Bugun, 4-aprel kuni Xalq deputatlari Dang‘ara tuman Kengashining navbatdan tashqari sessiyasi bo‘lib o‘tdi. Unda tashkiliy masala ko‘rildi, deb xabar bermoqda Farg‘ona viloyati hokimligi Matbuot xizmati.
Ta’kidlanishicha, Farg‘ona viloyat hokimi Shuhrat G‘aniyevning qaroriga ko‘ra Shuhratjon Tojihakimov Dang‘ara tumani hokimi etib tayinlandi.
Ushbu qaror Xalq deputatlari Dang‘ara tumani Kengashi sessiyasi tomonidan tasdiqlangan.
Shuhratjon Tojihakimov bunga qadar Yozyovon tumani hokimining 1-o‘rinbosari bo‘lib ishlagan.
Ilgari Dang‘ara tuman hokimi bo‘lib ishlagan Saidmurod Aminjonov viloyat hokimi o‘rinbosari – mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash viloyat boshqarmasi boshlig‘i etib tayinlangan.
Oldinroq Farg‘ona viloyati Marg‘ilon shahriga yangi hokim tayinlangani haqida xabar bergandik.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!