Kontent markazi tomonidan O‘zbekistonning boy madaniyati, betakror tabiati va zamonaviy qiyofasini aks ettiruvchi Aura.uz media platformasi test rejimida ishga tushirildi.
Endilikda O‘zbekistonga oid yuqori sifatli foto va videolarni izlab uzoq qidirishga hojat yo‘q. Platformada jamlangan barcha materiallardan bepul foydalanish va yuklab olish mumkin.
Shuningdek, kontentlar mualliflik huquqi bilan bog‘liq cheklovlar hamda logotiplardan xoli bo‘lib, OAV, blogerlar, kontent yaratuvchilar va boshqa foydalanuvchilar uchun qulay imkoniyat yaratadi. Platforma hozircha test rejimida faoliyat yuritmoqda.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!