Yo‘l harakati xavfsizligini nazorat qilish tizimlari yana bir jiddiy muammoni yuzaga chiqardi. Kuzatuv kameralar orqali o‘tkazilgan monitoring natijasida 192 nafar shaxs haydovchilik guvohnomasisiz yoki haydash huquqidan mahrum etilgan bo‘lsa-da, transport vositasini boshqargani aniqlandi.
Eng ko‘p qoidabuzarlik holatlari Xorazm viloyatida — 60 ta, Toshkent shahrida esa 40 ta qayd etilgan. Bu esa ayrim hududlarda yo‘l harakati madaniyati va nazoratga bo‘lgan e’tibor yetarli darajada emasligini ko‘rsatadi.
Qoidabuzarlarga nisbatan choralar ham qo‘llanilgan. Xususan, 32 ta holatda 50 baravar bazaviy hisoblash miqdorida (BHM), yana 31 ta holatda esa 5 baravar BHM miqdorida jarimalar belgilangan.
Bunday holatlar yo‘l harakati xavfsizligiga jiddiy tahdid solishini ta’kidlab, barcha haydovchilarni qonun talablariga qat’iy amal qilishga chaqirmoqda.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!