Jamiyat barqarorligi va kelajagi yoshlar tarbiyasi bilan bevosita bog‘liq. Xalqimizda “Bir bola yo‘ldan chiqsa – jamiyat izdan chiqadi” degan hikmat bejiz aytilmagan. Chunki bir yoshning giyohvandlik kabi zararli illatlar ta’siriga tushib qolishi faqat uning shaxsiy hayoti yoki oilasi emas, balki butun jamiyat uchun jiddiy muammo hisoblanadi.
Shu sababli O‘zbekistonda bu yo‘nalishda kompleks yondashuv asosida ish olib borilmoqda. Ya’ni nafaqat oqibatlar bilan kurashish, balki eng avvalo yoshlarni bunday xavfli illatlardan asrash, ularning ongida sog‘lom hayot tarzini shakllantirishga alohida e’tibor qaratilmoqda.
Bugungi kunda bu jarayonda nuroniylar, tajribali faxriylar, mahalla faollari hamda keng jamoatchilik vakillari faol ishtirok etmoqda. Ularning yoshlar tarbiyasidagi o‘rni va ta’siri tobora ortib, ijobiy natijalar bermoqda.
Prezident Shavkat Mirziyoyevning “Jamoat salomatligi va xavfsizligini ta’minlash maqsadida transmilliy narkotahdidlarga qarshi kurashish” mavzusidagi xalqaro forum ishtirokchilariga murojaatidan.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!