Rossiyada migrantlar uchun migratsiya va fuqarolikka oid davlat bojlari oshirilishi rejalashtirilgan. Mazkur taklif Moliya vazirligi tomonidan ilgari surilgan bo‘lib, tegishli tartibda ko‘rib chiqilmoqda.
Yangi tartibga ko‘ra:
— fuqarolik olish uchun to‘lov 4 200 rubldan 50 000 rublgacha oshiriladi;
— taklifnoma rasmiylashtirish 960 rubldan 8 000 rublgacha yetkaziladi;
— vizalar uchun to‘lovlar 1 200 rubldan 6 000 rublgacha belgilanadi;
— vaqtincha yashash ruxsatnomasi 15 000 rublgacha;
— doimiy yashash ruxsatnomasi 30 000 rublgacha;
— xorijiy ishchi kuchini jalb qilish uchun to‘lov 15 000 rublgacha oshiriladi.
Mazkur o‘zgarishlar qabul qilinishi bilan migrantlar uchun moliyaviy yuklama sezilarli darajada ortishi kutilmoqda.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!