Har safar kiyim shkafimizni ochganimizda kiyimlarning tartib bilan taxlanganini ko‘rib, bahridilimiz ochiladi. Ba’zida ishlarimiz ko‘payib ketib, ularga e’tibor berolmay qolamiz. Dam olish kunlari to‘zg‘ib ketgan kiyimlarning hammasini tushirib qaytadan taxlashga kirishamiz. Bir so‘z bilan aytganda, bu juda oddiydek tuyuladi, ammo ancha murakkab jarayon. Quyida shkafdagi kiyimlarning saqlash tizimini qanday tashkil qilish haqida ma’lumot beramiz.
Mavsumiy kiyimlarni saqlash

Shkafdagi o‘zgarishlar yiliga ikki marta – qishda va yozda amalga oshiriladi. Yozda qishki kiyimlar havo o‘tkazuvchi sumkalarda shkafda saqlanishi tavsiya etiladi. Sumkaga solishdan oldin uni yuvish va dazmollash kerak.
Qishki kiyimlarni shkafning yuqori javonlariga joylash, o‘ram (pachka)dagi kiyimlarni esa ilgichlarga osib qo‘yish mumkin.
Kamdan-kam foydalanadigan kiyimlarni shkafning orqa tomoniga qo‘ygan ma’qul. Bundan tashqari, kiyimlarning to‘g‘ri taxlanishi javondagi joylarni tejashga yordam beradi.
Ichki kiyimni qanday saqlash kerak?

Ichki kiyimlarni ham ixcham usulda taxlab, kichkina qutilarga joylash mumkin. Odatda, choyshablar juft-juft qilib saqlanadi. Ularni matoning rangi va turi bo‘yicha joylashtirgan ma’qul.
Ko‘ylak va koftalarni taxlash qoidalari

Erkaklar ko‘ylagi va koftalarni taxlash biroz murakkab ko‘rinadi, ammo bir-ikki marta urinib ko‘rgandan so‘ng, ularni qanday qilib ixchamroq taxlash kerakligini bilib olasiz. Buning uchun avval tugmalarini o‘tkazing va yeng qismini o‘rtaga olib keling. Shunda chiroyli va oson taxlashga erishasiz.

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!