Toshkent shahrining Olmazor tumanidagi xususiy klinikalardan birida ishlagan 32 yoshli urolog amaliyot o‘tayotgan talaba qizlarga nisbatan jinsiy tegajog‘lik qilganlikda aybdor deb topildi.
Sud materiallariga ko‘ra, u qizlardan biriga jinsiy aloqa qilishni taklif qilgan. Yana bir talabaga esa uylanish niyatida ekanini aytib, qoldirilgan darslari uchun ijobiy baho qo‘yib berishni va’da qilgan.
Sud jarayonida erkak aybini qisman tan olib, birinchi qizga oid ayblovlarni rad etgan. Ikkinchi qizga esa ko‘ngli borligini bildirgan.
Olmazor tuman sudi uni Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 41-1-moddasi 1-qismi (jinsiy tegajog‘lik) bilan aybdor deb topib, 5 sutka ma’muriy qamoq jazosini tayinladi.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!