$
12980.16 UZS
44.89
161.63 UZS
1.16
14606.57 UZS
239.37
38° Kechasi 22°

Kun tarixi: Styuardessa kasbi paydo bo‘lgan kun. Propagandaga sabab bo‘lgan kasb haqida siz bilmagan sirlar

10:06 / 15.05.2020

Styuardessa – havo va dengiz kemasi yo‘lovchilariga xizmat qiluvchi fuqaro aviatsiyasi yoki dengiz floti xodimi.

Amerikalik Ellen Cherch dunyodagi birinchi styuardessa hisoblanadi. Aviatsiyaga qiziqqan Ellen parvozlar kursiga o‘qishga kiradi va Boeing samolyoti menejerlaridan biriga u ham uchuvchi bo‘la olishi imkoni borligini so‘rab murojaat qiladi. Menejer esa o‘z o‘rnida, uning g‘oyasini qo‘llab-quvvatlaydi, ammo uchuvchi emas, temiryo‘l nazoratchilari kabi vazifani samolyotda bajargan holda uchishi mumkinligini aytadi. Shu tariqa yangi lavozim paydo bo‘ladi. Kompaniya rahbariga ham bu taklif ma’qul keladi, axir bu kasbning paydo bo‘lishi ajoyib propaganda bo‘lar edi. Ayniqsa, uchishdan qo‘rqadigan va parvoz davomida o‘zini yomon his qilgan insonlarni tinchlantirish hamda birinchi tibbiy yordamni ko‘rsatish uchun styuardessalar ayni muddao edi.

Shundan so‘ng Ellen Cherchdan 25 yoshdan katta bo‘lmagan va 52 kg.dan og‘ir bo‘lmagan, o‘rta bo‘yli yetti nafar tibbiyot xodimini yollashni so‘rashadi. Ular o‘sha paytda standartlarga muvofiq holda oyiga 125 dollar haq evaziga ishlashga tayyor edi. Bir necha oylik mashg‘ulotlardan so‘ng, styuardessalar parvozni boshlashadi. Ularning ilk parvozi 1930-yil 15-mayda amalga oshirilgan edi. Quyida sizlarni ushbu “havo malikalari”ning vazifalari va ularga qo‘yiladigan talablarni keltirib o‘tamiz.

Styuardessaning vazifalari:

• yo‘lovchilarni kutib olish va kuzatish;
• parvoz vaqtida ovqatlanishni tashkillashtirish;
• yo‘lovchilar va havo kemasining xavfsizligini ta’minlash;
• birinchi yordam ko‘rsatish;
• bortda kerakli hujjatlarni to‘ldirish;

Styuardessalar uchun qo‘yiladigan talablar:
• o‘rta ma’lumot (ammo ko‘pincha oliy ma’lumot talab qilinadi);
• sog‘liqning yaxshiligi (tibbiy kengashda tekshiriladi);
• yosh bo‘lishi (odatda, 30 yoshdan oshgan nomzodlar qabul qilinmaydi);
• yoqimli ko‘rinish. Bu borada asosiy talablar – bo‘yning juda baland va past bo‘lmasligi (162-175 sm.), tatuirovka, pirsing va sezilarli darajada katta xolning bo‘lmasligi, juda ozg‘in va juda og‘ir bo‘lmasliklari kerak;
• ravon talaffuz va barkamol nutq.

Shuningdek, xalqaro qatnovlarda ishlamoqchi bo‘lganlardan ingliz tilini bilish talab etiladi. Styuardessalar kasting orqali saralab olinadi. Kastingdan o‘tgan styuardessalar esa, nafaqat ajoyib kasbga, balki yaxshigina imtiyozlarga ham ega bo‘lishadi. Masalan, ular erta nafaqaga chiqishlari mumkin. 45 yoshga to‘lganda styuardessalar nafaqaga chiqish huquqiga ega bo‘ladi. Ammo agar tashqi ko‘rinishi va sog‘ligi joyida bo‘lsa, 55 yoshgacha ishlashi ham mumkin.

