Andijon viloyati Asaka tumanida muqaddas “Haj” ziyoratini amalga oshirish istagidan foydalanib, fuqarolarni aldamoqchi bo‘lgan shaxs fosh etildi.
Ma’lum bo‘lishicha, 1975-yilda tug‘ilgan fuqaro 1996-yilda tug‘ilgan yigitning ishonchiga kirib, uni va 1964-yilda tug‘ilgan onasini tanishlari orqali joriy yilgi “Haj” mavsumida Saudiya Arabistoniga yuborishni va’da qilgan. Buning evaziga har biri uchun 9 ming AQSh dollaridan, jami 18 ming dollar talab qilgan.
Davlat xavfsizlik xizmati hamda tegishli idoralar hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda u oldindan 9 ming dollar olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlandi.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!