$
12935.27 UZS
39.72
160.47 UZS
1.09
14367.20 UZS
28.64
36° Kechasi 22°

Prezident yangi tahrirdagi “Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar to‘g‘risida”gi qonunni imzoladi

10:53 / 06.07.2021

Yangi tahrirdagi “Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni qabul qilindi.

Mazkur qonun respublika hududida vijdon erkinligi me’yorlarini aniq ko‘rsatib, fuqarolarning xohlagan dinga e’tiqod qilish yoki hech qaysi dinga e’tiqod qilmasligini ta’minlaydi. Shuningdek, har qanday dinga zo‘ravonlik bilan kiritishni taqiqlaydi.

Demokratik davlatlar qatorida, qonun ustuvorligi tamoyilidan kelib chiqib O‘zbekistonda ham dinning siyosatga aralashishi hamda dindan siyosiy maqsadlarda foydalanishga yo‘l qo‘yilmasligi Qonunda aniq ko‘rsatildi.

Qonunni tayyorlashda shu boradagi xalqaro me’yor va talablar, birinchi navbatda, Inson huquqlari umumjahon deklarasiyasi, Fuqarolik 
va siyosiy huquqlar to‘g‘risidagi xalqaro pakt hamda BMTning Inson huquqlari bo‘yicha qo‘mitasining umumiy tartibdagi sharhlari puxta o‘rganilib, ulardagi asosiy qoida va tamoyillar inobatga olindi.

Yurtimizda tarixan shakllangan an’ana, urf-odat va qadriyatlarni hisobga olgan holda, Qonunda hamkorlarimiz – Yevropa Kengashining Venesiya komissiyasi, Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkilotining Demokratik institutlar va inson huquqlari bo‘yicha byurosi kabi nufuzli xalqaro tuzilmalar ekspertlari tomonidan berilgan tavsiyalar o‘z aksini topdi.

Qonundagi prinsipial yangiliklar haqida gapirganda, ular diniy-ma’rifiy sohada olib borilayotgan keng ko‘lamli islohotlarning izchil davomi sifatida, avvalo, har bir insonning vijdon erkinligini ta’minlash uchun qulay shart-sharoitlarni yaratishga, huquqni qo‘llash amaliyotiga aniqliklar kiritishga alohida e’tibor qaratilganini qayd etish lozim.

Bu yangiliklar ayniqsa quyidagi masalalarda yaqqol namoyon bo‘ladi.

Birinchidan, Qonun asosida diniy tashkilotlarni ro‘yxatdan o‘tkazish va tugatish bilan bog‘liq tartib soddalashtirilib, bu borada muhim yengilliklar joriy etilmoqda.

Xususan, mahalliy diniy tashkilotlar, jumladan, masjidlar va boshqa konfessiyalarning ibodatxonalarini tashkil etish bo‘yicha tashabbuskor fuqarolar soni ikki barobar kamaytirilib, 50 nafardan kam bo‘lmagan etib belgilandi. Shuningdek, diniy tashkilotning markaziy boshqaruv organi va diniy ta’lim muassasalarini tuzish uchun ham 100 nafar tashabbuskor bo‘lishi haqidagi talab bekor qilindi.

Diniy tashkilotni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish bilan bog‘liq xizmatlar to‘liq elektron shaklda, inson omilisiz amalga oshirilishi joriy etildi.
Ro‘yxatdan o‘tkazuvchi adliya idoralariga taqdim etiladigan hujjatlar soni keskin qisqardi, ularni ko‘rib chiqishning muddati esa 3 barobarga kamaydi, ya’ni 3 oydan 1 oyga tushirildi. Bu bilan diniy tashkilot tuzish tashabbuskorlariga qulay, 
tez va sifatli xizmat ko‘rsatish imkoniyati yaratildi, ortiqcha byurokratik to‘siqlar bartaraf etildi.

Diniy tashkilotni davlat ro‘yxatidan o‘tkazishni rad etish asoslari Qonun bilan belgilanib, unda ko‘rsatilmagan asoslarga ko‘ra rad etishga yo‘l qo‘yilmasligi ta’minlandi. Shu bilan birga, diniy tashkilotning faoliyatini to‘xtatib qo‘yish va tugatish faqatgina sud orqali bo‘lishi, ro‘yxatdan o‘tkazadigan va boshqa davlat organlari bunga haqli emasligi, mansabdor shaxslarning muayyan diniy tashkilot qonuniy manfaatlarini buzuvchi xatti-harakatlari ustidan sudga murojaat qilinganda diniy tashkilot davlat bojini to‘lashdan ozod etilishi kabi qo‘shimcha kafolatlar nazarda tutildi. Bu ham ilgari tariximizda bo‘lmagan mexanizmlardir.

Ikkinchidan, diniy ta’limning professional maqomi rasman e’tirof etildi, O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarining, dinga bo‘lgan munosabatidan qat’i nazar, dunyoviy ta’lim olish huquqi ta’minlanishi qayd etildi.

