Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Qarshi shahri bo‘limi xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda fuqaro S.G‘. “Chiyal” MFY hududidagi xonadonida qo‘lbola usulda yasalgan moy juvoz uskunasida iste’molga yaroqsiz yog‘ ishlab chiqarayotgani aniqlandi.
Tekshiruv davomida 13 tonna zig‘ir, 667 kg chigit, 569 kg kunjara, 104 kg iste’molga yaroqsiz yog‘, 177 dona yelim idish hamda ishlab chiqarishda foydalanilgan boshqa mahsulotlar ashyoviy dalil sifatida olindi.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 186-2-moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!