Turizm qo‘mitasi raisi Aziz Aqqulov rahbarligida turizm sohasida faoliyat yurituvchi tadbirkorlar ishtirokida ochiq muloqot o‘tkazildi.
Unda xorijga va ichki sayohatlarga chiquvchi fuqarolar xavfsizligini ta’minlashda sug‘urta tizimining o‘rni, mavjud mexanizmlarning samaradorligi hamda ularni takomillashtirish masalalari muhokama qilindi.
Shuningdek, turistik sug‘urta xizmatlarini raqamlashtirish, onlayn polislarni rasmiylashtirish imkoniyatlarini kengaytirish, turistlarga axborot berish tizimini yaxshilash va xalqaro standartlarga mos yangi mexanizmlarni joriy etish bo‘yicha takliflar ilgari surildi.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!