Bugun, 4-aprel kuni Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashining navbatdan tashqari sessiyasi bo‘lib o‘tdi, deb xabar bermoqda Farg‘ona viloyati hokimligi matbuot xizmati.
Sessiyada tashkiliy masala ko‘rilib, shahar hokimi vazifasini bajarib kelayotgan Mirzohid Ubaydullayev boshqa ishga o‘tishi munosabati bilan o‘z lavozimidan ozod etilgan.
Ta’kidlanishicha, viloyat hokimi Shuhrat Gʻaniyev qarori bilan Adham Ziyovuddinov Marg‘ilon shahar hokimi lavozimiga tasdiqlandi.
Adham Ziyovuddinov 2011-yildan beri Farg‘ona viloyati Quvasoy tuman hokimi lavozimida ishlab kelgan.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!