Xitoydan tarqalayotgan yangiliklarning bari doim ham koronavirus haqida bo‘lavermaydi. Buning yaqqol isboti, Xitoyning Lanchjou shahrida saratonni jarrohlik aralashuvisiz, uglerod-ionli terapiya bilan davolashning amaliyotga kiritilishi bo‘ldi. Ushbu yangi texnologiya kasallik sabab paydo bo‘lgan yangi hosilalarni uglerod ionlari yordamida yo‘q qilishga qaratilgan. Nahotki, yangi texnologiya insoniyatni saraton kabi qo‘rqinchli kasallikdan batamom xalos qilsa?

Uglerod-ionli terapiya nima?
Uglerod-ionli terapiya boshqa davolash usullari yordam bermagan kasallarni davolash imkonini ham beradi. Bu terapiyaning afzallik tomoni shundaki, uglerod ionlari oqimi tarqalish xususiyatiga ega emas. Ya’ni, u saratonning o‘ziga ta’sir ko‘rsatadi. Ushbu ionlar tutami nosog‘lom hujayralarni samarali yo‘qotadi.
Xitoydagi shifoxonalardan biriga yangicha universal jihozlar qo‘yilgan. Maxsus qurilmadan ionlar o‘smali sohaga yo‘naltiriladi va u bemor tanasida to‘plana boshlaydi. Qarabsizki, u saraton hujayralariga halokatli ta’sir ko‘rsatgan holda bu sohada ionizatsiya ko‘rsatkichi orta boradi. Terapiyaning o‘zi esa og‘riqsiz va hatto sezilarsiz o‘tadi.

Davolanishning bu usulini nafaqat Xitoyda, balki Tokio, Darmshtadt va Avtsriyada ham topish mumkin.
Davolanishning bahosi esa uning samaradorligi sabab bir necha o‘ng minglab yevroni tashkil qilishi mumkin.
Amaliyotda bu yangicha terapiya suyak sarkomasi, glioblast va to‘g‘ri ichak saratonida ijobiy natijani ko‘rsatib ulgurdi.
Davolash bemor uchun mutlaqo xavfsiz bo‘lishiga qaramay, uning ham bir nechta nojo‘ya ta’sirlari yo‘q emas, albatta. Uglerod ionlari faollashgan tana sohalarida qichishish, tana haroratining ko‘tarilishi, allergik kasalliklar va umumiy zaharlanishlar kuzatilishi mumkin.

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!