Navoiy viloyatining Karmana tumanida maktab o‘quvchisi boshqaruvidagi avtomobil yo‘l-transport hodisasiga uchradi. Bu haqda viloyat Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi ma’lum qildi.
Voqea 22-aprel kuni soat 21:00 lar atrofida tuman hududidagi Malik mahallasida sodir bo‘lgan. “Cobalt” rusumli avtomobilda 22-umumta’lim maktabining ikki nafar o‘quvchisi bo‘lgan.
Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, haydovchi boshqaruvni yo‘qotishi oqibatida avtomobil yo‘ldan chiqib ketgan.
YTH natijasida 9-sinf o‘quvchisi shifoxonada vafot etgan, 11-sinf o‘quvchisi esa tan jarohati olib, shifoxonaga yotqizilgan.
Hozirda holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv ishlari olib borilmoqda.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!