Namangan shahrida yashovchi shaxs Chust tumanida istiqomat qiluvchi 4 nafar fuqaroni “Haj-2026” mavsumida islom dinining asosiy farzini ado etish uchun ularni noqonuniy yo‘llar bilan Saudiya Arabistoniga yuborishni va’da qilgan.
U mazkur “xizmat” evaziga jami 26 ming AQSh dollari talab qilgan.
Davlat xavfsizlik xizmati va Ichki ishlar organlari xodimlari hamkorligida Chust tumanida o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida u so‘ralgan pul mablag‘idan 6 ming AQSh dollarini olayotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlandi.
Hozirda ushbu holat bo‘yicha unga nisbatan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) 4-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Tergov harakatlari olib borilmoqda.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!