Joriy yilning 29-may kuni Toshkent shahrida professional boks oqshomi bo‘lib o‘tadi. Mazkur turnir doirasida hamyurtimiz Abdumalik Xalokov ham ringga ko‘tariladi. Unga ushbu jangda tanzaniyalik bokschi Ramadan Iddi raqiblik qilishi kutilmoqda.
Oqshomning markaziy jangi esa super yengil vazn toifasida o‘zbekistonlik sobiq jahon chempioni Murodjon Ahmadaliyev ishtirokida bo‘lib o‘tadi.
Ma’lumot uchun, bu Abdumalik Xalokov uchun professional boksdagi uchinchi jang hisoblanadi. U avvalgi ikki uchrashuvida ham raqiblarini mag‘lub etgan. Ramadan Iddi hisobida esa 9 ta g‘alaba va 1 ta mag‘lubiyat mavjud.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!