$
12149.84 UZS
7.74
151.10 UZS
0.57
14003.91 UZS
-76.07
31° Kechasi 18°

Kun tarixi: Simobli termometrni ixtiro qilgan olim 459 yoshda. “Farengeyt bo‘yicha 451 daraja” asariga termometrning nima aloqasi bor?

12:41 / 29.03.2020

Santorio Sanktorius 1561-yil 29-martda Sloveniyaning Koper shahrida dunyoga kelgan. Anatom va fiziolog Santorio termometr ixtirochisi hisoblanadi va 1636-yil 22-fevralda Venetsiyada vafot etadi.

•  Santorio Polsha, Vengriya va Xorvatiyada shifokor bo‘lib ishlagan. Izlanishlarini asosan inson organizmida moddalar almashinuvi, nafas olishni o‘rganish bo‘yicha olib borgan.

•  Organizmdagi fiziologik jarayonlarni miqdoriy ravishda ifodalash uchun o‘z ustida tajribalar o‘tkazgan.

•  Izlanishlari davomida bir qancha o‘lchov uskunalarini o‘ylab topgan: arterial puls kuchini o‘lchovchi moslama, inson vaznini o‘lchovchi tarozi va boshqalar. 1626-yilda Galileo Galiley bilan birgalikda simobli termometrni o‘ylab topgan.

Termometr haqida

Termometrlar 6 xil turga bo‘linib, har birining o‘z tarixi va asoschisi mavjud. Ular:
•  Suyuqlikli;
•  Mexanik;
•  Elektron;
•  Optik;
•  Gazli;
•  Infraqizil.

•  Santorio va Galileo Galiley yasagan termometr harorat va atmosfera bosimining o‘zgarishlarini aniqlay olar edi. U simobli termometrlardagi suyuqlik atrof-muhit harorati ta’sirida o‘zgaradi.

Qiziqarli faktlar

•  Termometr ixtirochilaridan yana biri Farengeyt o‘z termometri uchun shkala belgilashda 100 daraja (gradus)ni inson tanasining harorati deb olgan. Shu kunning o‘zida Farengeytning ayoli isitmalaydi va u ayoli ustida tajriba o‘tkazadi. Shunda Selsiy bo‘yicha tana harorati 38 darajaga teng bo‘lgan ayol, Farengeyt shkalasi bo‘yicha tana harorati 100 gradus ekanligi aniqlanadi. Ya’ni, Selsiy bo‘yicha +38 daraja, Farengeyt bo‘yicha +100 daraja deganidir.

•  Rey Bredberi asari epigrafida “Farangeyt bo‘yicha 451 daraja” – olov uchqunlanib, qog‘oz yonadigan harorat” deyilgan,

•  AQShda haroratni termometrni og‘izga solgan holda o‘lchashadi. Bu usulda o‘lchash, termometrni qo‘ltiq ostiga qo‘yib o‘lchagandan ko‘ra yaxshiroq va aniqroq hisoblanadi.

•  Suvning necha darajada muzlashi va erishi haqidagi oxirgi qarorlarni 1742-yilda shved fizigi Selsiy aniqlagan. Ammo u boshida suv 0  darajada qaynaydi, 100 darajada muzlaydi deb hisoblagan. Keyinchalik do‘sti M.Shtyormer fikrlariga quloq tutib, aslida teskarisini hisoblayotganini tushunib yetadi.

•  Termometr Farengeyt hamda Reomyurlarda keyin ustalar qo‘liga tushadi va shundan keyingina u sotuvga chiqarila boshlaydi.

Guljahon Sanjarbekova tayyorladi


Bu ham qiziq

Toshkentda voyaga yetmagan qizni qiynoqqa solgan o‘gay onaga jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Toshkentda voyaga yetmagan qizni qiynoqqa solgan o‘gay onaga jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Ijtimoiy tarmoqlarda voyaga yetmagan qiz o‘gay onasi tomonidan qiynoqqa solinganligi haqida videomurojaati tarqalib turli mu…
14:32 / 03.04.2026
Namangan–Dehli yo‘nalishida to‘g‘ridan to‘g‘ri aviaqatnovlar yo‘lga qo‘yildi

Namangan–Dehli yo‘nalishida to‘g‘ridan to‘g‘ri aviaqatnovlar yo‘lga qo‘yildi

Ushbu yo‘nalishidagi qatnovlar har haftaning juma kuni amalga oshirilishi rejalashtirilgan.
16:25 / 03.04.2026
Qoraqalpog‘istonda “Media haftalik”ning ilk bosqichi yakunlandi

Qoraqalpog‘istonda “Media haftalik”ning ilk bosqichi yakunlandi

So‘nggi besh kun mobaynida Qoraqalpog‘iston Respublikasi mamlakatimiz axborot makonining tom ma’nodagi qaynoq markaziga — o‘…
12:53 / 04.04.2026
Bank xodimi mijozni o‘ldirib, jasadni kanalga tashlab yubordi

Bank xodimi mijozni o‘ldirib, jasadni kanalga tashlab yubordi

Qo‘qon shahridagi banklardan birining kredit bo‘limi mutaxassisi A.T. gumonlanuvchi sifatida qo‘lga olinganini ma’lum qildi.…
10:43 / 03.04.2026
170 dan ortiq o‘zbekistonlik Umradan qayta olmayapti

170 dan ortiq o‘zbekistonlik Umradan qayta olmayapti

Saudiya Arabistoniga Umra ziyorati uchun borgan 170 dan ortiq fuqaro O‘zbekistonga qayta olmagan.
16:47 / 05.04.2026
3-aprel uchun ob-havo ma’lumoti

3-aprel uchun ob-havo ma’lumoti

Toshkent shahrida havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 3-8 m/s tezlikda esadi. Harorat kec…
16:11 / 02.04.2026
Rossiya Kubaga yana neft yubormoqchi

Rossiya Kubaga yana neft yubormoqchi

Avvalroq Rossiyaning “Anatoliy Kolodkin” tankeri 100 ming tonna xom neft bilan Kubaga yetib borgan edi.
16:57 / 02.04.2026
Xitoyda yangi virus tarqaldi

Xitoyda yangi virus tarqaldi

Reuters xabariga ko‘ra, Xitoyda ilgari uchramagan yangi turdagi yashur kasalligi, ya’ni chorva orasida tez yuqadigan virus a…
11:24 / 03.04.2026
Turkiyadagi o‘zbekistonliklar ogohlantirildi

Turkiyadagi o‘zbekistonliklar ogohlantirildi

O‘zbekistonning Istanbul shahridagi Bosh konsulxonasi Turkiyada bo‘lib turgan o‘zbekistonliklarni shaxsiy mas’uliyatni oshir…
11:25 / 05.04.2026
Kogon tumanida yiliga 80 mingta elektr va gibrid avtomobil ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yiladi

Kogon tumanida yiliga 80 mingta elektr va gibrid avtomobil ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yiladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev Buxoro viloyatida amalga oshirilayotgan islohotlar natijadorligi, hududning iqtisodiy salohiyat…
16:47 / 02.04.2026

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!