Har qanday shaxsning “o‘zicha” aholiga diniy ta’lim berishi –noan’anaviy aqidalarning tarqalishiga, mutaxassis bo‘lmagan shaxslar tomonidan sof diniy masalalar bo‘yicha biryoqlama tushunchalar berilishiga olib keladi.

Bu esa jamiyatda diniy masalalar bilan bog‘liq ixtiloflar kelib chiqishiga, aholining yot g‘oya va qarashlar ta’siriga tushishiga sabab bo‘ladi. Shu maqsadda, diniy ta’lim muassasasidan tashqarida diniy ta’lim berish noqonuniy faoliyat sifatida belgilandi.
Uchinchidan, amaldagi qonunchilik hujjatlarida “ibodat libosi” tushunchasining huquqiy ta’rifi mavjud emasligi sababli jamoat joylarida ibodat libosida yurishga taqiq Qonundan chiqarib tashlandi.

Shu bilan birga, amaldagi boshqa qonunchilik hujjatlariga asosan, davlat tashkilotlari va muassasalarida xodimlarning kiyinishiga oid talablar ularning ichki hujjatlari bilan tartibga solinadi.

To‘rtinchidan, diniy tashkilotni tuzish uchun talab etib kelingan mahalla fuqarolar yig‘inlari roziligini olish tartibi bekor qilindi. Diniy tashkilot tuzish tashabbuskorlari ortiqcha xat-hujjatlarni yig‘ishdan xalos bo‘ldilar.

Beshinchidan, bugungi kunda dunyoning ko‘pgina mintaqalarida notinch vaziyat hukm surayotgani tufayli diniy omildan g‘arazli maqsadlarda foydalanish kuchayib borayotganini inobatga olib, O‘zbekiston hududida buzg‘unchi g‘oyalarning tarqalishiga yo‘l qo‘ymaslik uchun diniy mazmundagi bosma, audio va video mahsulotlarni ekspertizadan o‘tkazish dolzarb bo‘lib qolmoqda.

Qonunda, jamiyatda turli yot qarashlarni targ‘ib qilayotgan guruhlarning faoliyati, ular tomonidan tarqatilayotgan buzg‘unchi g‘oyalarning salbiy ta’siridan aholini himoya qilish maqsadida diniy mazmundagi materiallarni dinshunoslik ekspertizasining ijobiy xulosasini olgandan keyin tayyorlash, olib kirish va tarqatish belgilab qo‘yildi.

Bundan tashqari, davlat idoralari tomonidan qonun normalari noxolis talqin qilinishi va turlicha qo‘llanishining oldini olish maqsadida atama va tushunchalarga ta’riflar keltirildi, ular aniq va ravshan tarzda bayon etildi.

Negaki, qonun atamalarining noto‘g‘ri talqin qilinishi natijasida turli tushunmovchiliklar, masalaga noxolis yondashuv holatlari vujudga kelishi mumkin. Shu kabi omillardan kelib chiqib, Qonunda har bir insonning Konstitusiyamiz bilan kafolatlangan huquqlariga mos ravishda, fuqarolarga diniy qarashlarni majburan singdirishga yo‘l qo‘yilmasligi qat’iy belgilandi.

Ushbu qo‘shimchalar jamiyatda turli konfessiyalar o‘rtasida o‘zaro do‘stlik va hamjihatlik aloqalarini yanada mustahkamlashga, yuz berishi mumkin bo‘lgan turli tushunmovchiliklarning oldini olishga xizmat qiladi.

Diniy qarash va ta’limotlarning turlicha talqin qilinishiga yo‘l qo‘ymaslik maqsadida “noqonuniy diniy faoliyat” bilan “qonuniy diniy faoliyat” o‘rtasidagi chegara aniq belgilab qo‘yildi hamda “diniy ta’lim” tushunchasiga huquqiy jihatdan aniqlik kiritildi.

Shuningdek, Qonun bilan belgilab qo‘yilayotgan vijdon erkinligini ta’minlash sohasidagi asosiy ustuvorliklar konfessiyalar o‘rtasida tinchlik va totuvlikni ta’minlash, dunyoviy davlatchilik tamoyilini kafolatlash, shuningdek, aholi ongi va qalbiga yot g‘oyalarning singdirilishiga qarshi ma’rifat yo‘li bilan kurashishni nazarda tutadi.

O‘zbekiston – ko‘p konfessiyali mamlakat. Unda istiqomat qiladigan 130 dan ortiq millat va elat vakillari 16 konfessiyaga amal qiladi. Ularning o‘zaro tinch, totuv va hamkor faoliyat ko‘rsatishi Vatanimiz ravnaqi, yurtimiz tinchligini ta’minlashga xizmat qiladi.
Qonunda fuqarolarning huquqlarini ro‘yobga chiqarish va jamiyatda tinch-totuvlikni ta’minlashga, fuqarolarning munosib hayot kechirishiga shart-sharoit yaratishga davlatning kafil ekani qayd etildi.