Guljahon Sanjarbekova tayyorladi


Bu ham qiziq

Toshkentda yangi BRT yo‘lagi quriladi

Toshkentda yangi BRT yo‘lagi quriladi

Mazkur yo‘lak yo‘lning chetki qismida emas, balki uning o‘rtasidan o‘tadi. Bu esa ilgarigi tramvay izlarini eslatadi.
12:08 / 13.05.2025
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “El-yurt umidi” stipendiyasi joriy etiladi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “El-yurt umidi” stipendiyasi joriy etiladi

Farmonga ko‘ra, bakalavriat, magistratura va doktorantura dasturlari bo‘yicha ta’lim olish uchun eng munosib nomzodlarni sar…
10:27 / 13.05.2025
Endi o‘zbekistonliklar Xitoyga vizasiz kirishi mumkin

Endi o‘zbekistonliklar Xitoyga vizasiz kirishi mumkin

O‘zbekiston va Xitoy o‘rtasida o‘zaro vizadan ozod qilish to‘g‘risidagi hukumatlararo Bitim kuchga kirishi uchun davlat ichk…
19:36 / 13.05.2025
Onlayn platformalar va veb-saytlarda qonunchilikni buzganlik uchun javobgarlik

Onlayn platformalar va veb-saytlarda qonunchilikni buzganlik uchun javobgarlik

Onlayn platformalar va veb-saytlar faoliyatiga qo‘yilgan talablarga rioya etmaganlik uchun qanday choralar ko‘zda tutilgan?
14:19 / 13.05.2025
Shavkat Mirziyoyev Yevropa Ittifoqining Markaziy Osiyo bo‘yicha maxsus vakilini qabul qildi

Shavkat Mirziyoyev Yevropa Ittifoqining Markaziy Osiyo bo‘yicha maxsus vakilini qabul qildi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 13-may kuni Yevropa Ittifoqining Markaziy Osiyo bo‘yicha maxsus vakil…
19:41 / 13.05.2025
Jizzaxda 4,7 mlrd so‘mlik elektrni talon-toroj qilgan fermer xo‘jaligi aniqlandi

Jizzaxda 4,7 mlrd so‘mlik elektrni talon-toroj qilgan fermer xo‘jaligi aniqlandi

Mazkur holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.
17:47 / 14.05.2025
Afg‘oniston Imom Buxoriy majmuasi uchun O‘zbekistonga Hirot marmarini hadya qildi

Afg‘oniston Imom Buxoriy majmuasi uchun O‘zbekistonga Hirot marmarini hadya qildi

Afg‘oniston Samarqand viloyatidagi Imom Buxoriy majmuasini tugatish uchun O‘zbekistonga 16 yuk mashinasi Hirot marmarini had…
18:06 / 14.05.2025
Endi kambag‘al oilalar “qizil”, “sariq” va “yashil” toifalarga ajratiladi

Endi kambag‘al oilalar “qizil”, “sariq” va “yashil” toifalarga ajratiladi

Prezident farmoniga muvofiq, 2025-yil 15-maydan boshlab Kambag‘al oilalar reyestridagi va unga tushish xavfi bo‘lgan oilalar…
08:58 / 13.05.2025
Surxondaryolik o‘smir YPX xodimini sudrab Cobalt avtomobilini olib qochishga urundi

Surxondaryolik o‘smir YPX xodimini sudrab Cobalt avtomobilini olib qochishga urundi

Hozirda mazkur holat bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
19:25 / 13.05.2025
14-may kuni qanday ob-havo kuzatiladi?

14-may kuni qanday ob-havo kuzatiladi?

Harorat kechasi 20-22 daraja, kunduzi 36-38 daraja bo‘ladi.
04:35 / 14.05.2025

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!