Prezident Shavkat Mirziyoyev tashrifining ikkinchi kuni Farg‘ona shahrida Investorlarga xizmat ko‘rsatish markazi faoliyati bilan tanishdi.
“Farg‘ona ekspo” xalqaro ko‘rgazmalar markazi viloyatning iqtisodiy salohiyatini namoyish etish, sanoat kooperatsiyasini rivojlantirish, eksportni oshirish va investorlar uchun qulay muhit yaratishga xizmat qilmoqda. Majmuada 200 dan ortiq korxona o‘z mahsulotlarini namoyish etish imkoniga ega.
Markaz tarkibida 8 qavatli bino ham mavjud bo‘lib, pastki qavatlar tadbirkorlik va investitsiya tashkilotlariga, yuqori qavatlar esa ofislar uchun ajratilgan.
Shuningdek, yil davomida 15 ta yo‘nalishda doimiy ko‘rgazmalar o‘tkazilishi rejalashtirilgan. Farg‘ona tajribasi asosida shunday markazlarni boshqa hududlarda ham qurish ko‘zda tutilgan.
Tashrif davomida investitsiya loyihalarini boshqarish uchun joriy etilgan raqamli platformalar ham taqdim etildi. Ushbu tizimlar “yagona darcha” tamoyili asosida ishlab, investorlar uchun jarayonlarni ochiq va tezkor qiladi.
Viloyatda Xitoy, Janubiy Koreya, Turkiya, Fransiya, BAA va Qatar bilan hamkorlikda energetika, tibbiyot, suv ta’minoti va sanoat yo‘nalishlarida yirik loyihalar amalga oshirilishi rejalashtirilgan.
Prezident tadbirkorlar bilan muloqot qilib, investitsiya loyihalarini tezlashtirish va mavjud muammolarni hal etish bo‘yicha mutasaddilarga topshiriqlar berdi.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!