma’lumotlariga ko‘ra, avia…
14:26 / 30.06.2025
AQSh Oliy sudi tug‘ilganlik orqali fuqarolik berish masalasida Tramp qarorini qo‘llab-quvvatladi

AQSh Oliy sudi tug‘ilganlik orqali fuqarolik berish masalasida Tramp qarorini qo‘llab-quvvatladi

Ushbu farmon Qo‘shma Shtatlardagi noqonuniy muhojirlarning mamlakatda tug‘ilgan bolalariga fuqarolik berishni taqiqlaydi.
14:18 / 28.06.2025
Xalqaro qidiruvda bo‘lgan shaxs Polshadan O‘zbekistonga ekstraditsiya qilindi

Xalqaro qidiruvda bo‘lgan shaxs Polshadan O‘zbekistonga ekstraditsiya qilindi

“O‘zbekistonda jinoyat sodir etgani uchun xalqaro qidiruvga berilgan A.A. Polshadan mamlakatimizga ekstraditsiya qilindi”, –…
17:00 / 28.06.2025
Klublar o‘rtasidagi JCh. “Chelsi” “Benfika”dan ustun keldi va 1/4 final yo‘llanmasiga ega chiqdi

Klublar o‘rtasidagi JCh. “Chelsi” “Benfika”dan ustun keldi va 1/4 final yo‘llanmasiga ega chiqdi

Klublar o‘rtasidagi Jahon chempionati 1/8 final bosqichi doirasidagi “Benfika” — “Chelsi” uchrashuvi yakuniga yetdi. Qiziqar…
09:30 / 29.06.2025

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!