$
12060.55 UZS
-36.78
161.32 UZS
0.79
14183.21 UZS
-50.51
31° Kechasi 18°

Termometr sinsa nima qilish kerak?

13:32 / 11.11.2019

Yoshligimizda termometrni o‘ynamaslikni, singanida ichidagi simob xavfli, deb bot-bot uqtirishardi. U vaqtlar simob haqida hech qanday tasavvur ham, bilim ham yo‘q edi. Sizda-chi? Tana haroratini o‘lchashda asosiy ko‘rsatkich bo‘lmish termometr ichidagi simob nimasi bilan xavfli? Quyida shu haqida bilib olamiz.

Xavfli modda

Simob haqiqatdan ham xavfli modda hisoblanadi. Ushbu modda termometr ichidan “qo‘nim topgan” bo‘lib, hazm qilish va nafas olish tizimi orqali bilangina inson organizmiga tushishi mumkin. 

To‘g‘ri, dumaloq shakldagi simobni bilmasdan yeb qo‘yishning iloji yo‘q (agar kichkina bola bo‘lmasa). 
Ammo singan termometrdan tashqariga chiqqan simobni hidlab qo‘yish har birimizga xavf soladi. Oqibatda, simobdan zaharlanish – qayd qilish, ko‘ngil aynishi, ozib ketish kabi belgilar yuzaga keladi. Zaharlanishni o‘z vaqtida bartaraf etmaslik esa markaziy asab tizimi va buyraklar faoliyatiga jiddiy ta’sir ko‘rsatadi.

Nima qilish kerak?

• Singan termometrni va ichidagi simobni yig‘ib olish uchun rezina qo‘lqop kiyib olish zarur. Chunki, simob zarrasi teriga tegmasligi kerak.

• Termometrning singan sohasini alohida ajratib qo‘yish lozim. 

• Singan qoldiqlarni sovuq suv solingan idishga yig‘ish tavsiya etiladi. Yig‘ib bo‘lgach, darhol idish qopqog‘i zichlab yopilishi kerak. Bu o‘rinda savol tug‘iladi, muzdek suv nima uchun kerak? Sovuq suv simobning havoda bug‘lanib ketishining oldini oladi.

• Termomert singan xonaning eshik-derazalari ochilib, xona yaxshilab shamollatilishi zarur.

• Simob to‘kilgan yer xlorli yoki xloraminli suv bilan artiladi. Agar xonadonda ushbu kimyoviy moddalar bo‘lmasa, oddiygina sovunli suvdan ham foydalanishingiz mumkin. Buning uchun sizga 30 g. iste’mol sodasi, 40 g. sovun va bir litr suv kerak bo‘ladi.

Nima qilish mumkin emas?

• Singan termometrni chiqindi qutisiga tashlamang. Qutiga solingan ikki gramm simob 6 000 kubometrli havoni zaharlaydi.

• Simobni supurgi bilan supurish, chang yutgich bilan tozalash mumkin emas. Chunki, simob bilan zaharlangan bunday ro‘zg‘or buyumini tashlab yuborishingizga to‘g‘ri keladi.

• Simob tekkan ko‘ylak yoki poyabzalni kir yuvish mashinasida yuvish mumkin emas. Yaxshisi, ularni tashlab yuboring.

• Simobni kanalizatsiya quvuriga oqizish ham taqiqlanadi. Chunki, ushbu modda quvurlarda qolib ketishi mumkin. Uni tozalash esa anchagina qiyinchilik tug‘diradigan ish.


Bu ham qiziq

Termizda maktab direktori pora sabab 4 yilga qamaldi

Termizda maktab direktori pora sabab 4 yilga qamaldi

Surxondaryo viloyati Termiz tumanida maktab direktori 2 million so‘m pora olganlikda aybdor deb topilib, sud hukmi bilan 4 y…
10:16 / 22.04.2026
Jamiyat barqarorligi va kelajagi yoshlar tarbiyasi bilan bevosita bog‘liq.

Jamiyat barqarorligi va kelajagi yoshlar tarbiyasi bilan bevosita bog‘liq.

Xalqimizda “Bir bola yo‘ldan chiqsa – jamiyat izdan chiqadi” degan hikmat bejiz aytilmagan. Chunki bir yoshning giyohvandlik…
14:37 / 20.04.2026
Andijonda 24 kg dan ortiq giyohvand modda kontrabandasiga chek qo‘yildi

Andijonda 24 kg dan ortiq giyohvand modda kontrabandasiga chek qo‘yildi

Hozirda tergov harakatlari doirasida uning jinoiy sheriklarining shaxsiga aniqlik kiritilmoqda.
16:39 / 22.04.2026
Isroil va Bolgariyaga ishga yuborishni va’da qilgan shaxslar ushlandi

Isroil va Bolgariyaga ishga yuborishni va’da qilgan shaxslar ushlandi

Hozirda har ikki holat yuzasidan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
09:36 / 21.04.2026
Ziroat Mirziyoyeva va JSST rahbari bolalar onkologiyasi markaziga tashrif buyurdi

Ziroat Mirziyoyeva va JSST rahbari bolalar onkologiyasi markaziga tashrif buyurdi

JSST rahbari Tedros Gebreyesus Birinchi xonim Ziroat Mirziyoyevani «bolalar saratoniga qarshi kurash va ularning hayotini ya…
16:14 / 22.04.2026
Samarqand shahrida global miqyosda dolzarb ahamiyatga ega masalaga bag‘ishlangan xalqaro forum o‘z ishini boshladi.

Samarqand shahrida global miqyosda dolzarb ahamiyatga ega masalaga bag‘ishlangan xalqaro forum o‘z ishini boshladi.

“Jamoat salomatligi va xavfsizligini ta’minlash maqsadida transmilliy narkotahdidlarga qarshi kurashish” mavzusidagi mazkur …
17:31 / 20.04.2026
Andijonda bank mansabdori 40 ming dollar pora bilan ushlandi

Andijonda bank mansabdori 40 ming dollar pora bilan ushlandi

Respublikadagi banklardan birining Andijon viloyati bosh boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari xizmat vakolatidan foydalanib, no…
09:42 / 22.04.2026
23-aprel kuni O‘zbekistonda qanday ob-havo kuzatiladi?

23-aprel kuni O‘zbekistonda qanday ob-havo kuzatiladi?

Toshkent shahrida havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, vaqti-vaqti bilan yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq kuzatiladi.
16:00 / 22.04.2026
“Hij” ziyoratiga yuborish evaziga 26 ming AQSh dollari talab qilgan shaxs ushlandi

“Hij” ziyoratiga yuborish evaziga 26 ming AQSh dollari talab qilgan shaxs ushlandi

Namangan shahrida yashovchi shaxs Chust tumanida istiqomat qiluvchi 4 nafar fuqaroni “Haj-2026” mavsumida islom dinining aso…
11:01 / 20.04.2026
Eron bilan sulh uzaytiriladi, ammo blokada saqlanadi

Eron bilan sulh uzaytiriladi, ammo blokada saqlanadi

AQShning prezidenti Donald Tramp Eron bilan bog‘liq vaziyat yuzasidan bayonot berib, o‘t ochishni to‘xtatish rejimi uzaytiri…
10:02 / 22.04.2026

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!