Mazkur Qonun diniy bag‘rikenglik va konfessiyalararo hamjihatlikni mustahkamlashga, dinning asl mohiyatini anglashga, buzg‘unchi g‘oyalarga qarshi immunitet hosil qilishga, ijtimoiy-ma’naviy muhit barqarorligini ta’minlashga munosib hissa qo‘shadi.

Umuman olganda, ushbu Qonun inson huquqlari bo‘yicha xalqaro standartlar bilan kafolatlangan, diniy sohada umume’tirof etilgan huquq va erkinliklar, yurtimizdagi hozirgi diniy vaziyatning o‘ziga xos xususiyatlari va bevosita O‘zbekistonda dinlararo munosabatlar shakllanishining tarixiy sharoitlarini o‘z ichiga olgani bilan ahamiyatlidir.

Qonun turli dinlarga e’tiqod qiluvchi mamlakatimiz fuqarolari o‘rtasidagi o‘zaro do‘stlik va hamjihatlikka asoslangan munosabatlarini saqlab qolish va yanada mustahkamlash, ularning diniy e’tiqod bilan bog‘liq qadriyatlari, urf-odat va an’analari hurmat qilinishi hamda to‘liq ta’minlanishini kafolatlaydi.

Bu esa, hech shubhasiz, yangi O‘zbekistonni barpo etish va uni dunyoga tarannum qilishning eng muhim sharti va garovidir.


Bu ham qiziq

Endi o‘zbekistonliklar Xitoyga vizasiz kirishi mumkin

Endi o‘zbekistonliklar Xitoyga vizasiz kirishi mumkin

O‘zbekiston va Xitoy o‘rtasida o‘zaro vizadan ozod qilish to‘g‘risidagi hukumatlararo Bitim kuchga kirishi uchun davlat ichk…
19:36 / 13.05.2025
13-may kuni ob-havo harorati bugungidanda issiqroq bo‘ladi

13-may kuni ob-havo harorati bugungidanda issiqroq bo‘ladi

“O‘zgidromet” 13-may, seshanba kuni kutilayotgan ob-havo haqida ma’lumot berdi.
12:07 / 12.05.2025
Nogironligi bo‘lgan shaxslarni ishga qabul qilgan tadbirkorlarga subsidiya ajratiladi

Nogironligi bo‘lgan shaxslarni ishga qabul qilgan tadbirkorlarga subsidiya ajratiladi

“Nogironligi bo‘lgan shaxslarning bandligini ta’minlash tizimini takomillashtirishga oid qo‘shimcha chora tadbirlar to‘g‘ris…
10:47 / 12.05.2025
Surxondaryolik o‘smir YPX xodimini sudrab Cobalt avtomobilini olib qochishga urundi

Surxondaryolik o‘smir YPX xodimini sudrab Cobalt avtomobilini olib qochishga urundi

Hozirda mazkur holat bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
19:25 / 13.05.2025
AQSh Saudiya Arabistoni bilan 600 mlrd dollarlik kelishuvlarga erishdi

AQSh Saudiya Arabistoni bilan 600 mlrd dollarlik kelishuvlarga erishdi

“Qo‘shma Shtatlar va Saudiya Arabistoni bir qator bitimlarni imzoladi, unga ko‘ra Ar-Riyod Amerika kompaniyalari va iqtisodi…
08:27 / 14.05.2025
Mahalliy qatnovlar uchun barcha aviakompaniyalarga subsidiya ajratiladi

Mahalliy qatnovlar uchun barcha aviakompaniyalarga subsidiya ajratiladi

O‘zbekistonda 2021-yil 1-iyundan boshlab mahalliy aviaqatnovlarni subsidiyalash yo‘lga qo‘yilgan.
13:25 / 13.05.2025
Iliya Topuriya va Charlz Oliveyra kamar uchun jang qiladi

Iliya Topuriya va Charlz Oliveyra kamar uchun jang qiladi

Bu haqda UFC rahbari Dana Uayt ma’lum qildi.
09:25 / 14.05.2025
Buyuk Britaniyada migratsiya qoidalari kuchaytiriladi

Buyuk Britaniyada migratsiya qoidalari kuchaytiriladi

Buyuk Britaniya bosh vaziri Kir Starmer migratsiya qonunchiligida keng ko‘lamli islohotlarni e’lon qildi.
18:34 / 12.05.2025
Deport qilinganlarga 2 yil mobaynida xorijga chiqish pasporti berilmaydi

Deport qilinganlarga 2 yil mobaynida xorijga chiqish pasporti berilmaydi

Agar biror o‘zbekistonlik fuqaro chet elda noqonuniy qolgan, vizasi tugagan, deportatsiya qilingan shaxs O‘zbekiston tomonid…
11:18 / 14.05.2025
Noqonuniy valyuta ayirboshlash bilan shug‘ullanib kelgan shaxslar ushlandi

Noqonuniy valyuta ayirboshlash bilan shug‘ullanib kelgan shaxslar ushlandi

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 177-moddasi (valyuta qimmatliklarini qonunga xilof ravishda olish yoki o‘tkazi…
21:37 / 12.05.2025

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!